Demak, o ‘yin bolani samimiylikka, his-tuyg‘ularini tarbiyalashga, boshqalarga yaxshilik qilishga, to'g'ri muloqotda bo'lishga o'rgatadi. O'yin qoidasini muntazam buzadigan bolalar oxiri yakkalanib qoladilar, qolgan bolalar uni yoqtirmaydilar, u bilan o'ynagilari kelmaydi, hatto u bilan muloqotda bo'lishni ham istashmaydi. O'yinni musobaqa tarzida tashkil qilishda tarbiyachi ehtiyotkor bo'lishi lozim. Chunki o'yinda yutqazgan bolalarda yutgan bolalarga nisbatan adovat tug'ilishi o'yindan so'ng ular nizolarni, keltirib chiqarishi mumkin. Bola maktab yoshiga yetganida ham o'yinga bo'lgan ehtiyojini qondirishga harakat qiladi. U yangi o'yinchoqqa nisbatan «eski» — o'zining doim o'ynaydigan o'yinchog'ini o'ynashni yaxshi ko'radi. Qo'g'irchoq — sadoqat va refleksning shakllanishida ajoyib vosita. Bolaning qo'girchog'i bilan bo'ladigan muloqoti uning kattalar bilan bo'lad igan m uloqotiga taqlid qilishidir. Qiz bolalar ko'proq qo'g'irchoqlar, idish-tovoqlar (o'yinchoq) bilan muloqotda bo'lsalar, o'g'il bolalar esa turli o'yinchoqlar (samolyot, koptok, to'pponcha, mashina, velosiped) bilan muloqotda bo'ladilar. 2.4. Kichik maktab yoshidagi bolalar muloqoti Bolalar maktab yoshiga yetganda ularning bir-birlariga nisbatan munosabatlari yangicha mazmun kasb etadi. Bola ilgari ota-onasi, guruhdagi tengdoshlari, tarbiyachi bilan muloqotda bo'lgan bo'lsa, endi maktab o'qituvchisi, sinf rahbari bilan muloqotda bo'ladi. Bolalarda bu davrda mas’uliyat hissi shakllanadi. Bolalar nutqining o'sishida ularning maktabda o'qishi katta rol o'ynaydi. Bola maktabgacha yoshda o'ylamasdan gapiradi, maktabda esa u gaplashayotgan til o'qitiladigan va o'rganiladigan ilm bo'lib qoladi. Grammatikani o'qib o'rganish jarayonida bola nutqining fonetik jihati