21
- avtomatlashtirish vositalarini texnik ekspluatatsiyasi tizimini ishlab chiqish va tipik
prinsiplarni qo‘llash;
- suv xo‘jaligi kompleksida texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan
tizimlarining vositalarini ishlab chiqish va qo‘llash;
- avtomatlashtirish
tizimlaridagi montaj, ishga tushirish, sozlash ishlarini tashkil
qilish va bajarish;
- loyiha xujjatlarini ishlab chiqish;
- professional
etika kodeksiga amal qilish
qobiliyatlariga ega bo‘lishi lozim
.
Tashkiliy-boshqaruv faoliyati:
- loyiha institutlarining avtomatlashtirish va ekspluatatsiya bo‘limi, guruhiga
rahbarlik, shu jumladan sug‘orish tizimlarini boshqarish;
- avtomatlashtirish va nazorat tizimlarining
texnik vositalari, qurilmalarini ishga
tushirish, montaj qilish , sozlash va ekspluatatsiya qilish;
-suv ombori, gidrotexnika inshootlari, nasos stansiyalari texnologik jarayonlarini
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida dispetcherlik ishi;
- avtomatik nazorat,
rostlash, boshqaruv tizimlarida ekspluatatsiya, ta’mirlash va
texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish;
- texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
ishlab chiqarish va resurslarni rejalashtirishda ishtirok etish;
- texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish tizimlarini yaratish
va ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish
jarayonlari faoliyati
monitoringida qatnashish;
- zamonaviy axborot texnologiyalari tizimini yaratish va ulardan foydalanish bilan
bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash usullari
va mexanizmlarini ishlab chiqish;
- atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi
borasida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilishda ishtirok etish
qobiliyatlariga
ega bo‘lishi lozim
.
Pedagogik faoliyatida (umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
tizimida):
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim tizimining ta’lim
muassasalarida tayyorgarlik yo‘nalishida nazarda tutilgan o‘quv fanlari bo‘yicha
zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan
foydalanib nazariy hamda
amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish;
o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazilishiga ko‘maklashish,
tadqiqotlarda ishtirok etish, ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va tahlil etish;
o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun zarur
bo‘lgan o‘quv-metodik xujjatlarni shakllantirish, tuzish va ularni tadbiq etish;
22
mustaqil ta’lim va ijodiy qidiruv natijasida o‘qitilayotgan fan hamda
pedagogik faoliyat sohasidagi metodlar, vositalar va shakllar jabhalarida o‘z-o‘zini
muntazam takomillashtirib borish
qobiliyatlariga ega bo‘lishi lozim.
5311000 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va
boshqarish (suv x
o‘
jaligida)
bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasidagi
yuklama
hajmi
Barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv ishlarini o‘z ichiga
olgan o‘quv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 soat qilib belgilanadi.
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) o‘qish shakli uchun auditoriya
mashg‘ulotlarining eng yuqori hajmi haftasiga 36 soatgacha qilib belgilanishi
mumkin.
O‘qishning normativ muddati to‘rt yil bo‘lgani holda o‘quv jarayoni 204 hafta
davom etishi zarur.
Dostları ilə paylaş: