Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Cho'zg'i deganda, unli tovush tushuniladi. Masalan, «ko'z» so'zi



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

Cho'zg'i deganda, unli tovush tushuniladi. Masalan, «ko'z» so'zi
ikkita harf: bir mutaharrik («ко'») va bir sokindan («z») tarkib
topadi. Mutaharrik va sokin harflaming muayyan tartibda qo'shilishidan
juzvlar yuzaga keladi. Juzvlar harfga nisbatan kattaroq ritmik bo'lak
sanalib, ular har biri o'z ichida ikkiga bo'linadigan uch turga ajratiladi:
sabab, vatad va fosila. Juzvlarning muayyan tartibda birikishidan
ruknlar, ruknlarning she’r misrasida muayyan tartibda
takrorlanishidan bahrlar hosil bo'ladi. Bulardan anglashiladiki, aruz
qismlari o'zaro mustahkam aloqada bo'lgan sistema sifatida juda puxta
ishlangan she’r tizimi ekan.
O'zbek aruzi uchun eng kichik ritmik bo'lak sifatida hijo olinishi
aytildi. Hijolar uch turli bo'ladi: qisqa, cho'ziq va o'ta cho'ziq. Birgina
qisqa unlidan (a -lam, i - lik) iborat bo'lgan yoki qisqa unli bilan
tugagan ochiq bo'g'in (ma - kon, ba - lo) qisqa hijo hisoblanadi, u
paradigmada (v) belgisi bilan ifodalanadi. Cho'ziq hijo cho'ziq unli
bilan tugagan ochiq bo'g'in yoki qisqa unlili yopiq bo'g'inga teng
bo'lib, paradigmada (-) belgisi bilan ifodalanadi. Tarkibida cho'ziq
unli bo'lgan (chi - roq) yoki qo'sh undosh bilan tugallangan yopiq
bo'g'in (ishq, ko'shk) o'ta cho'ziq hijo sanalib, paradigmada (~)
belgisi bilan ifodalanadi.


Hijodan keyingi ritmik bo‘lak - juzvni alohida ajratish o‘zbek
aruzi uchun unchalik zarur bo‘lmasa-da, ularga ham qisman to‘xtalib
o‘tamiz. Yuqorida aytilganidek, uchta juzvning birinchisi sabab deb
nomlanadi. Sabab o'z ichida ikkiga bo'linadi:
1) 
sababi hafif bir harakatli va bir sokin harfning qo'shilishidan
yuzaga keladi, ya’ni bir cho'ziq hijoga teng bo'ladi: ko'z, so'z, yuz (-);
2) 
sababi saqiyl ikki harakatli harfning qo'shilishidan hosil bo'ladi, 
ya’ni ikki qisqa hijoga teng bo'ladi: o'zi, ko'zi, so'zi (v v);

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin