2.3.6.Gidrotexnika inshootlarining texnik holati va bexatar ishlashini
nazorat qilish (kuzatish) ishlari
Gidrotexnika inshootlarini texnik holatini nazorat qilish (kuzatish) ishlari
nazorat – o‘lchov asbob (NO’A)larini tayyorlash va ularni shahodatlash, kuzatish
jurnallarini tutish hamda bevosita kuzatishlarni olib borishdan iboratdir, u ko‘z bilan,
NO’A yordamida va maxsus kuzatishlarni o‘z ichiga oladi (1- rasmga qarang).
Ko‘z bilan kuzatish muntazam (doimiy) va davriy bulib har kunlik va loyihada
belgilangandek davriy ravishda gidrotexnika inshootlarini texnik holatidagi
o‘zgarish va buzulishlarni tavsiloti hamda tasvirini chizib ko‘rib chiqishdan iborat
bo‘ladi.
Gidrotexnika inshootlari va ulardagi gidromexanik uskuna hamda
qurilmalarning texnik holatidagi o‘zgarishlar, buzulishlar, shuningdek tozalash va
ta’mirlash ishlari hajmi, gidravlik elementlarini o‘lchash, NO’A yordamida,
ekspluatatsiyaning dastlabki, birinchi yillarida, deyarli har kuni yoki loyihada
belgilangandek, keyingi yillarida esa ishning turiga qarab har 5 – 10 kunda yoki yoki
umuman loyihada belgilangan muddatlarda, jurnallarga yozilib, olib boriladi.
Yil boshida kuzatish ishlarini yillik kalendar grafigi (rejasi) tuzilishi lozim,
unda har bir gidrotexnika inshooti (gidrouzel)ni texnik holatini kuzatish ishlari
turlari ko‘rsatilgan, ularni olib borish muddatlari belgilangan bo‘lishi kerak.
Avariya holatlarida, kuzatish ishlarining yillik grafigidan tashqari, vaziyatdan
kelib chiqib, muntazam ravishda, avariya holati bartaraf qilinguncha kuzatish ishlari
olib boriladi.
Kuzatish ishlarini natijalari bo‘yicha beflardagi suv sathlarini o‘zgarish
grafigi, inshootlardagi balandlik markalarini vaqt bo‘yicha cho‘kish grafiklari,
harakterli stvor (kesim)larni cho‘kish profillari, depressiya egri chizig‘ini o‘zgarish
51
grafigi, mahalliy yuvilishlarni (geologiyasini ko‘rsatib) bo‘ylama va ko‘ndalang
profillari, yuvilish va loyqa cho‘kishini gorizontallar orqali ko‘rsatilgan plani
(rejasi), suv omborida loyqa cho‘kishini bir birini ustiga tushirilgan profillari, vaqt
bo‘yicha suv sarfini o‘zgarishi grafigi, suvni uyurma(vodovorot)si planlari, tranzit
oqimlarni planlari, harakterli stvorlardagi tezliklar epyuralari,
(vaqt bo‘yicha) choklarni ochilishi grafiklari va loyiha bo‘yicha boshqa shularga
o‘xshash grafiklar chiziladi.
Inshootlarni mo‘‘tadil ishlatish nuqtai nazaridan kelib chiqib barcha
o‘lchamlarni loyihaga nisbatan o‘zgarishi tahlil qilinadi, inshootlarni ishonchli
ishlashi (otsenka nadyojnosti) baholanadi, ta’mirlash – tiklash, qayta qurish
ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi;
Kuzatish ishlari natijalari bo‘yicha hisobot tuziladi, u yillik ekspluatatsion
tadbirlar hisobotiga kiritiladi va unga barcha grafiklar va tahlillar, taklif va
tavsiyalar ilova qilinadi
Kuzatish ishlarini o‘tkazishni tavsiya qilinadigan davriyligi (muddatlari)
2.2-jadval
T/r Kuzatish ishlarini nomlari
Davriyligi (muddatlari)
1
2
3
1
Gidrotexnika inshootlarining texnik holatidagi
o‘zgarish va buzulishlarni (tavsifini yozib va
tasvirini chizib) ko‘rib chiqish hamda kuzatish
jurnaliga qayt qilib borish.
Har kuni
2
Gidrotexnika inshootlari beflaridagi suv sathini
kuzatish va o‘lchash
Har kuni, 2 marta ertalab 8:00
da, kechqurun 20:00 da.
