bo'ladilar. Keksalar muloqoti o'ziga xosdir. Ular xuddi kichik bolalardek izzattalab, injiq, e ’tibortalab bo'lib qoladilar. Keksalarga ehtiyotkor bo'lib muomalada bo'lish zarur, chunki ulaming ko'ngillari nozik bo'ladi. Ularga ko'ngillarini ko'taradigan so'zlarni ko'proq qo'llash zarur. Demak, har bir yosh guruhiga kiradigan kishilar, shu jumladan, kattalar ham o'ziga xos muloqotga kirishadilar. Muloqot har bir davrga xos holda amalga oshiriladi. / J 2.6. Shaxsning shakllanishidagi psixologik-pedagogik masalalar Shaxsning har tomonlama shakllanishida muloqotning ahamiyati katta. Oddiy narsalami o'rganish uchun ham taqlid orqali o'zaro muloqotda bo'lish zarur. Jamiyat qonun-qoidalariga asoslangan holda munosabatlar rivojlanadi. Individ bilan shaxs muloqoti o'rtasida juda katta farqni ko'rish mumkin. Masalan, go'dak, ruhiy kasal, ongi past rivojlangan kishilarning muloqoti bilan yetuk rivojlangan, ongi yuksak kishining muloqoti o'rtasida katta farq bor. Ongli shaxs muloqotni boshlashdan awal miyasida o'ylaydi, so'zlarini rejalashtiradi. Shaxsning jismoniy, aqliy, axloqiy va estetik rivojlanishida muloqotning o'rni katta. Masalan, axloqiy rivojlanish uchun oilada, maktabda, bog'chada bolaga kattalar muloqot orqali ta’sir qiladilar. Shuningdek, estetik, aqliy, jismoniy rivojlantirish uchun o'quvchiga o'qituvchi muloqot orqali ta’sir etishga harakat qiladi. Demak, muloqot ta’sir qilish vositasi bo'lib ham xizmat qiladi. Shaxs m uloqotini shakllantirishda uning yoshi, jinsi, kasbi, dunyoqarashini hisobga olgan holda ish olib borish lozim. Masalan, biz kichik yoshdagi bolalarga kattalarga nisbatan qo'llaydigan so'zlam i