Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
nomi «maqsur» (mafoiyl), taqti’si: v - 8. Hazf zihofiga uchrashdan hosil bo'luvchi tarmoq ruknining nomi «mahzuf» (faulun), taqti’si: v - - 9. Jabb zihofiga uchrashdan hosil bo'luvchi tarmoq ruknining nomi «ajabb» (faal), taqti’si: v - 10.
Xatm zihofiga uchrashdan hosil bo'luvchi tarmoq ruknining nomi «axtam» (faul), taqti’si: v 11
. Batr zihofiga uchrashdan hosil bo'luvchi tarmoq ruknining nomi «abtar» (fa’), taqti’si: - 12.
Zalal zihofiga uchrashdan hosil bo'luvchi tarmoq ruknining nomi «azall» (fo’), taqti’si: ~ Ko'ramizki, birgina hazaj bahrining o'zida o'nlab tarmoqlar yuzaga kelishi mumkin. Zihofga uchragan ruknlaming mavjudligi she’r ohangining o'ziga xos bo'lishiga, ya’ni aruzning ritmik jihatdan rang- barang bo'lishiga xizmat qiladi. Aruzda yozilgan she’r vaznini aniqlash uchun bayt asos qilib olinadi. Baytning birinchi misrasidagi birinchi rukn nomi — sadr, oxirgisi — aruz, ikkinchi misrasidagi birinchi rukn — ibtido, oxirgisi — zarb deb nomlanadi. Sadr bilan aruz, ibtido bilan zarb orasidagi ruknlar hashv deb yuritiladi. Shunga ko'ra amzda murabba’, musaddas va musamman vaznlari ajratiladi. Agar baytda to'rtta rukn bo'lsa — murabba’, oltita rukn bo'lsa, — musaddas, sakkizta rukn
bo‘lsa, musamman vazni yuzaga keladi. Buni taqti’ bilan quyidagicha ko'rsatish mumkin: mafoiylun / mafoiylun mafoiylun / mafoiylun — murabba’ vazni; mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun — musaddas vazni; mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun — musamman