55
ionlashgan qayd qilish usulining qo‘llanishi va suratga olish tartibining to‘g‘ri
tanlanishi u yoki bu mineralning 2-3% miqdorida klinkerda bo‘lishida uning
mavjudligini aniqlash imkonini beradi.
Ma’lum va doimiy tekisliklararo masofalarga fazalar tekshirilishi kerak
bo‘lganda ionlashtirish usuli ayniqsa katta afzalliklarga ega. Bu holda tahlil vaqti
faqat 1-2 min ni tashkil etishi mumkin, bu mahsulotning fazali tahlilini ishlab
chiqarishda oqimda amalga oshirish uchun ushbu usul istiqbolidir. Muayyan
va juda
o‘tkir burchaklar ostida olingan rentgenogrammalar uchastkalari bilan ishlaganda
ularning rasshifrovka qilinishi (ochib yozilishi) kerakli mineralning ma’lum
miqdorini o‘z ichiga olgan aralashmalarning rentgenografik tekshiruvlari asosiga
qurilgan darajalash egri chiziqlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Tekshirilayotgan material №006–son elagidan to‘liq o‘tish darajasigacha
maydalanadi, shundan so‘ng xalqasining diametri 20-25 mm va chuqurligi 3 mm
gacha diametrga ega bo‘lgan organik shishadan yasalgan tutqichga to‘ldiriladi.
To‘ldirish
qatlam ketidan qatlam, asta-sekinlik bilan amalga oshiriladi, bunda har bir
qatlami absolutlashgan spritning bir necha tomchilari bilan namlanadi. Qatlamlarni
zichlash maxsus kurakcha bilan amalga oshiriladi. Chetlarigacha to‘ldirilgan
kyuvetaning yuzasidan ortiqcha kukun o‘tkir tig‘li pichoq bilan
shunday olinadiki
namunaning yuzasi silliq bo‘lib qolishi kerak, chunki bunga tajribaning aniqligi
bog‘liq. Material bilan to‘ldirilgan kyuveta goniometrning
preparat tutqichga
o‘rnatiladi va keyin apparat ishlashining u yoki bu rejimida rentgenogrammaning
yozib olinishi amalga oshiriladi. Ishonchli ma’lumotlarni olish uchun ikkita rentgen
grammani suratga olish va ularni solishtirish bilan kyuvetaga kukunini
ikki marotaba
qayta to‘ldirish olib boriladi.