3
Inshootlar
va
ulardagi
gidromexanik
qurilmalarni texnik holatidagi buzulishlarni
o‘lchash, shuningdek reperlar, markalar va
pezometrlar quvurlarini og‘zini nivellerlash
Har kunda 1 marta, buzilishlar
turg‘unlashganda oyiga 1 marta
4
Huddi shunday buzulishlar rivojlanayotgan
davrda, suv ombori tezlik bilan to‘ldirilayotgan
yoki bo‘shatilayotgan davrda; sel va toshqin,
kuchli yomg‘ir, shamol bo‘lganda
5 kunda kamida 1 marta, bu
holatlar
vujudga
kelganda
muntazam ravishda
5
Drenaj
va
filtratsiya
(sizib
o‘tish)
manbalaridagi
suv
sarfini
o‘lchash
(pezometrlarni o‘lchash)
Filtratsiya paydo bo‘lganda har
kuni, keyin oyiga kamida 2
marta
6
Huddi shunday toshqin va kuchli yomg‘ir
paytida
Har kuni
52
7
Beton galereyalar, tezoqarlar, boshqa sh. o‘.
Inshootlardagi vaziyatni tasvirini chizib ko‘rib
chiqish
Har
oyda
1
martadan
choraklikda 1 martagacha
8
Inshootlarning
suv
ostidagi
qismlarini
g‘ovvoslar yordamida ko‘rib chiqish
Yiliga 1 marta
9
Sel va toshqin suvlarini o‘tkazib yuboruvchi
inshootlar, drenaj qurilmalarini ko‘rib chiqish
Sel va toshqin paytida har 2
soatda, sel va toshqin suvlari
o‘tgandan so‘ng, har chorakda 1
marta
10 Qirg‘oqlarni
yuvilishi
va
oqizindilarni
cho‘kishini kuzatish
Har oyda 1 marta, toshqin payti,
suv omborini tezkorlik bilan
bo‘shatishda har kuni
11 Muz hosil bo‘lishi va erishini kuzatish
5 sutkada kamida 1 marta
12 Kimyoviy tahlil uchun namuna olish
Har 3 oyda 1 martadan yiliga 1
martagacha
13 Kanallar,
kollektorlardagi
suvning
sarfi,
tezliklari, gidravlik elementlari, loyqalik
(g‘adur – budurlik koeffitsiyenti bilan) foydali
ish koeffitsiyentini o‘lchash
Har 10 kunda 1 marta, yuvilish
va loyqa cho‘kishi kuzatilganda
shu joyni o‘zida iloji boricha,
har kuni
14 Inshootlardagi zo‘riqishni o‘lchash
Loyiha
bilan
belgilangan
muddatlarda
15 Grunt g‘ovvakligi pezometrik bosimi va
zo‘riqish holatini kuzatish
Qurilish davrida har 1-2 oyda 1
marta,
suv
ombori
to‘ldirilayotganda
7-10 kunda 1 marta, inshootni
ishlatilishini 1 - yilida – har
oyda,
inshootni
ishlatishni
keyingi 2-4- yilda – har
chorakda,
undan
keyingi
yillarda esa – har yarim yilda 1
marta
16 Suv haroratini o‘lchab borish
Boshgidrometni
tavsiyasiga
muvofiq
17 Yerdan foydalanish koeffitsiyentini o‘lchash
Yiliga kamida 1 marta
18 Kuzatuv quduqlari yordamida yerni, meliorativ
holatini nazorat qilish
Har chorakda, yiliga kamida 2
marta
53
19 Nasos stansiyalarida elektr dvegatellarani tok
kuchi va quvvati, aylanish tezliklarini nazorat
qilib borish
Nasos stansiyalarini ishlatish
qoidalariga muvofiq
20 Gidrouzel inshootlarini komissiya tuzib ko‘rib
chiqish, tozalash va ta’mirlash ishlari hajmini
o‘lchash, defekt dalolatnomalari tuzish
Bahorda
sel
va
toshqin
o‘tgandan so‘ng, sug‘orish
mavsumida va undan so‘ng
ko‘zda
Eslatma: Har bir gidrotexnika inshootining xususiyatlaridan kelib chiqib, kuzatishlarni
olib borish muddatlari va kuzatish ishlari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish xar bir
ob’ektni ishlatish qoidalarida nazarda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: |