va notanish sharoitda o'zingizga ishonasiz, odamlar bilan kelisha olasiz. Tortishuvlarda qatnashishni yoqtirmaysiz. O'yin mashqlarini guruhda tashkil qilish metodikasi Har bir guruh a’zosiga bittadan rol beriladi. Masalan, bir kishiga o'qituvchilik, yana biriga o'quvchilik, yana biriga rahbarlik, yana biriga xodimlik kabilar. Har bir kishi o'zining rolini sinfda bajarishi orqali muloqotchanlik sifatlari rivojlanadi, tortinchoqligi yo'qoladi. I ll B O B S M ULOQOT - AXBOROT AYIRBOSHLASH, O'ZARO TA’SIR) VA KISHILARNING BIR -BIR INI T U SH U N ISH I VOSITASI 3.1. Muloqot va til. Og'zaki kommunikatsiya (nutq) Insonning uni o ‘rab turgan olamga o ‘zaro ta’siri obyektiv mu nosabatlar tizimida namoyon boMadi. Obyektiv munosabat va aloqalar so‘zsiz har qanday real guruhlarda paydo bo‘ladi. Guruh a’zolarining bu obyektiv o‘zaro munosabatlari subyektiv shaxslararo munosabatlarda aks etadi. Har qanday ishlab chiqarish odamlarning o ‘zaro birlashishini talab qiladi. Hech bir kishilik jamiyatida odamlar bilan munosabat o‘matilmasa, ular bir-birini to ‘gcri tushunmaydi, toclaqonli birgalikdagi faoliyatni tashkil eta olmaydi. Masalan, o ‘qituvchi o ‘quvchilarga biror narsani o ‘rgatish uchun ular bilan munosabatga kirishish! kerak. www.ziyouz.com kutubxonasi
Muloqot kishilaming hamkorlikdagi faoliyati, ehtiyojlari asosida tug‘iladigan, ular o'rtasidagi aloqa rivojlanishining ko'p qirrali jarayonidir. Muloqot hamkorlikdagi faoliyat qatnashchilari o'rtasida axborot almashinishni o'z ichiga oladi, bu muloqotning kommunikativ ko'rinishida ifodalanadi. Odamlar bir-biri bilan munosabatga kirishishda