Mexanizatsiyalash muhandislari instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/81
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#173538
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81
Uc6hstRPzyOQm9SEH7ZrJWAUtCqnrHfz58L5TfXe

2=0,9 max
chegaradan tashqariga chiqib ketmasligi zarur.
Umuman 
nasos 
stansiyalari 
belgilangan 
ish 
rejimlari 
asosida 
avtomatlashtiriladi. Ko‘p hollarda stansiyalarni ishini qisqa muddati kuchlanishi 
yo‘qotishlari natijasida qayta ishga tushirish tanlangan agregatlarni ishga tushirish 
rezervni qo‘shish va boshqa vazifalar uchun avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
Nasos stansiyalari tarkibiga bitta yoki bir nechta nasos uskunalari kiradi. Nasos 
stansiyalaridagi nasoslar agregatini soni bitta – ikkitadan 20 tagacha bo‘lishi 
mumkin. / 8, 9 /
Agarda nasos uskunalarini tarkibida bir nechta nasos agregatlari bo‘lsa, unda 
nasoslarni so‘ruvchi va bosim tashkil qiluvchi liniyalari kollektorlar orqali 
bog‘lanadi. Agarda nasos stansiyalarda qabul etish rezervuarlari bo‘lsa, unda 
so‘ruvchi kollektorlar bo‘lmaydi, nasoslarni so‘ruvchi kollektorlari to‘g‘ridan 
to‘g‘ri rezervuarlarga ulanadi.
Nasos agregatlarini asosiy jihozlariga, nasoslar, nasosni yuritmalari 
(elektrmotorlar, kuchli o‘zgartgichlar va h.k), ya’na rostlash va to‘sish 
armaturalariga ega bo‘lgan uzatish trubalari kiradi.
Hozirgi kunda markazdan kochma va o‘qli nasos uskunalari .

Markazdan kochma nasoslar
. Spiral shaklidagi harakatsiz korpus 1 (rasm ) 
ichida ishchi g‘ildirak 2 joylashgan, u o‘q 3 ga o‘rnatilgan. G’ildirak 2 ikki diskdan 
hosil bo‘ladi ularni orasida lopasti 4 joylashgan. Nasosni korpusi so‘ruvchi va bosim 
trubalari bilan patrubka 5 va 6 lar orqali bog‘langan. Agarda korpus va uni so‘ruvchi 
truba vositalari suyuqlik bilan to‘ldirilsa, undan so‘ng ishchi g‘ildirak aylanish 
harakatiga keltirilsa, unda suyuqlik, ishchi g‘ildirakni lopastini ta’sirida aylanadi. 
Markazdan kochma kuchlar suyuqlikni periferiyaga siljitadi, u yerda yuqori bosim 
hosil bo‘ladi, g‘ildirakni markazida esa razrejeniye. Bu bosimlarni ayirmasi hisobiga 
suyuqlik bosim truboprovodiga keladi. Shunday qilib suyuqlik nasos yordamida 
uzluksiz berib turiladi.


56 
2.4-rasm Bir supachali markazdan kochma 
nasosni sxemasi
2.4- rasmda bir taraflama kirishli nasosni 
sxemasi ko‘rsatilgan. Nasos uskunalarida ikki 
taraflama 
kiruvchi 
nasoslardan 
ham 
foydalanadi. Markazdan kochma nasoslar bir 
supachali (bitta ishchi g‘ildirakli), yana 
ko‘psupachalik (ko‘p g‘ildirakli) bo‘lishlari 
mumkin. O’qni konstruktiv joylashishi bo‘yicha nasoslar gorizontal va vertikalga 
bo‘linadi.
Nasoslarni asosiy ishchi parametrlari uni xarakteristikasi bilan aniqlanadi. 
Nasosni xarakteristikasi deb asosiy parametrlar (bosim N, quvvat N, ish unum 
koeffitsiyenti η va cheklangan vakuummetr so‘ruvchi balandlik yoki kavitatsion 
zahira ∆h dan) larni nasosni suv uzatishi Q bilan bog‘liqligidir. Bu vaqtda 
ishchi g‘ildirak D ni aylanish chastotasi n bo‘ladi.
2.5-rasmda D1250 – 65 tipli mark.qochma nasosni, g‘ildirak diametri D=460, 
430 va 400 mm bo‘lgan aylanish chastotasi 1450 ayl/min, ishchi xarakteristikasi 
ko‘rsatilgan.
Xarakteristikalar Q – N yassi yoki ko‘taringan, uzluksiz pasaygan (stabil) yoki 
oldin ko‘tarilgan, keyinroq esa pasaygan bo‘lishi mumkin.
Xarakteristikalar ko‘rilib chiqilganda shu ko‘rinadigan markazdan kochma yoki 
o‘qli nasoslarni ishchi parametrlari keng diapazonda o‘zgaradi. Shu bilan birga suv 
berish ko‘paysa bosim pasayadi, suv berishni kamayishi bosimni ko‘tarilishiga olib 
keladi. Napor xarakteristikasini Q – N ni ishchi zonasini chegarasi vertikal terichalar 
bilan ko‘rsatilgan yoki boshqa yo‘l bilan.
Nasos agregetlari va uskunalari avtomatik ravishda ishga tushirilganda 
boshqaruv signali har bir agregat va uskunaga alohida mexanizmlarni ketma ket 
ishga tushiradi, to‘xtatadi va normal ish holatlarini ta’minlaydi. Agregatlarni avariya 
holatlarida ishdan to‘xtab kolishi, to‘liq ishdan chiqish holatlarini avtomatik 
himoyalash va signallash vositalari bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari nasos 
stansiyalarida bir qator markazlashgan uskunalar va suv ta’minoti , vakuum tizim, 
ventilyatsiya, isitish tizimi ham avtomatlashtirilishi zarur.


57 
2.5-rasm.Markazdan kochma
nasosning ishchi tavsifnomasi 
2.6-rasm. Markazdan qochma nasos 
ish tartibini rostlash: a- miqdor 
jihatdan; b- sifat jihatdan. 
Nasos stansiyasining belgilangan texnologik jarayeni sug‘orish tizimining 
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi sifatida quriladi. Avtomatlashtirilgan nasos 
stansiyalarida nasos agregatlari va markazlashtirilgan uskunalar operativ xizmat 
xodimlari tomonidan beriluvchi birlamchi impulslar asosida boshqariladi. Bu holda 
aloxida uskunalar avtomatik rejimda ishlaydi. Bunday uskunalar soni ekspluatatsiya 
rejimlari asosida aniqlanadi.
Programmali boshqaruvda maxsus programmali uskuna yordamida barcha
agregat va mexanizmlarning ishchi rejimi moslanadi( masalan bir yoki bir nechta 
dastur avtomatik ravishda amalga oshiriladi). Programmali boshqaruvda 
avtomatlashtirilgan tizimdan farqli ravishda xizmatchi xodimlar aloxida 
agregatlarning ishini boshqarmaydilar. Programmali qurilma ishga tushgandan 
so‘ng stansiya avtomatik rejimda ishlay boshlaydi.
Avtomatik stansiyalarda barcha operatsiyalar xizmatchi xodimlarsiz 
bajariladi. Ish jarayoni rejimlari maxsus datchiklar va avtomatik rostlash tizimlari 
asosida amalga oshiriladi ( masalan, metrologik parametrlar asosida ehtiyojga ko‘ra 
va boshqarishga ko‘ra sug‘orish).
Nasos stansiyasining ish rejimi sugorish tizimining avtomatlashtirilish 
darajasiga bog‘liq. Gidromeliorativ tizimlarida qo‘llanuvchi nasos stansiyalarining 
bir necha asosiy turlari mavjud: asosiy nasos stansiyalari, suv tortish nasos 
stansiyalari, suv tortish nasos stansiyalari kaskadlari, quritish va quritish –sug‘orish 
nasos stansiyalari;
Berilgan har bir nasos stansiyasi sug‘orish tizimining avtomatlashtirish
darajasi va texnologik ish tartibiga ko‘ra yarim avtomatik, programmali va 
avtomatik ish rejimida ishlashi mumkin.


58 
Agar tizimga beriluvchi sarf oldindan ma’lum bo‘lmasa, ulangan 
iste’molchilar soniga ko‘ra nasos stansiyalari avtomatik rejimda ehtiyojga ko‘ra 
ishlaydi. Quritish stansiyalari ham avtomatik rejimda quritilayetgan kollektor 
sifatida ishlaydi.
Nasoslarning ishini rostlash usullari
. Nasos uskunalarini ishlatish 
jarayonida ko‘p hollarda 
 
Q
suv mikdori holatini o‘zgartirish yoki 
H

balandlik 
o‘zgartirilganda uning o‘rnatilgan qiymatini saqlab turish talab etiladi.
 
Nasoslarning ishini rostlashning asosiy usullaridan biri qarshilikni oshirish, 
ya’ni bosim liniyasiga o‘rnatilgan maxkamlovchi yoki maxsus rostlovchi 
armaturaning ochilish darajvsini kamaytirish hisoblanadi ( surgichlar, diskli 
zatvorlar ). Nasosning ishini bunday rostlash usuli miqdor jihatdan o‘zgartirish deb 
yuritiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin