31
Jizzax viloyatiga Eski Tuya tortor kanal orqali suv beradi. Chap va o‘ng qirg‘oq
kanallarining har birini suv o‘tkazish qobiliyati 110 m
3
/s.
Gidrouzel tarkibiga (1) o‘zi orqali suvni tushiruvchi yaxlit to‘g‘on (vodoslivnaya
plotina), 2) to‘g‘onning suv tushiruvchi qismi bilan bir chiziqda joylashgan
cho‘kindilarini yuvuvchi ikki ( chap qirg‘oq va o‘ng qirg‘oq)
shlyuzlar, 3) ikki
magistral kanallarni bosh tartibga soluvchi (regulyator) (chapqirg‘oq va
o‘ngqirg‘oq) inshootlari, 4) yuqori o‘ng qirg‘oq okimni yo‘naltiruvchi damba, 5)
o‘ng qirg‘oq suvni ushlab turadigan damba va 6) ikkala kanalning bosh qismi kiradi.
Gidruzel 1350 m
3
/s suvni o‘tkazishga hisoblangan, kompanovkasi Hind daryosidagi
Sakkur barraji nusxasidan olinganligi uchun suv olishning xind turiga mansub suv
oluvchi gidrouzel hisoblanadi. Bu turdagi gidrouzel Respublikada yagona bo‘lib,
oqib kelayotgan (vlekomыe nanosы) oqizindilarni maxsus daryo suv tindirgichi –
cho‘ntak (karman) da ushlab qolish, so‘ng esa u yerdan oqizindilarni gidrouzelning
pastki b’efiga gidravlik yuvish orqali tushirib yuborishga mo‘ljallangan.
Gidrouzelni Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli
«Zarafshon» magistral tizimi boshqarmasining yuqori Zarafshon suv olish uzelidan
foydalanish boshqarmasi ishlatadi.
Gidrouzelning asosiy kamchiligi – turg‘un bo‘lmagan suv olishdir. Bu
kamchilikning kelib chiqishiga kanallarga
tushayotgan oqizindilar, ularni
karmanlarda yig‘ilib qolgan qismini yuvib chiqarish
uchun shart- sharoitlarni
yetishmasligi, pastki befga tushgan oqizindilar suv sathini oshirib yuborib
karmanlarni yuvishini qiyinlashtirayotganligi va boshqa
bir qancha sabablarni
keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: