O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


  18 –BOB. AMERIKA QO’SHMA SHTATLARI QISHLOQ XO’JALIGI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/124
tarix05.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#173167
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   124
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n (2)

109 
18 –BOB. AMERIKA QO’SHMA SHTATLARI QISHLOQ XO’JALIGI
 
18.1. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligining iqtisodiyotda tutgan o’rni, 
ahamiyati 
18.2. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligining tarkibi 
18.3. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligida mahsulotlar ishlab chiqarish 
18.4. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligini taribga solish va qo’llab-
quvvatlash 
18.1. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligining iqtisodiyotda tutgan o’rni, 
ahamiyati 
 
Qishloq xo’jaligi Amerika Qo’shma SHtatlari iqtisodiyotining muhim tarmog’i 
sanaladi. Amerika Qo’shma SHtatlari dunyoda eng ko’p qishloq xo’jaligi mahsulot ishlab 
chiqarish davlat hisoblanadi. Amerika Qo’shma SHtatlarida subtropik mahsulotlar kofe, 
kakao, banan kabi mahsulotlardash boshqa barcha qishloq xo’jaligi mahsulotlari ichki 
talabdan ko’p yetshitiriladi. Ichki talabdan ortgan qismi eksportga yo’naltirilgan. Qishloq 
xo’jaligi mahsulotlari eksport qilish bo’yicha ham dunyoda birinchi o’rinda turadi. Dunyo 
qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksportining qiymat o’lchovida 15 foizdan ortig’i Amerika 
Qo’shma SHtatlari hisobiga to’g’ri keladi. Qishloq xo’jaligi Amerika Qo’shma SHtatlari 
yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 3 foizni tashkil etadi. Qishloq xo’jaligi iqtisodiy faol 
aholining 4 foizi band. Bugungi kunda qishloq xo’jaligida 2,4 million kishi band. 
Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligi o’zi va dunyo aholisi uchun juda katta 
ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega.
Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligi yuqori tovarliligi bilan ajralib turadi. 
Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligiga xos xususyatlardan biri mehnat unumdorligi 
nisbatan juda yuqori ekanligidir. Yana bir o’ziga xosligi mamlakat hududlari bo’yicha juda 
kuchli ixtisoslashishning mavjudligidir. Bu ixtisoslashish tabiy shart sharoitlarning 
mavjudligi va hududning tarixiy rivojlanish xususiyatlari bilan belgilangan.
Amerika Qo’shma SHtatlari tabiati qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi uchun qulay 
hisoblanadi.
Amerika Qo’shma SHtatlarining Kongressi juda keng tekisliklari, yaylovlarini 
o’zlashtirish maqsadida 1862 yilda nisbatan past narxlarda qishloq xo’jaligi maqsadlari 
uchun yer egasi bo’lish imkonini beruvchi qonun qabul qilindi. Bu o’z natijasini berdi. 
Bugungi kunda 48 ta shtatning 80 foizga yaqin yeri qishloq xo’jaligi maqsadlarida 
foydalanilmoqda. Amerika Qo’shma SHtatlarining aholisining migratsiyaga moyilligi 
yuqori bo’lganligi ham mamlakat qishloq xo’jaligini rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan.
Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari kichik xususiy 
fermer xo’jaliklaridan iborat bo’lib, ularning ichki talabdan ortgan mahsulotning 
iste’molchilari Yevropa davlatlari edi. Keyinchalik temir yo’llarning qurilishi Amerika 
Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligining tovarlilik darajasini keskin oshishiga sababchi 
bo’ldi.
1940 yillargacha Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligi ekstensiv yo’l bilan 
rivojlandi.

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin