237
Fotoelektronlar bromli kumush donalari bilan o‘zaro ta’sirlashib kumush
atomlarini hosil qiladilar, ular plyonkani ochiltirilish jarayonida ko‘rinmas ta’svirning
kuchaytirilishiga imkon beradi. Ochiltirilgandan so‘ng
plyonkada qorayishi
zichlanishi nurlanish intensivligi va nurlanishlarning plyonkaga ta’sir qilishi vaqtiga
proporsional bo‘lgan qoraygan joylar hosil bo‘ladi.
Nurlanishlarni qayd etishning ionizatsion usuli.
Nurlanishlarning oldindan
ma’lum modda orqali o‘tishida ular hosil qiladigan ionlarni qayd etishga asoslangan.
Bunday modda sifatida gazdan foydalanilib, u bilan cheklangan berk xajm –
nurlanish detektori to‘ldiriladi. Tuzilishi, vazifasi va ishlash tartibiga ko‘ra
ionizatsion gaz detektorlari ionizatsion kamera, proporsional yoki gazrazrad
schotchiklari (hisoblagichlari) ko‘rinishda bo‘lishi mumkin (Geyger –
Myuller
hisoblagichi).
Gazrazrad
hisoblagichi past bosimda argon yoki ikki atomli va ko‘p atomli
gazlar aralashmasi bilan to‘ldirilgan shisha yoki metall ballondan iborat (8.3 - rasm).
Hisoblagichda anod vazifasini uning balloni o‘qi bo‘ylab tortilgan ingichka volfram
tola bajaradi. Katod sifatida hisoblagichning alyuminli, misli yoki po‘lat silindrik
ballondan (korpus) foydalaniladi.
Shisha ballonli hisoblagichlarda ballonning ichki tomoni o‘tkazuvchi mis yoki
volfrom qatlami bilan qoplanadi yoki yupqa metal silindr o‘rnatiladi.
Hisoblagichning ishga tayyorlash
shundan iboratki, uning elektrodlariga gazni
ionlashtirish jarayonini quvvatlab turish uchun zarur elektr maydonini yaratilishni
ta’minlashi mumkin bo‘lgan potensiallar ayirmasi beriladi.
γ
- nurlarning hisoblagich
katodiga tushishi natijasida undan elektron elektrmaydon ta’sirida tezlanish oladi va
gaz zarrachalari bilan to‘qnashib, uni ionlashtiradi. Hisoblagichda razrad yuz beradi.
Tok razradi o‘tkanda kuchlanish impulsi qayd etiladi.
Hisoblagich elektrodlaridagi potensiallar ayirmasi yanada oshirila borganda
hisoblagich hajmi ichidagi
gaz ionizatsiyasi ancha ortadi, chunki katoddan urib
chiqarilgan barcha xamma elektronlar hisoblagichdagi gazning butun xajmini
ionlashtiradi. Bu xolda hisoblagich ishlagandagi tok impulslari maksimal bo‘ladi, ish
sohasi esa hisoblagichning plato sohasi deb ataladi.
Gazrazrad hisoblagichlar vazifasiga, tuzilishiga, qayd
etish usuliga va gaz bilan
to‘ldirilish turiga ko‘ra tasniflanishi mumkin.
238
Nurlanishlarni qayd etishning ssintillyatsion usullari
lyuminesssensiya
hodisasiga, ya’ni ayrim moddalarning ionizatsion nurlanishlar energiyasini
ko‘rinadigan yorug‘likka aylantirish hossasiga asoslangan.
Ssintillyatsion hisoblagich ssintillyator (biror lyuminiforning kristali)dan va
fotoelektron ko‘paytgich (FEK) dan iborat bo‘lib, ssintilyatorda nurlanishlarning
kinetik energiyasi turlicha intensivlikdagi yorug‘lik kvontlariga aylanadi. FEK
yorug‘lik chaqnashlarini elektr impulslariga aylantiradi, bu impulslar keyin bir necha
million marta kuchaytiriladi.
Elektr impuls ampitudasi yutilgan ionlovchi zarracha yoki ionlovchi
nurlanish
kvanti energiyasiga proporsional. Rentgen yoki
γ
- nurlanishini bevosita almashtirish
uchun ustiga fluoressilovchi modda – lyuminofar qatlami qoplangan yo‘g‘on
qo‘rg‘onishli shishadan tayyorlangan fluoressirlovchi ekranlar qo‘llaniladi. Rentgen
va
γ
- nurlanishning fotografik ta’sirini kuchaytirish uchun kuchaytiruvchi
fluoressirlovchi ekranlardan
foydalaniladi, ular ionlovchi nurlanish kvantlarini
ko‘rinadigan yoki ultrobinofsha yorug‘lik kvantlariga aylantiradi.
Kuchaytiruvchi ekranlar yupqa plastmassa assosdan iborat bo‘lib, unga yupqa
lyuminafor qatlami qoplanadi. Kuchaytiruvchi ekranlar radiografiyada qo‘llaniladi,
chunki materiallarini yoritishda ekspozitsiya vaqtini qisqartirishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: