holda turlicha turoqlangan she’rlaming ohangdorlik jihatidan sezilarli farqi bo‘ladi. Yuqoridagi o‘n to‘rt bo‘g‘inlik she’rda 7+7 tarzidagi turoqlanish bo‘lgani uchun ham unda falsafiy mushohadaga mos vazmin, o‘ychan ohang yuzaga kelgan bo‘lsa, o‘zgacharoq tarzda turoqlangan o‘n to‘rt bo‘g‘inli quyidagi parchada endi butkul boshqacha - shiddatkor o'ynoqi ohang hosil bo‘ladi: Qush bo‘lib qochar bo'lsang, tarlon bo‘lib quvgayman, (3+4/4+J) Tog‘larda sharsharadek g‘uboringni yuvgayman. (3+4/4+3) Har mushkul,har xatarda har balodan saqlagum, (3+4/4+3) Qayrilsang-qayrilmasang o‘lguncha ardoqlagum. (3+4/4+3) (Mirtemir) Turoqlanish tartibining ritm va ohangni hosil qilishdagi rolini yana ham yorqinroq tasavvur qilish uchun she’riyatimizda ancha keng tarqalgan o‘n bir bo‘g‘inli she’rlaming turlicha turoqlangan ko‘rinishlariga e’tibor qiling:
1) Oddiy mashinani ko‘rsa bolalar Hayratga tushishni kanda qilmaydi. (A. Oripov) 2) Ko‘nglimga cho'g' soldi, cho‘g‘ soldi, netay, Javdirab-javdirab jayron boqishi. Xanjarsiz jon oldi, jon oldi, netay, 0 ‘sha nozik ado, jonon boqishi. (Mirtemir) 3) Men yo‘qman. Yolg'onlar meni yo‘qotdi. Chin gaplar sevgimga qilmadi karam. ( U.Azim) 4) Ohista-ohista yog'adi yomg'ir, Ohista-ohista qo‘zg‘alar shamol. Ohista-ohista to‘kar yumshoq nur Bulutlar bag‘ridan ko'ringan hilol. ( U .Azim ) 5) Ko'nglim qolgani yo'q yorug' olamdan, Xayolimda yo'qdir na viqor, na kin. Baribir bir kuni sizdan ketaman —