67
Bostirib sug‘orishdan oldin sug‘oriladigan territoriyalarda tayorgarlik ishlari
qilinadi. Masalan, sug‘oriladigan uchastkalar oldin 0,2-0,3-1,5 ga kattlikdagi
pollarga bo‘linadi, pollarning to‘rt tomoniga uvat olinadi.
Uchastkalarni suvning tekis va bir xil chuqurlikda tarqalishini ko‘zda tutib
pollarga bo‘lish kerak.
Yerning sho‘rlanishi ekindan mo‘l hosil olishga imkon bermaydi, chunki ekin
bir tekis unib chiqmaydi. Shuning uchun yerning sho‘ri yuviladi (1.1-rasm).
Pollar eni, sug‘orish uchastkasining ko‘ndalang nishabiga qarab 40 m dan 80
m gacha olinadi, bo‘yi esa uchastkaning uzunasiga bo‘lgan nishabiga va polga
qancha qalinlikda suv bostirilishiga qarab belgilanadi. Katta nishabli yerlarda ikkala
yondosh polning otmetkasidagi ayirma 20 sm dan, kichik nishabli yerlarda esa 10
sm dan, shuningdek pol ichidagi nishab 0,002 dan oshmasligi kerak. Pollarga 10-15
sm gacha chuqurlikda suv bostiriladi. Bostirib sug‘orishda pollarga quyiladigan suv
sarfi 25-50 l/sek bo‘ladi. Tuproqning sho‘rini yuvib bo‘lgandan keyin uvatlar
tekislab yuboriladi (chunki ular mashinaning yurishiga halal beradi). Pollar to‘g‘ri
to‘rtburchaklik shaklida qilinadi. Polning uzun tomoni uchastkaning kichik nishabli
tomoniga, kalta tomoni esa katta nishabli tomoniga qilinadi.
Agar polning etak qismi o‘rta
qismiga
nisbatan
α % dan ortiq
namiqtirilsa, polning uzunligi quyidagi
formula bilan aniqlanadi:
J
h
L
100
2
(3.1)
bu yerda:
α- keltirish koeffitsiyenti bo‘lib,
kontrol qilish uchun
1
bo‘ladi;
J- polning bo‘ylama nishabi;
h-suvning bostirish balandligi, sm.
Dostları ilə paylaş: