27
mexanizatsiyalash, kompleks suv xo‘jaligi tadbirlarini amalga oshirib borib
melioratsiyalashgan maydonlardan barqaror qishloq xo‘jalik ekinlarining
hosildorligini muntazam ravishda oshirib borish va rejalashtirilgan suv sarfi
miqdorini sug‘orish manbaidan bosh gidrotexnik inshoot yordamida mo‘ljallangan
vaqt davomida olish, uni isrof qilmasdan sug‘orish tarmoqlari orqali
iste’molchilarga yetkazib berish, suvdan foydalanish rejalarini to‘zish
va amalga
oshirish, sug‘oriladigan yerlarni meliorativ holatini nazorat qilish va ularni
yaxshilash tadbirlarini ishlab chiqish, sug‘orish va zah qochirish tarmoqlari
o‘zanlarini oqiziqlar va begona o‘tlardan tozalash, suv isrofgarchiligiga qarshi
mahsus kompleks chora-tadbirlarni ilmiy asoslangan holatda ishlab chiqish va ularni
amalga oshirish vazifalarini o‘z ichiga oladi. Hozirda Respublikada 4,3 mln.ga
sug‘orish maydoni mavjud bo‘lib, bu maydonlarga o‘z vaqtida va kerakli
miqdordagi sug‘orish suvini
yetkazib berish uchun kanal, zovur, gidrouzel,
gidrotexnika inshootlari, suv omborlari, doimiy nasos stansiyalari qurilgan, suv
xo‘jaligida umumiy suv sarfi sekundiga 2500 m3 dan ortiq bo‘lgan 75 yirik kanal,
umumiy hajmi 18,6 mlrd m3 bo‘lgan 53 suv va 25 sel omborlari, 32,4 ming km
xo‘jaliklararo kanallar (uning 9,4 ming.km ga beton qoplangan) 174,5 ming km.
Ichki sug‘orish tarmoqlari ( 133,6 ming km – tuproq o‘zanli ochiq ariqlar, 12,1 ming
km. – beton ariqlar, 25,0 ming km. – lotokli, 3,7 ming km. – yopiq quvurli tarmoqlar
), 31,0 ming km. xo‘jaliklararo 106,3 ming km. xo‘jalik
ichki zovur tarmoqlari
(shundan 67,1 ming km – ochiq 39,2 ming km yopiq) bor. Respublika xo‘jaliklarida
12,8 ming ga yaqin nasos agregatlari mavjud bo‘lib, ular yordamida 1050 ming ga
ekin maydoni sug‘oriladi. Nasos agregatlarining 5,800 ga yaqini elektrlashtirilgan
qolganlari dizel nasoslaridan iborat. Xo‘jaliklar hisobida 2,0 mingga yaqin sug‘orish
quduqlari ishlatiladi. Respublika 4800 dan tik zovur quduqlari 24,6 mingdan ortiq
kuzatuv quduqlari mavjuddir. Mavjud 4,3 mln.ga sug‘orish maydonidan 144 ming
ga si kuchsiz, 668 ming ga i o‘rta, 168 ming ga kuchli sho‘rlangan hisoblanadi.
2. Har bir nazoratchi xodim bir necha yaqin joylashtirilgan inshootlarga xizmat
ko‘rsatadi. To‘siqlarning holati odatda qo‘l yordamida harakatga keltiriluvchi
ko‘tarma mexanizimlar yordamida boshqariladi, suvning sathi va sarfining
o‘zgarishlari o‘rnatilgan asboblar yoki reykalar bilan tekshiriladi. Ma’sul
gidrouzellar, inshootlar va ekspluatatsiya qilinayotgan bo‘limlar bilan dispetcher
telefon aloqasi orqali bog‘lanadi. Agar dispetcher xizmatida telefon aloqasidan
boshqa texnik vositalar bo‘lmasa, suv tarqatish jarayonini nazorat qilishda hisobot
quyidagicha tayyorlanadi: har kuni ertalab bo‘lim gidrotexnigi
foydalanilayotgan
bo‘lim bo‘yicha suv chiqarish inshootlaridagi suv tarqatish balansini tuzadi, olingan
sutkalar uchun nazoratchi xodimlarning bergan ma’lumotlari asosida bajariladi
(o‘lchovlar asosan ikki marta - ertalab va kechqurun olinadi). O’lchovlar oralig‘idagi
vaqt davomida sarfni o‘zgarmas deb qabul qiladilar. Foydalanuvchi bo‘lim va yirik
28
uzellarning suv tarqatish balanslari tizim dispetcheriga uzatiladi. Bu yerda olingan
ma’lumotlar asosida o‘tgan sutka davomida butun tizimdagi umumiy suv tarqatish
balansi tuziladi, suvdan foydalanish rejasi bilan solishtiriladi va kerak bo‘lgan
hollarda ma’lum o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Dispetcherlashtirishning bunday
shakli xizmat ko‘rsatishning faqat ma’lum qisminigina hal qilishi mumkin, negaki
boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi ob’ektlar bilan bevosita aloqa o‘rnatmasdan
turib ulardagi haqiqiy holat hakida yetarli ma’lumotga ega bo‘lishi qiyin. O’lchov
tizimi natijalari, telefon aloqasi orqali dispetcherdan olingan farmoyishlarning
bajarilishi haqidagi ma’lumotlar dispetcher punktiga katta kechikishlar bilan yetib
keladi. Maxsus boshqaruv va nazorat texnik vositalari bo‘lmagan holda
xo‘jaliklararo xizmat ko‘rsatish bo‘limi unga qo‘yilgan vazifalarni to‘liq bajara
olmaydi, buning natijasida suv tarqatish va uzatish
jarayonlarida quyidagi
kamchiliklar kelib chiqadi:
• quyi tarafda joylashgan iste’molchilar hisobiga yuqoridagi iste’molchilarning
ko‘proq suvdan foydalanishi;
• sug‘orish me’yorlariga rioya qilmaslik oqibatida qishloq xo‘jalik ekinlarining
hosildorligini kamayib ketishi va yerlarning meliorativ holatining yomonlashishi
(botqoqlanishi, shurlanishi);
• suvning oqib kelishi va uning sarfi xaqida operativ ma’lumotlarni yo‘qligi
sababli reja asosida suv tarqatish buyicha to‘liq nazorat ta’minlanmaydi va sug‘orish
me’yorlariga o‘z-o‘zidan rioya qilinmaydi;
• gidrotexnik inshootlar va uskunalarni texnik ekspluatatsiya tartiblari va
qoidalari buziladi va bu avariya holatlariga olib keladi;
• tizimni ish tartibini qayta o‘zgartirish davrlarida suv iste’moli va suvni tortish
balansining buzilishi natijasida tizimning xo‘jaliklararo qismlarining alohida
bo‘linmalarida sezilarli darajada suvning chiqarib yuborilishi kuzatiladi;
• kichik ish unumdorligiga ega bo‘lgan qo‘l mehnati keng qo‘llanadi.
Operativ xizmatning texnik ta’minotini o‘zgartirmasdan xizmatchi –
xodimlarni sonini ko‘paytirish bilan yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarni yo‘qotish
mumkin emas. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish natijasidagina yuqori
texnik iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin. Shunday qilib asosiy
masalalardan biri sug‘orish tizimidagi xo‘jaliklararo tarmog‘ining operativ xizmat
bo‘limidan foydalanishni tubdan sifat jihatdan o‘zgartirilishi xisobdanadi. Sug‘orish
tizimining ichki xo‘jalik tarmog‘i eng uzun va juda ko‘p mayda gidrotexnik
inshoatlarga ega bo‘lgan qismdir. Misol uchun, O’zbekiston
Respublikasidagi
sug‘orish kanallarining umumiy uzunligi 165,3 ming kmni tashkil etadi, ulardan
25,5 ming km – xo‘jaliklararo va 139,8 ming km ichki xo‘jalik tarmog‘i; Kollektor
– drenaj tarmog‘i 106 ming km bo‘lib, shu jumladan 75 ming kmga yaqini ichki
xo‘jalik tarmog‘idir. O’zbekistonning sug‘orish va drenaj tizimida 60 mingga yaqin
29
gidrotexnik inshootlar mavjud bo‘lib, ularning 40 mingga yaqini ichki xo‘jalik
tarmog‘iga to‘g‘ri keladi. Sug‘orish tarmog‘ining umumiy f.i.k. ini hisobga olganda,
suvni yo‘qotish magistral kanallardagi va xo‘jaliklararo tarqatgichlarda asosiy suv
olish inshootidan 17,5 % ga, ichki xo‘jalik qismiga esa 32,5% gacha baholanadi.
Sug‘orish jarayonini avtomatlashtirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi, chunki
ish unumdorligini oshirishda sug‘orish suvlarini effektiv ishlatish, suvni tejovchi
texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Shu jumladan, kollektr –
drenaj tizimini ham avtomatlashtirish muhim ahamiyatga ega,
bu holda yerlarni
meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini oshirish, ekspluatatsion xarajatlarni
kamaytirish imkoniyati bo‘ladi. Shunday qilib, sug‘orish tizimining asosiy
vazifalariga suvni tortish jarayonlarini avtomatlashtirish, tizimdagi xo‘jaliklararo va
ichki xo‘jalik tarmog‘idagi suv tarqatish va sug‘orish va kollektor – drenaj
tarmog‘ini avtomatlashtirish kiradi. Sug‘orish
tizimi tarkibiy qismlari va
ko‘rsatilgan jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy prinsiplari ketma – ket
tartibda ko‘rib chiqiladi. Bu holatni buzilishi suv resurslaridan unumli foydalanishni
va sug‘oriladigan yerlarni holatini yomonlashuviga olib keladi. Shuning uchun
tizimning barcha tarkibiy qismlarini kompleks avtomatlashtirish zarur bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: