Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


 Radiotsion defektoskopiya usullari



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

8.3. Radiotsion defektoskopiya usullari 
Radiotsion defektoskopiyaning asosiy turlariga rentgenodefektoskopiya, 
γ

defektoskopiya, neytron defektoskopiya va radiotsion qalinlik o‘lchash kiradi. 
Rentgeno - va 
γ
-defektoskopiya ionlovchi nurlanishlar sinovini o‘tkazishning 
va qayd etish usullarining umumiy uslubiyotiga ega va bir biridan ionlovchi 
nurlanishlarning faqat foydalanilayotgan manbalari bo‘yicha farqlanadi. 
Rentgeno–defektoskopiya 
– qurilish materiallari va buyumlarida ularni rentgen 
nurlanishlarini qayd etish usullariga bog‘liq holda rentgeno defektoskopiyaning bir 
nechta usullari ajratiladi; rentgennografik, kserografik, rentgenoskopik va 
radiometrik. 
Rentgenografik usul 
- nuqsonini rentgen plyonkasi yordamida aniqlashga 
asoslangan. Fotosuratni olish uchun tekshirilayotgan materialning bir tomoniga 


239 
rentgen nurlari manbai joylashtiriladi (8.4.- rasm), ikkinchi tomoniga rentgen 
fotonplyonkasi bo‘lgan kasseta qo‘yiladi.
Rentgen nurlari material ichidan singib o‘tib, fotoplyonkaga ta’sir ko‘rsatadi, 
bunda bu ta’sir materialning zichligiga bog‘liq holda turlicha bo‘ladi. Nuqsonli 
joylarda (bo‘shliqlar, yoriqlar va h.k.) nurlarning sinib o‘tish qobiliyati materialning 
nuqsonsiz qismlariga qaraganda yuqori bo‘ladi, binobarin, plyonkada qorayish 
darajasi bir xil bo‘lmagan joylar paydo bo‘ladi. Qoraygan joylarning mavjudligi va 
qorayish darajasiga ko‘ra aniqlangan nuqsonlarning tavsifi va o‘lchamlari to‘g‘risida 
fikr yuritiladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
8.4-rasm. Payvand chokni fotoplyonkaga fotosuratga olib rentgan nurlari bilan yoritish 
sxemasi:
1- payvand chok; 2- rentgen trubkasi; 3- kasseta; 4- himoya qiluvchi qo‘rg‘oshin plastinka;
5- kuchaytuvchi ekran; 6- fotoplyonka. 
Qorayish darajasi maxsus asboblar – mikrofotometrlar yordamida optik zichlik 
birliklarida aniqlanadi: 
S
S
D
0
lg
=
bunda, S
0
– plyonkaning yoritilmagan joyidan o‘tuvchi, mikrofotometr tomonidan 
qayd etilgan, yorug‘lik miqdori; 
S – plyonkaning qoraygan joyidan o‘tuvchi, mikrofotometr tomonidan 
qayd etilgan, yorug‘lik miqdori. 
Fotosuratga olish usulida nurli nuqsonlarni aniqlashga fotosuratlarning 
sezgirligi yorug‘lik nuri o‘tkazilayotgan materialning turiga va qalinligiga, yoritilish 


240 
sxemasiga va nurlanish bikrligiga va ta’sir qilish darajasiga va boshqa omillarga 
bog‘liq. 
Rentgenografik sinash usuli sezgirligi yuqoriligi va sinashlar uslubi oddiyligi 
bilan ajralib turadi, ammo uning unumdorligi ancha past. 
Kserografik usul,
ya’ni «quruq fotografiya» usuli rentgen tasvirini qayd 
etishning eng istiqbolli usullaridan biridir. Bu usul yarim o‘tkazgichlarning 
zaradlangan qatlami nurlantirilganda ularning sirtida yashirin elektrostatik tasvir 
paydo bo‘lishiga asoslangan. Bu tasvir biror elektrlangan kukun bilan ochiltiriladi. 
Kserografik nazorat usulining asosiy elementlari kserografik plastinka va 
ochiltiruvchi kukun hisoblanadi. Kserografik qatlamlar olish uchun plastinkalarda 
qarshiligi kamida 10
12
om/sm bo‘lgan fotoyarimutkazgichlar – selen, ruh oksidi, 
oltingugurt, qadmiy sulfidi va boshqalardan foydalaniladi.
Selen va ruh oksidi eng ko‘p tarqalgan. Metall plastinkaga selen qoplash 
vakumida bo‘g‘lantirish bilan amalga oshiriladi. Kserografik plastinada rentgen 
tasvirini hosil qilish uchta operatsiyadan iborat: fotosezgir qatlamni zaradlash, 
eksponirlash va tasvirini ochiltirish. 
Kserografik plyonkani zaradlash yuqori manbaidan toj (koronnыy) razradi 
bilan amalga oshiriladi. Shundan so‘ng kserografik plastinka kassetaga joylashtiriladi 
va rentgen fotosuratlarini olish uchun fotoplyonkali kasseta kabi eksponirlanadi. 
So‘ng kserografik plastinkada yashirin elektrostatik tasvir hosil bo‘ladi, uni 
ochiltirish uchun mayda elektronlangan kkundan foydalaniladi, bu kukun 
plastinkaning sirtiga sepiladi. Kukun sifatida bo‘r, talk, rux oksidi va maydalanganlik 
darajasi 1 dan 5 mk gacha bo‘lgan boshqa pigment – bo‘yovchilardan foydalaniladi. 
Plastinka sirtiga sepilgan kukun uning ayrim uchastkalari zaradiga proporsional 
ravishda taqsimlanadi va yoritilgan materialning tasviri chiziladi. Hosil bo‘lgan 
tasvirlarni fotosuratga olish, maxsus yoki yopishqoq qog‘ozga va xatto oddiy yozuv 
qog‘oziga o‘tkazish mumkin. 
Rentgenoskopik 
(fluoroskopik) usulida sinalayotgan materialda nuqsonlarni 
aniqlash ko‘z bilan ko‘rib, ekrandagi tasvir bo‘yicha amalga oshiriladi. Rentgen 
nurlari sinalayotgan material orqali o‘tib, lyuminessirlovchi ekranning yoritishini 
yuzaga keltiradi. Uchastkalarning yoritishi ravshanligi darajasiga bog‘liq holda 
materialdagi nuqsonlar to‘g‘risida fikr yuritiladi. 


241 
Rentgan suratlaridagi qora dog‘lardan farqli ravishda barcha nuqsonlar ekranda 
och nuqtalar, dog‘lar va kamarsimon ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, chunki ular 
qo‘shni uchastkalarga qaraganda ko‘proq miqdordagi nurlarni o‘tkaziladi. Asosan 
tanlab nazorat qilishda foydalaniladigan rentgenografik usulga nisbatan vizual usul 
nazoratining uzluksizligini ta’minlashi mumkin va yoritilayotgan materialning 
lyuminessinlovchi ekrandagi tasvirini kuzatib borishga imkon beradi. 
Rentgen tasvirining ravshanligini oshirish uchun maxsus asbob – rentgen 
elektron-optik o‘zgartkichdan foydalaniladi. Bu asbob rentgen tasvirini yorug‘lik 
optik tasvirga, keyin elektron tasvirga, shundan keyin yana yorug‘lik tasviriga 
aylantiradi. Asbob (8.5 -rasm) rentgen trubkasidan, elektron – optik o‘zgartkichdan 
va binokulyar mikroskopdan iborat. Rentgen trubkasi nurlantirayotgan rentgen nurlari 
qo‘rg‘onshin diofragma orqali nazorat qilinayotgan buyumga tushadi. Rentgen nurlari 
buyumdan o‘tgandan keyin elektron – optik o‘zgartkichning lyuminessiyalovchi 
ekraniga tushadi va uning yoritishini vujudga keltiradi. Yorug‘lik tasviri ta’siri ostida 
lyuminessiyalovchi ekran bilan optik kontaktda bo‘lgan fotokatod elektronlarni 
imitatsiyalaydi, ularning soni mazkur uchastkada 
tushayotgan yorug‘likning intensivligiga 
proporsional. Fotokatoddan ozod bo‘lgan elektronlar 
qo‘shimcha kuchlanish bilan tezlashtiriladi va 
alohida fokuslanadi va ikkinchi chiquvchi 
lyuminessiyalovchi ekranga yo‘nalib, uning 
yoritishini yuzaga keltiradi. Chiquvchi ekranda hosil 
bo‘luvchi tasvir uch yoqli prizma orqali binokulyar 
mikroskopda ko‘rib chiqiladi. 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin