Foilotun / Foilotun ... = ramal Mutafoilun / Mutafoilun ... = komil Mafoilatun / Mafoilatun ... = vofir b) ikkita aslning ma’lum tartibdagi takroridan hosil bo'luvchi bahrlar: mafoiylun / foilotun = muzori’ foilotun / mustaf ilun = xafif mustaf ilun / foilotun = mujtass mustafilun / mafulotu = munsarih mafulotu / mustafilun = muqtazab faulun / mafoiylun = tavil foilotun / foilun = madid mustafilun / foilun = basit d) ikkita bir xil va bir boshqa xil aslning takroridan hosil bo'luvchi bahrlar: mafoiylun / mafoiylun / foilotun = qarib foilotun / foilotun / mafoiylun = mushokil foilotun / foilotun / mustafilun = g'arib mustafilun / mustafilun / mafulotu = sari’
Aytish kerakki, ko'rsatilgan bahrlar she’riyatimizda ishlatilishi, faolligi jihatidan bir-biridan sezilarli farqlanadi. Jumladan, aruzshunos A.Hojiahmedov ma’lumotiga ko'ra, ulardan 7 tasi ( vofir, muqtazab, madid, basit, qarib, mushokil, g'arib) o'zbek she’riyatida mutlaqo qoilanilgan emas; mutadorik, komil va tavil bahrlaridan juda kam shoirlar foydalanganlar. Qolgan 9 ta bahr (hazaj, ramal, rajaz, muzori’, xafif, mujtass, munsarih, sari’, mutaqorib) o'zbek she’riyatida faol qo'llanilgan. She’r misrasida bahrlardagi asllar o'zgarishsiz yoxud ma’lum o'zgarishga uchragan holda takrorlanishi mumkin. O'zgarishsiz takrorlangan asllardan hosil bo'luvchi bahrlar solim bahrlar deb yuritilsa, o'zgarishga uchragan ruknlari (furu’) bo'lgan bahrlar far’iy hisoblanadi.