Mexanizatsiyalash muhandislari instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/81
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#173538
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   81
Uc6hstRPzyOQm9SEH7ZrJWAUtCqnrHfz58L5TfXe

Boshqarish nazariyasi
- boshqarish tizimlarining umumiy tuzilishi va ularni 
tadqiq qilish usullarini o‘rganadi (avtomatik rostlash nazariyasi, avtomatik 
boshqarish nazariyasi va boshqalar).
Kibernetika
gr. "kibernautis" so‘zidan olingan bo‘lib boshqaruv san’ati 
ma’nosini bildiradi va quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi: 

murakkab boshqariladigan tizimlardagi axborotlarni qabul qilish, saqlash, 
uzatish va almashtirishning umumiy qonunlari; 

murakkab tizimlarni boshqarish va axborotni qayta ishlash tamoyillari va 
usullari, umumiy qonuniyatlari; 

texnik, biologik, ijtimoiy va boshqa turli tizimlarda boshqaruvning umumiy 
tamoyillari; 

boshqaruvning umumiy qonuniyatlari . 
1948 yilda amerika olimi AQSh Massachuset texnologiya instituti professori 
Norbert Viner "Kibernetika yoki boshqarish va hayvonlar va mashina orasidagi 
aloqa" kitobi bilan bu fanning rivojlanishiga asos solgan. O‘zbekistonda Kibernetika 
fani rivojlanishiga 1956 yilda akademik Vosil Qobulov tomonidan asos solingan. 
1958 yilda "Ural-1" EHM keltirilgan. 1966 yilda hisoblash markazi “Kibernetika” 
ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilgan. 1978 yilda “Kibernetika” ilmiy ishlab 
chiqarish birlashmasiga aylantirildi.
Texnikaviy kibernetika
- texnik tizimlarni boshqarishning usullari va ilmiy 
g‘oyalari butunlay (tizimli) o‘rganiladi; shuningdek, ishlab chiqarishni kompleks 
avtomatlashtirish bilan bog`liq masalalarni yechishning ilmiy tayanchi hamdir; 
texnikaviy kibernetika - avtomatik rostlash va boshqarish nazariyasi va amaliyoti 
fanining hozirgi zamon rivojlangan bosqichi hamdir. 
Biokibernetika
- biologik 
tizimlardagi axborotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlashning umumiy qonunlarini 
o‘rganadi.
Iqtisodiy kibernetika
- iqtisodiy tizimlarda boshqarish jarayonlarini 
tadqiq va tashkil qilish maqsadining kibernetik usullari va vositalari haqidagi fan.
Dekompozitsiya
- katta tizimlarni bir qator oddiy (keyinchalik nisbatan
o‘zgarmaydigan) tizimchalarga ajratish. 
Iyerarxik tarkib 
(gr. "iyerarxiya" - "xizmat 
pillapoyasi") pastdan yuqoriga qarab ketma-ket joylashgan bo‘g‘inlar (elementlar) 
to‘plami.
Diagnostika
- holatni aniqlash usullari va tamoyillari haqidagi ta’limot.
Element (b
o‘
g

in)
- tashqiy kirish va chiqishdagi o‘zgaruvchilarni 
(kattaliklarni) bog`lovchi tavsifnomalar orqali aniqlanadi.
Matematik modellashtirish
- jarayon qonuniyatlarini o‘rganish va 
bashoratlash imkoniyatini beruvchi mumkin bo‘lgan o‘zaro aloqalarni matematik 
yozish va jarayonga tegishli matematik modellar (yozuvlar) hosil qilish bilan hodisa 
yoki jarayonlarni tadqiq kilish usuli. 


88 
Bashorat
– ob’yektning kelgusidagi holatini va muddatini ilmiy asoslangan 
ravishda oldindan aytish:

Bashoratlash
- bashoratlarni ishlab chiqish jarayoni. 

Bashoratlash tizimi
- bashoratlash usullari va ularni amalga oshirish vositalari 
majmui tizimi.

Bashoratlash usuli
- bashoratni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan bashoratlash 
ob’yektni tadqiq qilish usuli.

Bashoratlash ob’yekti
- bashoratlash sub’yektining faoliyatiga qaratilgan 
jarayon, hodisa va voqea. Ob’yektning tabiatidan kelib chiqish ijtimoiy, ilmiy-
texnik, iqtisodiy, ekologik va boshqa ob’yektlari mavjud. Bashoratlash 
sub’yektlarining 
ob’yektlarga 
ta’sir 
etish 
imkoniyatidan 
kelib 
chiqib 
boshqariladigan va boshqarilmaydigan ob’yektlarga bo‘linadi. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin