mashqlar, treninglardan foydalanish muhimdir. www.ziyouz.com kutubxonasi
Maktabning o'rta va yuqori sinflarida yozma nutq mazmunli, ta’sirli bo‘lib, grammatik jihatdan tobora to‘g‘ri, mukammal tuzilib boradi va natijada bunday nutq og'zaki nutqning o ‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Bolalar nutqi bevosita kattalar nutqi ta’sirida o‘sadi. Shuning uchun 0 ‘qituvchi nutqi o ‘quvchilar nutqini o'stirishda namuna bo'lib xizmat qilishi kerak. O'quvchilar tafakkurini rivojlantirmay, ulaming nutqini o'stirib bo'lmaydi. Og'zaki gapirish, bayon yoki insho yozishda o'quvchilarning reja tuzib olishlariga e ’tibor berish kerak. Yozma va og'zaki nutqni o'stirish uchun kitob ustida muntazam ishlash, o'qigan matnlaming tezisi (asosiy m azmuni)ni, konspekti(qiqacha matn bayoni)ni tuzish, ma’ruza, referatlar tayyorlash, adabiy kechalar, yozuvchilar bilan uchrashish muhim ahamiyatga ega. Nutq shartli reflekslar paydo bo'lishining umumiy qonunlari asosida o'sadi. Agar kishi biror bir tovushni noto'g'ri talaffuz qilishga o'rganib qolgan bo'lsa, unda bu kamchilikni tuzatish qiyin bo'ladi. Shuning uchun bolalarda yoshligidanoq ijobiy nutq odatlarini tarbiyalashga ahamiyat berish zarur. Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri — muloqotga bo'lgan ehtiyoj. Muloqotga bo'lgan ehtiyoj qondirilmasa, ong ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doim o m uloqotga bo'lgan ehtiyojim izn i qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir muloqotdan qoniqish, ba’zi hollarda esa qoniqmaslikni his qilamiz. Katta yoshdagi kishilar rasmiy va norasmiy munosabatlarga kirishadilar. Rasmiy munosabatlar ish, xizmat yuzasidan bo'ladi. Norasmiy muloqot esa ishdan boshqa paytlarda, uyda