33
Betonlar korroziyasi Janubiy Farg‘ona kanali 1-GES to‘suvchi inshooti
ustunlarida (2005 y.12.09) kuzatildi, betonlar umalanib 5-8 sm qalinlikda tushib
ketgan.
Suvning inshootlarga biologik ta’siri suvli muhit va inshootlar elementlarida
hayot kechirayotgan mikroorganizmlarning ta’sirida har xil elementlar (yog‘och,
metall) chirib, quvurlar sirti o‘sib ketadi, inshootlarning ba’zi bir qismini
mollyuskalar bosib panjaralarini berkitib qo‘yadi.
Bugungi kunda, mikroorganizmlar metallarni biologik korroziyaga olib kelishi
«Bobotog‘» nasos stansiyasi bosimli quvurlarida mavjudligi O’zbekiston FA Suv
muommolari instituti tadqiqotlari natijalarida tasdiqlangan.
Chaqmoq kanali (Toshkent viloyati) o‘zanini (2006 y.15.12) har xil mayda
chig‘onoqlar bosib suv o‘tkazish qobiliyatini pasaytirib, kanalni dim holatda
ishlashishga olib kelganligi kuzatildi.
Doimo oddiy va toza suvda turuvchi yog‘och materiallar ham mustahkamligini
o‘n yillab, hattoki yuz yillab o‘zgartirmasligi mumkin. Misol uchun Karmana
gidrouzeli 1973 yilda qurilgan, 1998 yilda toshqin gidrouzelni Fletchinger polini
buzub ketgan, ekspluatatsiya xizmati o‘shanda 25 yil suvda bo‘lib, buzulgandan
keyin oqib chiqqan yog‘ochlarni xuddi yangidek saqlanganligini guvohi bo‘lishgan.
Shuning bilan birga suv sathini o‘zgarib turadigan zonasida, vaqti-vaqti bilan
atmosfera ta’siriga uchraydigan yog‘ochlarda buzulish, chirish jarayonlari jadal
kechishi barchaga ma’lum. Shuning uchun ham inshootlarning yog‘och
konstruksiyalari antiseptik ishlov berilib, yog‘ochga neft mahsulotlari shimdirilib,
bo‘yalib va sh.o‘. tadbirlar qo‘llanilib ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: