61
nam zapasini oshirib yoki kamaytirib, o‘simliklar uchun qulay suv va havo sharoitini
yaratish masalalarini o‘z ichiga oladi.
Turmush tajribalari va maxsus o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar, ekindan mo‘‘tasil
mo‘l hosil olish uchun melioratsiya fanining uchala meliorativ tadbirlari majmuidan
to‘la foydalanish kerakligini ko‘rsatdi. Shu tadbirlardan to‘la foydalanilganda
mehnat va mablag‘ kam sarflanadi.
Tuproqning aktiv qatlamida muayyan tabiy va agrotexnikaviy sharoitda
belgilangan ekin maydonini optimal nam va oziq rejimlari bilan ta’minlaydigan
sug‘orish me’yorlari, sug‘orish muddatlari va sug‘orish soni yigindisi
sug‘orish
rejimi
deb ataladi. Belgilangan sug‘orish rejimi quyidagi shartlarga:
a
-muayyan agrotexnikaviy talablarga asosan, o‘simlik
rivojlanishining har qaysi
fazasida uning suvga bo‘lgan talabiga;
b
-tuproqning suv, oziq moddalar, tuz va issiqlik rejimlarini tartibga solib turishga;
v
-sug‘oriladigan yerlarning botqoqlanishiga, sho‘rlanishiga hamda tuproq
eroziyasiga yo‘l qo‘ymaslikka rioya qilish kerak.
Sug‘orish usullari va sug‘orish texnikasi orqali sug‘orish rejimi amalga
oshiriladi. Mavsumiy sug‘orish normasini tuproqqa singdirish usuli
sug‘orish usuli
deb, ekinni sug‘orishda ekinga bir tekis taqsimlash usullari esa
sug‘orish texnikasi
deb ataladi.
Yerlarni sug‘orish uch xil usulda amalga oshiriladi:- yer ustidan, -er ostidan,
-sun’iy yomg‘ir yog‘dirish usullarida sug‘oriladi.
Yerni ustidan sug‘orish to‘rtga: -
bostirib
sug‘orish,
taxtalarga
bo‘lib
sug‘orish,
jo‘yak
va
egat
olib sug‘orishga bo‘linadi.
Sug‘orish usullarining har biri sug‘orish va suvni tartibga solish
shaxobchalarining muayyan tartibda qurilishini va o‘ziga
mos texnikadan
foydalanishni talab qiladi.
Sug‘orish usullari: ekinning turiga, mexanizatsiyaviy va agrotexnikaviy
sharoitga, sug‘oriladigan yer relefi hamda nishabiga, sug‘oriladigan tuproqning
xususiyatlari (nam sig‘imi, suv o‘tkazuvchanligi va tarkibi)ga qarab tanlanadi.
Sug‘orish vaqtida suvning bosimi va sifatiga qarab, akad. A.N.Kostyakov mavsumiy
sug‘orish va galgi sug‘orish usullari klassifikatsiyasinin tavsiya etadi (1.1-jadval)
3.1-jadval
Mavsumiy
sug‘orish
usullari
Dalaga
suv tarash
usuli
Bir galgi sug‘orish
Kichik bosim va oz
suv sarfi bilan
Kattaro bosim va
ko‘pro suv sarfi
bilan