butun e’tiborini yozish texnikasiga va o'tirish qoidasiga rioya qilishga qaratadi. A w al bolaning yozma nutqi uning og'zaki nutqi orqali belgilanadi, ya’ni u so'zni qanday talaffuz etsa shunday yozadi. Bu davrda bola bilan ovoz chiqarib aytish bo'yicha muntazam mashqlar o'tkazish uning imlo qoidalarini muvaffaqiyatli o'zlashtirishida katta ahamiyatga ega. Yozma nutqda imo-ishora, ohangdan foydalanilmaydi. Shu bois bolalarning yozma nutqlari ulaming og'zaki nutqiga qaraganda ancha bo'sh bo'ladi. Bolalar nutqi kattalar nutqi ta’sirida o'sadi. Shuning uchun pedagoglar bolalarga kichik maktab yoshidan boshlab og'zaki va yozma nutqni o'stirish bilan birga nutq madaniyatini ham o'rgatib borishlari zarur. 2.5. 0 ‘smirlarning kattalar bilan bo'ladigan muloqoti N a slim iz davom chilarini nafaqat jism onan b a q u w a t, balki ma’naviy boy, yangi davr talabiga javob beradigan, muloqot jarayonida erkin fikr yuritadigan qilib tarbiyalash hozirgi kunning dolzarb muam- molaridandir. «Ta’lim to'g'risida» gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da shaxsning erkinligi, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakl lantirish, muomala madaniyatini tarkib toptirishga birlamchi e ’tibor qaratilgan. Shunday ekan, o'smir yoshlarni muloqot jarayonida mustaqil flkrini erkin ifodalash malakalarini va ularning tanqidiy fikrlashini shakllantirish psixolog-pedagoglar oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Zero, XXI asrda yashaydigan har bir insonning tanqidiy fikrlashi uchun awalo muloqotga o'rgatish zarur. O'smirlami muloqotga o'rgatish uchun ularga psixologik, pedagogik adabiyotlami o'qishni tavsiya qilish, muloqot jarayonida yoshlar faoliyatini kuzatish, fikrlash doirasini aniqlash va shu jarayonda psixologik o'yinlar,