Adabiyotlar: 1. Fitrat. Adabiyot qoidalari.—Т., 1995. 2. Fitrat. Aruz haqida.—Т., 1997. 3. Rustamov A. Aruz haqida suhbatlar.—1972. 4. To'ychiyev U. 0 ‘zbek poeziyasida aruz sistemasi.—Т., 1985. 5. Hojiahmedov A. Maktabda aruz vaznini o ‘rganish.—Т., 1998. 6. Hojiahmedov A. 0 ‘zbek aruzi lug‘ati.—Т., 1998. 7. Tojiboyev R.f Qodirov V. Yangi davr g‘azaliyotida vazn bilan bog‘liq ayrim o‘zgarishlar// 0 ‘zbek tili va adabiyoti.—1991.—№6.—B.9—15.
Adabiy tur tushunchasi. Badiiy adabiyotni turlarga ajratish prinsiplari. Adabiy turlar orasida chegaraning shartliligi. Adabiy turlar mavqeining o‘zgaruvchanligi. An’anaviy ravishda badiiy asarlarni uchta katta guruhga — epik, lirik va dramatik turlarga ajratib kelinadi. Adabiyotshunoslikda badiiy asarlarni turlarga ajratish masalasi qadimdan ishlanib keladiki, bu uning adabiyotshunoslikning muhim nazariy masalalaridan ekanligini ko'rsatadi. Miloddan avvalgi 384-322 yillarda yashagan qadim yunon qomusiy olimi Aristotel (Arastu) o'zining «Poetika» nomli asarida badiiy asarlarni turlarga ajratish an’anasini boshlab bergan. Aristotel san’atni tabiatga «taqlid qilish» deb tushungan va uning fikricha, tabiatga uch xil yo'sinda: 1) o'zidan tashqaridagi narsa to'g'risida hikoya qilayotgandek; 2) taqlidchi o'z holicha qolgan, qiyofasini o'zgartirmagan holda va 3) tasvirlanayotgan kishilami faol harakatda taqdim etgan holda taqlid qilish mumkin. deb bilgan. Ko'ramizki. bu o'rinda badiiy adabiyotning uchta turi: epos, lirika va drama