59
3. Yerlarni sug‘orishni avtomatlashtirishning umumiy masalalalari
O’zbekistonda sug‘oriladigan rayonlar releflarining tuzilishi jihatidan: tog‘
oldi, vodiy va delta rayonlarga bo‘linadi. Bu rayonlardagi yer yuzining nishabi
hamda umumiy xarakteri har xil bo‘ladi. Masalan, vodiy tipidagi rayonlar tekis, tog‘
oldi tipidagi rayonlar esa tovoqsimon bo‘ladi.
O’zbekistondagi tog‘ oldi rayonlariga: Uchqo‘rg‘on dashti, Yangiqo‘rg‘on,
Vodil, Marhamat, Bo‘stonliq, Kosonsoy tumanlari, Mirzacho‘lning janubiy qismi,
Samarkand vohasi va Fargona vodiysining ko‘pgina qismi kiradi.
Delta rayonlarga:
Xorazm vohasi, Qoraqalpog‘iston, Buxoro viloyatining
etaklari va boshqalar kiradi.
Mamlakatimizning paxtachilik tumanlarida yerni sug‘orish
uchun asosan
daryo suvidan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda irrigatsion texnikalarning rivojlanishi
tufayli yer osti suvlaridan ham sug‘orish uchun keng miqyosda foydalanilmokda.
Sug‘orishga bo‘lgan talablarga, sug‘orish manbalarining xarakteriga, sug‘oriladigan
yerlarning sug‘orish manbasiga nisbatan turish holatiga, iqlim va tuproq sharoitiga
qarab qishloq xo‘jaligida sug‘orish va suv bilan ta’minlash ishlari quyidagi turlarga
bo‘linadi.
Muntazam ravishda sug‘orish
,
ikki turga bo‘linadi: toshqin suvlardan (daryo
toshgan vaqtda kanaldan oqayotgan suvlardan) foydalanib sug‘orish va liman qurib
(bahorda ko‘l suvlarini baland joylardagi chuqurliklarda ushlab qolib) sug‘orish.
Suv
omborlari qurish, kanal va quduqlar qazib yerlarga suv chiqarish: bu
suvdan qishloq xo‘jaligining va boshqa sohalarning suvga bo‘lgan ehtiyojini
qondirishda foydalanish.
Tuproqni va o‘simlikni sun’iy ravishda suv bilan ta’minlash esa quyidagicha
amalga oshiriladi:
−
tuproq ustidan sug‘orish;
− tuproq ostidan sug‘orish (suvni tuproq ostidan o‘simlik ildizlariga quvurlar
orqali yetkazish);
− yomg‘ir yog‘dirib sug‘orish (bunda faqat tuproqkina emas, balki ekin va
ekin ekilgan yer ustidagi havo qatlami ham sun’iy yomg‘ir zarralari bilan
namlanadi).
Ushbu turdagi sug‘orish maxsus yomg‘ir agregatlari bilan amalga oshiriladi.
Ushbu ko‘rsatib o‘tilaganlardan tashqari:
a) loyqa suv bilan sug‘orish (achitma sug‘orish);
b) qishloq va shaharlar atrofidagi ekinzorlarni
kanalizatsiya suvlari bilan
o‘g‘itda-sug‘orish;
v) tuproqni isitish maqsadida iliq suvlar bilan sug‘orish, ya’ni «ilitma
sug‘orish»lar
60
ham mavjuddir.
Sug‘orish natijasida tuproqqa shimilgan suv tuproq namligini oshirish bilan
birga, tuproqdagi mikrobiologik jarayonga ham katta ta’sir etadi. Tuproq namligi
doim normal xolda saqlansa, undagi mikroorganizmlarga yaxshi sharoit yaratilgan
bo‘ladi. Bu mikroorganizmlar hosilning ortishiga imkoniyat yaratib beradi.
Sug‘orishlar orasidagi davrda tuproqdagi
organik qoldiqlar chirib, tuproqqa
qo‘shiladi va tuproqning hosildorligi oshadi. Buning natijasida esa qishloq xo‘jalik
ekinlarining
hosildorligi oshib, sug‘orish ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish, sug‘orish
tizimlari hamda sug‘orish mashinalari va uskunalaridan oqilona foydalanish muhim
omil ekanligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: