xulq-atvorlariga qarab ham o'zlarini qanday tutishni o'rganadilar. O'yin faoliyatlarida erkak va ayollarga xos xususiyatlami namoyon qiladilar. Demak, bu davrdagi bolalarda muloqotning shakllanishi o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ularda muloqotni rivojlantirish tarbiyachilaming www.ziyouz.com kutubxonasi
mahoratiga bog‘liq, ya’ni mashg'ulotlaming to‘g‘ri tashkil qilinishi muhimdir. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar endi o'zlari mustaqil harakat qila oladilar. O'zlari yuvinadilar, kiyinadilar. Lekin bari bir ular ota- onalarining erkalashlariga, diqqat-e’tiborida bo'lishga harakat qiladilar. Ota-onalar bola tarbiyasida quyidagi usullardan foydalanadilar: 1. Avtoritar uslub — boshqarish qattiqqo'llik asosida olib boriladi. Boladagi tashabbus ota-onalar tomonidan taqiqlanadi. Har bir hatti -harakati albatta jazolanadi. Bu usul orqali tarbiyalangan bolalar qo'rqoq, jur’atsiz bo'lib qoladilar, o'z imkoniyatlarini yuzaga chiqara olmaydilar. Chunki ota-ona ularga sharoit yaratib bermaydi. 2. Liberal uslub — bu usulda ota-ona farzandiga befarq bo'ladi, u nimaga qiziqadi, nimaga layoqati borligiga qiziqmaydi. Bola nima yomon, nima yaxshiligini bila olmaydi. Natijada bolalar mustaqil va faol harakat qila olmaydilar. 3. Demokratik uslub — tarbiyaning mahsuldor usuli bo'lib, unda ota-ona farzandiga bor mehrini berib, uning qiziqishlari, imkoniyatlari bilan hisoblashadi. Bolaning erkin fikrlashini istaydi. Bu usul bolani to'g'ri tarbiyalash imkonini beradi. Ayrim oilalarda bola yolg'iz farzand bo'lgani uchun ota-ona unga barcha mehrlarini berib, uni erkalatib, xudbin qilib qo'yishlari mumkin. Yoki bola ukalari tug'ilganda ham o'zini yomon his qiladi.