avtomatik
(instinktid),
an’anaviy, spontan
(muhabbat, do'stlik kabi
munosabatlar asosida),
direktiv
(majburiy hamkorlik hukm suruvchi
joylarda),
shartnomaviy
(rasmiy kelishuvlar asosida). Kooperatsiya —
birgalikdagi faoiiyatning zaruriy elementidir.
2. Raqobatga asoslangan o'zaro ta’sir — kommunikativ jarayon
ishtirokchilarining shaxsiy yoki guruhiy maqsadlarga erishish uchun
o'zaro kurash sharoitida bir-biriga ta ’sir ko'rsatishidan iborat. Bunday
www.ziyouz.com kutubxonasi
o‘zaro ta’sirda tomonlarning shaxsiy faolligi odatda yuqori bo'ladi.
Shunday bo'lsa-da, u kooperatsiya bilan ma’lum darajada bog'liqdir.
Chunki raqobat davomida ham muayyan qoidalar o'rnatilishi talab
etiladi. Aks holda o'zaro kurash urushga aylanib ketishi mumkin.
(P.S. Ergashev. Muloqot psixologiyasi. Ma’ruzalar to‘plami.T.2003.9—
12-betlar)
Muloqotga kirishuvchilarning o'zaro yaqinligi bilan, bir-birlari bilan
muloqotdan qoniqish hosil qilganligining yuksak darajasi, javob
tariqasidagi his-tuyg'ular va afzallikning o'zaro taxmin qilinishi bilan
belgilanadigan o'zaro munosabatlar va o'zaro birgalikdagi harakatning
barqaror individual — tanlash tizimi sifatidagi do'stlik kishilar
munosabatining alohida shakli sifatida yuz beradi.
Do'stona muloqot o'rnatish va do'st tutinish muammosi o'spirinlik
yoshida, ayniqsa, dolzarb masalaga aylanadi. Pedagoglarning
kuzatishlari, o'spirinlarning sir saqlanadigan kundaliklari, ularning
«Do'stlik va muhabbat to 'g ‘risida»gi mavzularda o'tkaziladigan
suhbatlarga qiziqishlari ana shundan dalolat beradi. Do'st orttirishga
bo'lgan ehtiyoj o'spirinlik yoshi uchun xos xususiyat hisoblanadi.
O'spirin odatda do'stona muloqotning o'lchovi haqida yetarli darajada
aniq-ravshan tasawurga ega bo'lmaydi, bu yoshda u ko'proq intiladigan
alohida juftlashgan holda do'stlashuvdan ko'ra ko'proq o'z tengdoshlari
bilan kengroq ma’nodagi muloqotga kirishishni taqozo etadigan
o'rtoqlik ancha keng tarqalgan bo'ladi.
Tadqiqotlardan ma’lum bo'ldiki, o'zaro do'stona yaqinlik belgisiga
ko'ra birlashgan ulfatlar, muayyan bir kasb atrofida guruhlarga ajrala
boshlaydi. Do'stlik muloqoti o'matgan yoshlarning o'zlari qaysi kasbni
egallash niyatida ekanliklarini aniqlagach, bo'lg'usi kasb haqidagi,
uning imkoniyatlari va istiqbollari, unga tayyorlanish yo'llari kabilar
haqidagi axborot bilan bir-birlarini boyitgan holda olib boradigan
yashirin kasb tanlash ishi yuz beradi. О'spirinlarda juftlashgan tarzdagi
do'stona muloqot andozasi, garchi doim bo'lmasa ham, ko'pincha
jinslar o'rtasida yuz beradigan ishqiy munosabatlarda, ilk yoshlik
muhabbatining dastlabki ko'rinishlarida kurtak yozadi.
3.6. Kishining kishi tomonidan idrok qilinishi
Muloqotning perseptiv tomoni kishini kishi tomonidan idrok
qilish, tushunish va unga baho berishdir. Boshqa kishilami tushunib
olish bilan kishi suhbatdosh bilan bo'ladigan faoliyat, aloqa istiqbolini
aniqroq belgilab oladi.
Birgalikdagi faoiiyatning muvaffaqiyatli ro'y berishi ko'p jihatdan
kommunikativ jarayon ishtirokchilari bir-birini qanday idrok
www.ziyouz.com kutubxonasi
etayotgani, har bir ishtirokchida boshqa ishtirokchi haqida qanday
tasawurlar shakllanayotganligiga bog'liq. Bu esa muloqotning perseptiv
tomonini o'rganish zaruriyatini vujudga keltiradi. Kishilaming bir-
birini idrok etish jarayoni muloqotning ajralmas qismi bo'lib, u
muloqotning perseptiv tomonini tashkil etadi. Insonning inson
tomonidan idrok etilishi «ijtimoiy persepsiya» deyiladi. Dastlab, bu
atama J. Bruner tomonidan 1947-yilda ishlatilgan bo'lib, u perseptiv
jarayonlarning ijtimoiy determinatsiyasini anglatgan. Keyinchalik bu
atama ijtimoiy obyektlami, ya’ni odamlar, ijtimoiy guruhlar, katta
ijtimoiy tuzilmalarni idrok etish jarayonini anglata boshlagan.
Ijtimoiy perseptiv jarayonlarda individ quyidagilarni idrok etishi
mumkin: o'z guruhiga mansub individni, boshqa guruhga mansub
individni, o'zining guruhini, o'zga guruhni. Ijtimoiy perseptiv
jarayonlarda guruh quyidagilarni idrok etishi mumkin: o'z individini,
o'zga guruh individini, o'zini, o'zga guruhni.
Muloqot jarayonida insonlar bir-birini idrok etar ekan, bunda
attraksiya (o'ziga jalb etish) jarayoni yuz berishi, ya’ni idrok etilayotgan
kishiga nisbatan «yoqtirish hissi» paydo bo'lishi mumkin. Attraksiya
subyektning persepsiya obyektiga nisbatan bo'lgan emotsional
munosabati sifatida shakllanadi.
Muloqot ishtirokchilari o'z ongida bir-birlarining ichki dunyosini
qayta tiklashga, his-tuyg'ularini, xulq-atvorining sabablarini fahmlab
yetishga harakat qiladi. Shaxs boshqa odamlarning tashqi qiyofasi, ulaming
fe’l-atvori va xatti-harakatlari, ularga qo'llanadigan kommunikativ
vositalar orqali o'zi bilan muloqotga kirishgan odamlarning kimligini
tushunib yetish, ulaming qobiliyatlari, niyatlari kabilar haqida xulosa
chiqara olish uchun muayyan ishni bajarishiga to'g'ri keladi.
X Taniqli psixolog S.L. Rubinshteyn shunday deb yozgan edi:
«Kundalik hayotda odamlar bilan muloqotga kirishar ekanmiz, biz
ulaming xulq-atvoriga qarab mo'ljal olamiz. Negaki, biz ulaming tashqi
ma’lumotlari mohiyatini go'yo «o'qib», ya’ni «mag'zini chaqib»
chiqamiz, shu yo'sinda matnning ichki psixologik jihati mavjud bo'lgan
mazmunini aniqlaymiz. Bunday o'qish naridan beri tez yuz beradi,
chunki atrofdagilar bilan muloqot jarayonida bizda muayyan darajada
ularning fe’l-atvoriga nisbatan avtomatik tarzda amal qiladigan
psixologik ichki ma’no hosil bo'ladi.» (Rubinshteyn S.L. Принципы
и пути развития психологии. М. RSFSR. PFA nashr. 180-bet).
Muloqotning perseptiv jihati — kishining kishi tomonidan idrok
etilishi, tushunilishi va baholanishi demakdir.
Muloqot jarayonida kamida ikki kishi ishtirok etadi. Kishining qiyofasi,
xatti-harakati asosida suhbatdosh haqida tasavvur hosil qilinadi. Bir-
birini idrok qilishda quyidagi mexanizmlar g'oyat muhimdir:
www.ziyouz.com kutubxonasi
1. Identifikatsiya — inson o‘zini xayolan suhbatdoshi o‘rniga qo'yish
orqali uning fikrlari va tasavvurlarini tushunishga intilishi.
2. Empatiya — inson o'zini xayolan suhbatdoshi o'miga qo'yish
orqali uning kechinmalari va hissiyotlarini tushunishga intilishi.
3. Refleksiya — inson suhbatdoshi tomonidan qanday idrok
etilayotgani va tushunilayotganini anglashga intilishi.
4. Stereotipizatsiya — inson suhbatdoshini tushunishga intilishi
yo'lida muayyan shablonlardan foydalanishi.
Identifikatsiya (lotincha «tenglashtirish», «aynan o'xshatish») bir
kishining ikkinchi kishini uning ta’rifmi subyektning o'z ta’rifiga
anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o'xshatilishi orqali tushunish
usulidir. Odamlar o'zaro birgalikda harakat qilish vaziyatlarida boshqa
kishini o'zining o'miga qo'yib ko'rishga uringan holda uning ichki
holati, niyatlari, о'y-fikrlari, mayllari va his-tuyg'ulari haqida taxmin
qiladilar. Masalan, avgust oyi kunlaridan birida universitet qoshida
hayajonlangan holda kitobni varaqlayotgan abituriyentlarni uchratib
qolgan talaba o'zining abituriyentlik davrini eslaydi, ularning ruhiy
holatini xayolan o'z boshidan kechira boshlaydi.
Refleksiya — (lotincha «aks ettirish») — o'z fikr va kechinmalarini
tahlil qilish va mulohaza yuritish, ya’ni muloqotga kirishuvchining
suhbatdoshi uni qanday idrok etayotganligini anglashi. Kishining kishi
tomonidan idrok qilinishini ikkilangan oynadagi aks ettirishga o'xshatish
mumkin. Odam boshqa kishini aks ettirar ekan, shu bilan birga o'zini
ham aks ettiradi. Agar kishi o'zi muloqotga kirishadigan kishilar haqida
to'liq, ilmiy asoslangan axborotlarga ega bo'lsa, ular bilan bexato
aniqlikda o'zaro ta’sir o'matishi mumkin. Biroq subyekt hamma vaqt
bunday aniq ma’lumotga ega emas. Shuning uchun u boshqalar xatti-
harakatining sabablarini o'ylashga majbur bo'ladi. Boshqa kishining
harakatlarini tushuntirish uchun faoliyat motivlari, his-tuyg'ular,
intilish va fikrlashning o'ylab chiqarilishi
Dostları ilə paylaş: |