Muloqotga o'rgatishda o'yin va noo'yin shakllarini qo'shib olib borishning ahamiyati katta: www.ziyouz.com kutubxonasi
1. Darsga norasmiy muloqot elementlarini kiritish. Ayni paytda didaktik o'yinlardan foydalanish. Ularda muloqot tashkilotchisi rolini muallim emas, o ‘quvchilardan biri bajarishi. 2. E’tiborni javobning ijobiy jihatlariga qaratish. O'quvchilar o'rtoqlarining javoblarini xolisona baholashga maxsus o'rgatiladi, ayni paytda eng kichik tafsilot, detallargacha e’tiborni qaratib, o'rtoqlarining javoblaridagi eng muvaffaqiyatli jihatlarini ajratib ko'rsatishni o'rganish. Kamchiliklami qanday qilib yo'qotish haqida bahslashish, kamchilikni bitta o'quvchining o'ziga aytish orqali ta’sir qilish. 3. Insonlar o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlar Sharqda o'ziga xos xususiyatga ega. Ushbu o'quv qo'llanma jamiyatning yangilanish davrida inson ma’naviyati va ruhiyatida ro'y berayotgan o'zgarishlarning psixologik tabiatini anglashga yordam beradi. Yaratiladigan yangi qo'llanmalar oldiga o'quvchi yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularning ongiga milliy g'oya asoslarini singdirish, vatanparvarlik hissini tarbiyalash, o'tmish va buyuk kelajak haqida fikrlash, u bilan faxrlanish hissi, yangicha tafakkur shakllanishi jarayonidagi ziddiyatlar va ularni bartaraf etish muammolarini teran yoritish talab etiladi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Bola tili deganda nimani tushunish mumkin? 2. Maktabgacha yoshdagi bolalar qanday muloqotda bo'ladilar? 3. O'smirlar bilan o'spirinlar muloqoti o'rtasida qanday farq bor? 4. Kattalar bir-birlari bilan muloqotda qaysi usullaridan foyda-