73
Egat olib sug‘orishda: tuproq strukturasi buzilmaydi, bir tekis namiqtiriladi,
xaydalma qatlam sug‘orishdan keyin zichlanadi va qatqaloq paydo bo‘lmaydi,
natijada usmliklarning havo, issiqlik va oziqlanish rejimi yaxshilanadi; har qanday
relefli yerlarni egat olib sug‘orish mumkin; bunda suv tejab sarflanadi, natijada
sug‘oriladigan yerning zaxlanishi va sho‘rlanishi xavfi bartaraf qilinadi. Shuning
uchun g‘o‘za, lavlagi, kanop va boshqa texnika ekinlari faqat egat olib sug‘oriladi.
Egatlar ikki xil:
1) ochiq;
2) berk bo‘ladi.
Ochiq egatlar
nishabi 0,001-0,01 va undan ham kichik bo‘lgan yerlarda
olinadi. Nishabi 0,002-0,003 yerlarda ochiq egatlar olib sug‘orish yanada yaxshi
natija beradi.
Berk egatlar
nishabi 0,001-0,0005 va undan ham kichik bo‘lgan yerlar
olinadi. Berk egartlarga quyiladigan suv sarfi 1-2 l/sek bo‘ladi. Shunda egatlarning
bo‘yi 40-100 m bo‘ladi.
Egatlarda suvning oqish tezligi shu yerning relefiga va qanday
tekislanganligiga bog‘liq: tuproqning mexanikaviy tarkibi yengil va mikrorelefi
murakkab bo‘lgan sari egatlar qisqaroq olinadi. Yaxshi tekislangan yerlarda egat
400-600 m uzulikda va undan ham uzun olinadi. Nishab juda kichik yerlarda berk
egatlardan foydalanish mumkin.
Egat o‘lchamlari 1.2-jadvalda berilgan.
1.2-jadval
Dostları ilə paylaş: