103
chiqarish samaradorligini yuksaltirish va mavjud resurslardan tejamkorlik bilan, oqilona
foydalanishni nazarda tutadi.
Ishlab chiqarish salohiyatlaridan unumli foydalanish uchun arzon ishlab chiqarish
vositalari, yuqori unumli texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb etish lozim. Bu esa foyda
miqdorini ko’paytirishga, umuman, moliyaviy ahvol barqaror bo’lishga olib keladi.
Korxonaning o’z moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish
quyidagi yo’nalishlarda bo’lmog’i lozim:
xomashyo va moddiy resurslardan tejab-tergab, oqilona foydalanish;
arzon va yuqori unimli texnologiyalardan foydalanish;
mahsulot tannarxining arzonlashuviga erishish va narx raqobati orqali yuqori
foydaga erishish;
asosiy faoliyat bilan birga qo’shimcha tarmoqlarni rivojlantirish;
moliyaviy fond bozorlarida qimmatbaho qog’ozlar bilan savdo qilish,
serdaromad
kompaniyalar aktsiyalarini sotib olish;
amortizatsiya ajratmalarini ishlab chiqarishni texnik qayta qurollantirishga
yo’naltirish va boshqalar.
Bozor iqtisodiyoti joriy etilishi bilan korxonalarni moliyalashtirish manbalari
kengayib, moliyalashtirishning yangi, noan’anaviy turlari shakllanib kelmoqda. Bunga
xususan, lizing, fyuchers, faktoring, overdraft va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Qishloq xo’jaligini moliyalashtirishda lizing xizmatidan foydalanish istiqbolli
yo’nalishlardan biridir.
Lizing – mulkni xarid qilishning moliyalashdan iborat ijara munosabatlari turlaridan
biri bo’lib, bunda lizing beruvchi lizing oluvchi sub’ektning topshirig’iga muvofiq uchinchi
tomon, lizing ob’ektini ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) bilan undan o’z mablag’i
hisobiga
lizing oluvchi uchun mulk sotib olish to’g’risida shartnoma tuzish majburiyatini oladi. Ayni
paytda lizing oluvchi sub’ekt zimmasiga yuqoridagi shartnomaga binoan lizing beruvchiga
lizing to’lovlarini to’lash majburiyati yuklanadi.
“Lizing to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining 1999 yil 14 apreldagi qonuni
hamda “Fuqoralik Kodeksi”ning 587-moddasida lizingga yuqoridagicha ta’rif beriladi.
Lizingning asosan 2 turi mavjud:
1.
operativ lizing;
2.
moliyaviy lizing.
Operativ lizing – mulkni uning xizmat muddatida kam davrga ijaraga berishni nazarda
tutadi. Ijara muddati tugagach, mulk egasiga qaytariladi yoki yangi lizing shartnomasi
ob’ekti bo’lib qoladi.
Moliyaviy lizing –amalda uzoq muddatli kreditlashtirishning o’ziga xos shakli
hisoblanadi. Operativ lizngdan farqli o’laroq, moliyaviy lizing mulk uzoq muddatga, odatda,
to’liq amortizatsiya muddatiga yoki uning katta qismiga ijara shartnomasi tuziladi.
Moliyaviy lizingda ijara shartnomasi tugagach, lizing ob’ekti lizing oluvchi tomonidan sotib
olinishi yoki yangi lizing shartnomasi ob’ekti bo’lishi mumkin.
Lizing endigina ish boshlayotgan yoki moliyaviy holati nochor bo’lgan korxonalar
uchun ishlab chiqarishni texnik qurollantirishni moliyalashtirishning eng qulay vositalaridan
biri hisoblanadi. CHunki, bunda bank kreditlaridan farqli o’laroq, talab etiladigan kredit
qiymatining 120 foizi miqdoridagi garov kafolati talab etilmaydi.
Garov kafolati sifatida
lizingga beriladigan mulkning o’zi chiqadi.
Lizing ishlab chiqarishni texnik qurollantirish va ilg’or texnalogiyalarni jalb etishga
o’z mablag’i yetishmaydigan korxonalar uchun o’zlarining investitsion loyihalarini
moliyalashtirishda muhim omil bo’lib xizmat qilishi mumkin. Ayniqsa, bank kreditlaridan
104
foydalanish shartlari og’ir bo’lgan, banklar uzoq muddatli investitsion loyihalar uchun
kreditlar ajratishni keskin pasaytirgan, kredit olish holatlari lizing eng samarali
moliyalashtirish vositalaridan biri bo’lishi mumkin.
Lizingning qishloq xo’jaligi korxonalari uchun afzalligi quydagilardan ko’rinadi:
-lizingga olinadigan ob’ekt qiymati birdaniga emas, bo’lib – bo’lib to’lanadi;
-ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni jalb etish hamda ishlab
chiqarish ko’lamini kengaytirish imkoni tug’iladi;
-lizing ob’ekti uchun to’lov shu ob’ektni ishlatishdan olinadigan
daromad hisobidan
to’lanadi.
-lizingga beriladigan mulk qo’shilgan qiymat solig’idan va lizingga olinadigan mulk
mol-mulk solig’idan ozod etilganligi lizing ob’ektining bahosini arzonlashtiradi.
Bugungi kunda lizingni samarali joriy etishdagi mavjud muammolar uning rivojlanish
imkoniyatlarini chegaralab qo’ymoqda. Ushbu muammolar bevosita lizing faoliyati
sohasida band bo’lgan tashkilotlar faoliyatini o’rganish jarayonida kuzatilmoqda. Mavjud
muammolar tahlili shuni ko’rsatadiki, ulardan aksariyati lizing sohasida yaratilgan
kamchiliklarning mavjudligi va kichik biznesni qo’llab-quvvatlash borasida mavjud
imkoniyatlarning yetishmasligi bilan bog’liq.
Hozirgi paytda lizingga oid huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy baza
yaxshi shakllanmagan. Bu esa korxonalarni boshlang’ich sarmoya bilan ta’minlashning biri
hisoblanuvchi ushbu tarmoqning rivojlanishiga yaxshi imkon bermaydi.
Respublikamizda lizing xizmati ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi
kompaniyalar
sonining kamligi ular orasida sog’lom raqobat muhiti shakllanishiga va oxir-oqibat
ko’rsatilayotgan lizing xizmatlari turi va sifatining oshishiga, foiz stavkalarining
pasayishiga olib kelmayapti. Lizing kompaniyalari tashkil etishni rag’batlantirish, ularga
soliq, bojxona imtiyozlari berishni davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash uning rivojiga katta
hissa qo’shgan bo’lar edi.
Hozirgi paytda lizing oluvchi korxonalarda kerakli uskunani lizingga olish uchun
axborot yetishmaydi. Lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchiga lizing to’lovlarini tayyor
mahsulot ko’rinishida to’lash tartibini yo’lga qo’yish ham bu soha rivojiga hissa qo’shgan
bo’lur edi.
Respublikamizda paxta va don ekinlariga davlat buyurtmasi o’rnatilgan bo’lib,
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 31 dekabrdagi PF-2165-sonli farmoniga
muvofiq fermer xo’jaliklari davlat buyurtmasi hajmidagi
yetishtirayotgan mahsulot
qiymatining 50 foizi miqdorida Moliya Vazirligining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid
etiladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish jamg’armasi” mablag’lari
hisobidan avans puli (transh) olish imkoniyatiga ega. Buning ijobiy tomoni shundaki,
fermer xo’jaliklari mahsulot yetishtirish uchun zarur bo’lgan aylanma mablag’larni yuqori
foiz stavkalarida tijorat banklaridan qarzga olishga majbur bo’lmaydi.
Korxonalar o’rtasida debitorlik va kreditorlik qarzlari muammosi paydo bo’lganda,
ya’ni tovar-moddiy qiymatliklarni yuborgan korxona xaridor bilan mahsulot qiymati
bo’yicha o’z muddatda o’zaro hisob-kitob qila olmasa yoki bunday qarzlar shubhali,
undirish ehtimoli kam bo’lsa, ularni faktoring vositasida undirish amaliyoti qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: