84
n
n
/
0
2
-muvaqqat ariqdagi taktlar soni;
n
0
-m.a. gi o‘qariqlar soni;
n-ayni bir vaqtda suv oladigan o‘qariqlar soni.
Sug‘orish texnikasi elementlari matematik hisoblar,
dala tajribasi usuli,
hamda sinov sug‘orishi usullari bilan aniqlanadi.
Matematik hisoblar uchun sug‘orish texnikasining elementlarini aniqlash
bo‘yicha yer ustidan oqar suvlar hisobiga tuproqni namlash mexanizmiga bog‘liq
bo‘lgan ifodalardan foydalanib topiladigan EHM lari uchun algoritmlar va dasturlar
yechimlari bilan ishlab chiqilgan.
Dala tajribasi usulida sug‘orish texnikasi elementlarini o‘rnatish (aniqlashda
quyidagi shartlarga rioya etish kerak: o‘rtacha haqiqiy sug‘orish me’yorlarining
ruxsat etilgan og‘ishi butun mavsum davomidagi beriladigan me’yorning 10...15%
dan oshmasligi kerak; suvning yugurib namlashidagi suv hajmi berilgan sug‘orish
me’yorining 0,6....0,8% miqdorida bo‘lishi lozim; sug‘oriladigan egatlarning
uzunligi bo‘yicha tuproqning namlanishi notekisligi koeffitsiyenti 0,7
dan kam
bo‘lmasligi kerak; egatlar oxiridagi suv tashlamasida suvning yo‘qotilishi doimiy
oqimda 30% dan oshmasligi, o‘zgaruvchan oqimda 10%
dan oshmasligi kerak;
suvlarning bug‘otlardan (uvotlardan) oshib ketishi, egat tublarining ko‘z
bilan
tekshiruvda ularning yuvilishi va uzunlik bo‘ycha suvning loyqaligi oshib
ketmasiligi kerak;) sug‘orish oqimi sarfi va egatlar
uzunligi ruxsat etilgan
me’yorlardan 10...20% kam bo‘lishi kerak.
Sinov sug‘orish usullari bevosita sug‘oriladigan yerlarda sug‘orish
texnikasi
elementlarini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Ishlab chiqarish bilan birga
o‘tkaziladigan sinov sug‘orishlari tavsiya etiladigan sug‘orish texnikasi
elementlarini tekshirishga va har qaysi xo‘jalikning o‘z xususiyati shartlaridan kelib
chiqqan holda haqiqiy sug‘orish me’yorini hisobiy me’yorga yaqinlashtirishdan
iboratdir. Berilgan me’yorga yetkazishda egat ichlaridagi
suvlarni zaruriy turishi
davomiyligi uchun egat bo‘laklarida bu suvlarni doimiy darajasi ekvivalent me’yori
bo‘yicha tuyinishi davomyligida ushlab turiladi. Sinov sug‘orishlari shu bilan birga
sug‘orish oqimini oqilona sarfini o‘rnatish uchun ham o‘tkaziladi.