O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A. Karimovning fikricha:
«Jamiyat tarakkiyotining asosi uni mukarrar haloqatdan qutqarib qoladigan
yagona kuch - ma’rifatdir». «Akl – zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni
tarbiyalay olsakkina, oldimizga kuygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda
farovonlik va tarakkiyot karor topadi». «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q («Mulokot»
jurnali 1998 yil 5 - son)».
Respublika fukarolarini jismoniy va ma’naviy kobiliyatlarinihar tomonlama
rivojlantirish, akliy, jismoniy, axlokiy, estetik va mehnat tarbiyasining uzviy
birligi, jismoniy tarbiyani mehnat va Vatan mudofaasi manfaatlariga yo‘naltirish
bo‘yicha olib borilmokda.
6
Jismoniy tarbiyaning xalqchilligi, birinchidan uning maqsadlari halkning
hayotiy manfaatlariga mehnatga va Vatana mudofaasiga tayyorgarlik manfaatlariga
mos kelishidan, ikkinchidan, bolalarning yoshligidan boshlab gimnastika
mashg‘ulotlariga, o‘yinlarga, sportga, turizmga muntazam ravishda izchillik bilan
ommaviy jalb etishdan; jismoniy madaniyat va sportning har bir kishi turmushiga
singib borishidan; uchinchidan, jismoniy mashqlarning ko‘pchilik orasida keng
tarqalgan halk milliy sport turlari va o‘yinlari vositalari bilan bir qatorda jismoniy
tarbiya vositalaridan keng foydalanishdan iborat.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya manfaatlari yuqoridagi extiyojlar bilan
tugallanmaydi. Shu bilan birga jismoniy tarbiya maqsadlarini aniqlashda ularni
asosiy hal kiluvchi extiyojlar deb xisoblash kerak. Shu sababli, jismoniy tarbiyani
turmushda, xususan umumiy ta’lim kishilarning sihat – salomatligini va mehnat
kobiliyatini saklash hamda mustaxkamlashning, ma’naviy birdamligi va irodasini
chiniktirishning, bo‘sh vaqtini sog‘lom va ko‘ngil ochish vositasi deb yo‘l
ko‘rsatiladi. Shunday qilib, jismoniy madaniyatning maqsadi, jamiyat
madaniyatining bir qismi sifatida, kishilarni jamiyat kurilishida faol ishtirok
etishini uning talablarini qondiruvchi jismoniy kobiliyatlarini har tomonlama
rivojlantirishni ob’ektiv zarurati bo‘lib xisoblanadi. Jismoniy tarbiyaning shu
maqsadi respublikada jismoniy madaniyatni amalga oshiradigan barcha
muassasalar va tashkilotlar uchun bab barovar tegishlidir.
Bu maqsadni amalga oshirishda, shaxsni har tomonlama kamol toptirish
prinsipining amaliy va sog‘lomlashtirish yo‘nalishi muxim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: