Mexanizatsiyalash muhandislari instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/81
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#173538
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81
Uc6hstRPzyOQm9SEH7ZrJWAUtCqnrHfz58L5TfXe

O’pirilish (siljish, ko‘chish) jarayonlarini kuzatishda
qirg‘oqlar
umumiy ko‘rik (rekognossirovka) dan o‘tkaziladi, deformatsiyalar, drenaj tizimlari 
holati tasvirlanadi va o‘prilish (siljish, ko‘chish) lar kutilayotgan xarakterli 
uchastkalar bo‘yicha xulosalar tayyorlanadi. Bunda o‘prilishni (siljish, ko‘chishni) 
xarakterlaydigan uzilish pog‘onasi chetini joylashishi, o‘prilish siljishi, ko‘chish) 
tili, yirik va o‘rta yoriqlar, suv to‘xtagan uchastkalar, siljish sirti chegarasi va boshqa 
detallar ko‘rsatiladi. Taxmin qilinayotgan (kutilayotgan) o‘prilishning holati joyida 
va planshetda belgilanadi, shuningdek ma’lum bir (berilgan) davrdan keyin eng 
xarakterli joylarning rasmi solinadi va fotosurati olinadi. O’prilish va stvorlarni 
joylashtirish sxemasi 2.3 – rasmda qursatilgan. Stvorlar har 25…50 m da 
joylashtiriladi. Instrumentlar yordamida kuzatish uchun o‘prilish va uning orqasida 
markalar joylashtiriladi, markalar suv ostida yoki suv ustida joylashgan yaqin reper 
bilan bog‘lanadi. Markalar orasi masofasi markalar soni 3…4 ta bo‘lishidan kelib 
chiqib abul ilinadi. Kuzatishlar qorlar erib ketgandan so‘ng bahorda va jadal 
yog‘ingarchilik tugagandan so‘ng kuzda olib boriladi. Ixtiyoriy shaklda tuzilgan 


47 
jurnallarga kuzatishlar olib borilgan sana, masofasi, chuqurligi va o‘lchangan joyi, 
kuzatishlarning davomiyligi yozib boriladi va o‘prilish jarayoni tasvirlanadi.
Suv usti qismidagi unchalik katta bo‘lmagan o‘prilish (erib tushish) lar temir 
– betonli panjaralar o‘rnatilib mustahkamlanadi. Panjaralar ichiga grunt to‘ldiriladi 
va svaylar yordamida asosiy massivga mustahkamlanadi. Bir qator holatlarda 
o‘prilishlarni kontrforsli tirgak devorlar o‘rnatish yo‘li bilan oldi olinadi. 
Chuqurlikda joylashgan va katta o‘pirilishlar qoqiladigan tizimlar yoki bo‘rg‘ilab 
qoqiladigan svaylar (

= 520…1080 mm) yordamida ushlab qolinadi.
2.3 – rasm. O’prilish (siljish, ko‘chish) sxemasi (a) kuzatuv stvorlarini joylashuvi 
(b):
1 – ildiz massivi; 2 va 3 – o‘prilish cheti va devori; 4 – ajralish yorig‘i; 5 – 
o‘prilish bosqichi; 6 – o‘prilish tanasi; 7 – o‘prilish to‘shagi; 8 – suv turib olgan 
joy; 9 – do‘ppayish yorig‘i; 10 – o‘prilish tili; 11 – o‘prilish asosining 
deformatsiyasi; I…X – tayach belgilar; 1

…11

 - o‘prilishdagi markalar.
Grunt suvlarini urib chiqishidan kelib chiqadigan o‘prilishlarni shu oqimlarni 
drenaj yordamida ushlab chiqarib yuborish orqali oldini olish mumkin.
Muzlar rejimi
uch asosiy davr bilan xarakterlanadi: muzlash, muzni turib 
qolishi va muzdan ochilish. Muz hosil bo‘lish jarayoni odatda qirg‘oq bo‘yi suvini 
muzlashidan boshlanadi, u qirg‘oqga keng bo‘lib yopishadi, so‘ng esa uzliqsiz muzli 
qoplama hosil bo‘ladi. Suv omborlarida qish kirib kelishi bilan muzlash boshlanishi 
va muzlikni turib qolishi, muzlash hosil bo‘lishining qo‘rinishlari, muz 
qoplamasining holati va uning deformatsiyalanishi, muzlash qalinligi, qor qatlami 
qalinligi, muzlikning ochilishi (erishi), muz bo‘laklarini suzishi (yurishi) va sh.o‘. 
kuzatib boriladi. Asosan kuzatishlar ko‘z bilan olib boriladi. Muz qalinligini 
o‘lchash uchun standart muz o‘lchagich reyka o‘llaniladi, u 2.4 – rasmda ko‘rsatildi. 
Ushbu rasmda muz qalinligini o‘lchashning variantlari ham berilgan. Muz qalinligi 
xar 5 sutkada (oyning 5, 10, 15, 20, 25 sanasida) va oyning oxiri sanasida o‘lchanadi. 
Bu maqsad uchun muz alinligi bo‘ylab qirg‘oq dan kamida 3 m masofada quduq 
burg‘ilanadi. Muz qalinligi 0,15 m ko‘p bo‘lganda o‘lchovlar qirg‘oqdan 20…30 m 
masofada olib borilishi mumkin.
Suv omborlarida muz qalinligi odatda daryolardagiga nisbatan 15…20% ko‘p 
bo‘ladi. Muzlash rejimini kuzatishda xavfsizlikni ta’minlash nuqtai nazaridan shuni 


48 
nazarda tutish kerakki, odatda qirg‘oq oldida muz qalinligi suv omborining ochiq 
yuzasidagiga nisbatan har doim ko‘p bo‘ladi. 
2.4 – rasm quduq qisman suvga to‘lganda (a) hamda suv sathi muz atlamidan 
qori (b) va past (v) bo‘lganda muz o‘lchagich reykalar yordamida muz qalinligini 
o‘lchash: 1 – ish holatidagi o‘lchovchi reyka; 2 – muz.
Yirik suv omborlarida muz joyida eriydi, o‘rta va kichik suv omborlarida, katta 
toshqin suvi mavjud bo‘lganda, muz maydalanib suv tashlovchi oraliqlar orqali 
pastki befga tushirib yuboriladi.
Suvni haroratini kuzatish
suv urezidan 3 va 20…30 m uzoqlashgan vertikallar 
bo‘ylab, sutkada 1 marta soat 12 da beflarda o‘lchab boriladi. Harorat yuza zonada 
(yuzadan 0,5…1 m da), tub oldi qatlamda va suv omborining chuqurligiga qarab 
o‘rta qatlamda o‘lchanadi. Haroratni o‘lchash uchun metall, plastmassa yoki 
yog‘och g‘ilofdagi buloq termometrlaridan foydalaniladi, ularning aniqligi yo0,2
0
S. 
Shu maqsad uchun ishlatiladigan elektrik termometrlarniki esa yo0,5
0
S.
Suv omborining gidrokimyoviy rejimi
suvning bug‘lanishi, muzlik hosil 
bo‘lishi, qirg‘oqlar yuvilib ochilib qolganda yuviladigan tuzlarni paydo bo‘lishi 
sharoitlari bilan belgilanadi. Bu tuzlar pastki befga tashlanayotgan va suv 
omboridagi suvlarning odatdagi mineralizatsiyasini oshirib yuboradi. Suvning 
kimyoviy tarkibini kuzatish standart (majburiy) va maxsus kuzatishlarga bo‘linadi. 
Standart kuzatishlar doimiy kuzatish punktlarida olib boriladi
bu kuzatishlarning 
maqsadi - suv omboridagi suvni oqova suvlar bilan ifloslanish darajasini 
aniqlashdan iborat
. Maxsus kuzatishlar maxsus dastur bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar 
o‘tkazilayotganda olib boriladi. Standart kuzatishlarda suvdan namuna suv urezidan 
20…30 m masofada, suv yurmaydigan zonalarda, suv o‘tlari ko‘paygan joylarda, 
suv urezi oldidagi qiyaliklardan olinadi. Kichik chuqurlikka ega suv omborida 
suv namunasi yu ori atlam (0,5 m chu urlik) va tub oldi qatlam (tubdan 0,5 m 
balandlikda) lardan olinadi. Chu ur (10 m dan ko‘p) suv ombrlarida namunalar 
vertikal bo‘yicha uch nuqtadan olinadi. Batometrlar yordamida olingan namunalar 
butilkalarga quyiladi va kimyo laboratoriyasiga jo‘natiladi. Butilkaga namuna 
olingan sana va joy ko‘rsatilib etiketka yopishtiriladi. Laboratoriyada namuna to‘la 


49 
yoki qisqartirilgan kimyoviy tahlildan o‘tkaziladi. To‘liq tahlil uchun namuna har 
choraklikda 1 marta, qisqartirilgan tahlil uchun esa har oyning 10 yoki 15 sanasida 
jo‘natiladi. Kimyoviy tahlil natijalari maxsus jurnalga namuna olingan sana, vaqt, 
harorat, suv sathi, stvor, vertikal va sh.o‘. lar ko‘rsatilib yozib qo‘yiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin