1-Ma’ruza. Bolalar jismoniy tarbiyasi texnologiyasi fanining predmeti va asosiy tushunchalari



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/33
tarix05.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#173277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
MA\'RUZA 1-mavzu. (2)

Nazorat savollari: 
1. Jismoniy madaniyatning jamiyat hayotida tutgan o‘rnini asoslab bering. 
2. Jamiyatning jismoniy madaniyat sohasiga bo‘lgan ehtiyojlarini sanab 
o‘ting. 
3. Zamonamizning jismonan barkamol insonning eng muhim ko‘rsatgichlarini 
sanab o‘ting. 
4. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanining jismoniy madaniyat 
fakulteti talabalari va bitiruvchilari uchun ahamiyati. 
5. “Jismoniy madaniyat”, “jismoniy tarbiya” va “sport” tushunchalariga ta’rif 
bering. 
6
Матвеев Л.Р. Теория и методика физического воспитания. Учебник. Москва «Физкультура и спорт» – 2005. 


6. Jismoniy tayyorgarlik natijasida nimaga erishiladi? 
7. Jismoniy rivojlanish jarayoni qanday ko‘rsatgichlar bilan tavsiflanadi? 
8. Jismoniy tarbiya nazariyasi qanday fanlar turkumiga kiradi? 
9. Jismoniy tarbiya nazariyasi fani o‘zida qaysi fanlarni mujassam etgan? 
10. Jismoniy tarbiya nazariyasi fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi 
sabablarini ochib bering. 
11. “Jismoniy tarbiya tizimi” deganda nimani tushunasiz? 
12. Jismoniy tarbiya tizimining maqsadi nimadan iborat? 
13. Jismoniy tarbiya tizimi tushunchasiga nimalar kiradi? 
14. Jismoniy tarbiya tizimi maqsadi nimalarga asoslangan? 
15. Jismoniy tarbiya tizimi vazifalariga ta’rif bering. 
16. Tarbiyalash vazifasining mohiyatini ochib bering. 
Bolalar jismoniy tarbiyasi 
texnologiyasi 
fanining tadqiqot metodlari.
REJA: 
1. Jismoniy tarbiya nazariyasida tadqiqot metodlari. 
2. Pedagogik tadqiqot metodlari ta’rifi. 
3. Eksperimental metodlar tasnifi. 
 
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi o‘rganadigan masalalar 
doirasi keng. Shuning uchun tadqiqot olib borishda faqat pedagogik metodlar 
emas, balki aralash fanlar sotsiologiya, psixologiya, fiziologiya, bioximiyada va 
tibbiyotda foydalaniladigan metodlar ham qo‘llaniladi. Jismoniy tarbiya 
nazariyasida nazariy tahlil va umumlashtirish, pedagogik tekshiruv va tajriba 
metodlaridan foydalaniladi. 
Nazariy tahlil va umumlashtirish metodlari. Har qanday tadqiqot adabiy 
manbalarni o‘rganish, tahlil va umumlashtirishdan boshlanadi. Buning uchun 
tadqiqotchi bibliografiya bilan tanishadi va o‘ziga tahlil qilish uchun zarur adabiy 
manbalarni tanlab oladi, so‘ng ularni o‘rganish rejasini tuzadi, yozib olish va tahlil 
qilish metodikasini o‘ylab oladi. 
Nazariy tadqiqotlar uchun bu metodning o‘zi kifoya kilishi mumkin. Shu tariqa 
jismoniy tarbiya nazariyasining u yoki bu masalasiga qarashlar qay tarzda 
rivojlanib borganini kuzatish mumkin (masalan, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari 
tuzilishining konkret tarixiy sharoitlarga ko‘ra o‘zgarib turishi). 
Eksperimental tadqiqotlar uchun adabiyotlarni o‘rganishda qaysi 
masalalar o‘rganib chiqilgan, ular qay darajada yoritilgan va ulardan qaysilari 
yanada asoslanishni va tajribada sinab ko‘rishni talab qilishini aniqlash zarur. 
Jismoniy tarbiya nazariyasiga oid ko‘plab muhim ma’lumotlarni maktabgacha 
tarbiya muassasalari xodimlari tuzgan turli hujjatlarni analiz qilish paytida topish 
mumkin (masalan, haftalik ish rejasi, jismoniy trabiya mashg‘ulotlari, ertalabki 
gimnastika, harakatli o‘yinlarning borishi, pedagogik kengash bayonnomalari va 
boshqalar). Bu hujjatlarni tahlil qilish chog‘ida aniqlangan ma’lumotlar ishchi 


gipoteza sifatida (eksperimental tadqiqotlarning nazarda tutiladigan natijalari) 
foydalanilishi mumkin. 
Faktlarni yig‘ishda anketa va so‘roq varaqalaridan ham foydalanish 
mumkin. Anketalarda savollar «ha» yoki «yo‘q» degan kisqa javoblar olinadigan 
qilib qo‘yiladi. So‘roq varaqalaridagi javoblar batafsil tarzda keltiriladi, masalan, 
kishining yoshi, ish tajribasi, ma’lumoti, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish 
sharoitining xarakteristikasi va boshqalar. Har ikki holda ham javoblar yozma 
bo‘lishi lozim. Anketalar va so‘roq varaqalari ko‘proq tadqiqotning boshlanishida 
qo‘llaniladi va ular yordamchi ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Tadqiqotchini qiziqtirgan materiallar oldindan ishlab chiqilgan reja 
bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbat vaqtida ham yig‘ilishi mumkin. Savollar bemalol 
berilishi va atroflicha javob olinadigan tarzda bo‘lishi kerak. Masalan, tarbiyachi 
boladan: «Sen to‘g‘ri tura olasanmi? Qanday turishni ko‘rsatchi. Qani endi aytchi, 
qanday qilib to‘g‘ri turish kerak?» deb so‘raydi va hokazo. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin