Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qurilmalari
| f OCh +f Get | yoki
| f OCh - f Get | chastotali o‘zgartirilgan signal ajratib olinadi.
O‘zgartirilgan signal quvvat kuchaytirgichida kuchaytirilganidan keyin
antenna-fider qurilmasi orqali uzatish antennasiga beriladi.
Uzun, o‘rta va qisqa to‘lqinlarda ishlaydigan radiouzatkichlarda odatda
amplitudaviy modulyatsiyalash ishlatiladi. UQT va O‘YuCh radiouzatkichlarida
chastotaviy va fazaviy modulyatsiyalash qo‘llaniladi.
Nazorat savollari 1. Uzatkichning vazifasi nima?
2. Radioaloqada to‘lqinlar qaysi diapazonlarga bo‘linadi?
3. Quvvat bo‘yicha radiouzatkichlar qanday turlarga bo‘linadi?
4. Uzatkichning kaskadlarini sanab o‘ting.
5. Uzatkichning bloklarini sanab o‘ting.
6. RUQning tuzilish sxemasini tushuntiring.
41
7. RUQning soddalashtirilgan tuzilish sxemasini tushuntiring.
8. Uzatkichlarda quvvatlarni qo‘shish va bo‘lish nima uchun kerak?
9. Uzun, o‘rta va qisqa to‘lqinli diapzonlarda ishlaydigan radiouzatkichlarda
qanday modulyatsiyalash ishlatiladi?
10. UQT va O‘YuCh radiouzatkichlarida qanday modulyatsiyalash
ishlatiladi?
42
3. YUQORI CHASTOTALI VA O‘TA YUQORI CHASTOTALI TEBRANISHLARNI UMUMIY GENERATSIYALASH PRINSIPLARI 3.1. Yuqori chastota va o‘ta yuqori chastota generatorlarning vazifasi va tuzilish sxemalari Generatorlarning asosiy vazifasi o‘zgarmas tok manbai energiyasini YuCh va
O‘YuCh tebranishlarga o‘zgartirishidan iborat. Eng oddiy generatorning tuzilish
sxemasi
3.1- rasmda keltirilgan.
3.1- rasm. Eng oddiy generatorning tuzilish sxemasi
Sxema kuchaytiruvchi element (KE, tranzistor), uning yuklamasi tebranish
konturi, teskari aloqa zanjiri (TAZ) va kuchlanish manbaidan iborat. Konturdagi
kuchlanishning qismi TAZ orqali KEning kirishiga beriladi. Bu kuchlanish
kuchaytiriladi
va
yana
tebranish
tizimiga
beriladi.
Bu
kuchlanish
kuchaytirilganidan keyin konturdagi yo‘qotishlarni kompensatsiyalash uchun
yetarli bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, TAZ KEning kirishiga beriladigan
tebranishlar fazasining shunday surilishini ta’minlashi kerakki, bunda kontur o‘z
vaqtida, ya’ni unda tebranish bo‘lmaydigan taktda energiyani olishi kerak.
43
Ko‘rsatilgan shartlar bir vaqtda bajarilganida qurilma so‘nmaydigan
tebranishlarni hosil qiladi (generatsiyalaydi), ya’ni avtogenerator sifatida ishlaydi.