kerak. Rahbar xodimga jazo belgilayotganda keyingi faoliyatida u bilan
birga ishlashini tasavvur qilishi lozim. Butunlay ishdan bo'shatib
yuborsa, bu boshqa gap. Lekin jazodan so‘ng birga ishlash kerakku!
Jazoni olayotgan xodim sizga qarshi bo‘lib
qolmasin, balki o'zining
xatti-harakatlariga qarshi bo'lib qolsin. Rahbar shunga harakat qilishi
kerak.
«Oltin so'zlar» usuli.
Oltin so'zlarning sinonimi — «ajoyib»,
«bebaho» kabi so'zlar.
Masalan, «siz boshqalar ko'rolmaydigan
narsalarni ko'ra olasiz!», «siz bilan muloqotda bo'lgan kishi ko'p
narsalarni bilib olishi mumkin!». Bu so'zlar ular uchun «oltin so'z»lar
bo'lib hisoblanadi. Buni xushomad deb ham tushunish mumkin.
Xushomad — kishining ijobiy xislatlarini bo'rttirib ifodalash.
Rahbar bilan xodim o'rtasida attraksiyani tez vujudga keltiradigan
so'zlar ham xushomad bo'lishi mumkin. Xushomad asosida ta’sir
qilishning psixologik fenomeni turadi. Agar bir kishi bizni yaxshisiz
deyaversa, u kutgandek bo'lishga harakat qilamiz. Ko'pgina rahbarlar
xodimlariga nisbatan xushomad qilishni bilmaydilar.
«Oltin so'zlar» ni qo‘llash qoidalari:
1.
«Bitta fikr» orqali xushomad qilish.
Masalan, «sizni eshitish
orqali sizning qobiliyatingizga tan berdim».
2.
«Giperbola» xushomad qilish.
Bunday xushomad kishining sifatini
ozgina bo'rttirib aytishdan iborat. Jumladan, «sizning tartibliligingizga
men doimo tan beraman» — deydi rahbar o'z xodimiga. Rahbar o'z
xodimlariga albatta xushomad qilib turishi kerak, shunda jamoada ruhiy
muhit yaxshilanadi. Bu yerda attraksiyani shakllantirishning roli muhim.
3.
«Qarashning yuqori bo‘lishi»
— bu yerda kishining shaxsiy qarashi
muhim rol o'ynaydi. Xushomadga nisbatan uning fazilati o'zi yuqori
bo'lishi mumkin. Masalan, fenomenal xotirasi yaxshi bo'lsa-da, unga
atrofdagilar «telefon raqamlarini darhol
eslab qolganingizga tan
beraman» desalar bu yuqori qarash.
4.
«Tanbehlarsiz» xushomad qilish.
«Men sizning juda yaxshi
xushomad qilishingizni eshitdim»— deb rahbar xodimiga aytsa u xafa
bo'lishi mumkin.
5.
«Didaktikasiz» xushomad qilish.
Bunday xushomad xodimning
kelgusida o'zini yaxshilashiga qaratilgan bo'lmasligi kerak. Masalan,
«Sen faol bo'lishing kerak», «Erkak kishi qat’iyatli bo'lishi kerak»
qabilidagi xushomadlar.
6.
«Qo‘shimchalarsiz» xushomad qilish.
Masalan, «sen qo'ling tilla,
lekin tiling sening dushmaning». Demak, qo'shimchalarsiz xushomad
qilish lozim.
Endigina rahbar bo'lganlarga xodimlariga xushomad qilish haqida
quyidagi tavsiyalar beriladi:
www.ziyouz.com kutubxonasi
1. Xodimning shaxsiy fazilatlari haqida:
a) vazifasiga kirmasa ham kimnidir qaysidir ishga ko‘ndirgan
xodimga: «Siz boshqalarga ta’sir qilishning bunday usulini qanday
uddalaysiz?»
b) xodimning boshqa xodimning o'ziga xos tomonini ochib bergani
uchun: «Sizni kishilarga bunday oqilona baho berishingizni ilgari
sezmagan ekanman».
d) uzoq shartlashgandan keyingi yutuqdan so‘ng: «Siz bilan
muloqotda bo'lish men uchun yoqimli».
e) xodimingiz ko‘zingizni ochib qo'yganida: «Siz bilan ko'proq
muloqotda bo'lishdan ko'p narsani o'rganish mumkin».
0 xodim boshqa xodim bilan nizoga borganda o'zini qo'lga ololgan
paytda: «Siz qanday qilib buning uddasidan chiqdingiz? Sizga qoyilman.»
g) yangi kiyim kiygan xodimga: «Siz libos tanlashni juda yaxshi
bilar ekansiz!»
2. Xodimning ishga doir sifatiga qarata aytiladigan xushomad:
a) tashkiliy ishlarni uyushtiradigan xodimga: «Hech kim
siz kabi
tashkiliy ishni eplay olmaydi».
b) xodim o'z tashabbusi bilan qo'shimcha ishni bajargan vaqtida:
«Men sizning mehnatsevarligingizga qoyilman».
d) xodimni ish ustida ko'rganda: «Sizning ishlayotgan paytingizni
ko'rib o'zimda qoniqish hosil qilaman».
e) majlisda nutq so'zlagan xodimga: «Sizda juda yaxshi diksiya bor,
sizni tinglash kishida qoniqish hosil qiladi».
0 xodimning birinchi muvaffaqiyatidan so'ng kamtarlik qilib
turishini ko'rib: «Kamtarlik qilmang, sizning qobiliyatingiz hammani
lol qoldirdi».
Jazo berish va xushomad qilishning o'ziga xos texnikasi mavjud.
Xodimga jazo berish, ogohlantirish uchun kelishidan aw al uning
yaxshi xususiyatlarini eslang. Kirganidan so'ng unga aw al ozgina
xushomad qiling, yaxshi sifatini ayting, keyin uni ogohlantiring. Jazo
berishning quyidagi shakllari mavjud:
1-maqsad — xodimni hissiy tomondan tayyorlab olish. Masalan,
unga nisbatan «oltin so'zlar» ni ishlatish.
2-maqsad — xodimni urishish
yaxshi natija bermaydi, nizo
chuqurlashishi mumkin. Rahbar xodimga uni jazolashi kerakligini,
lekin u yomon xodim emasligi, ammo uni bu safar qilgan xatosi
uchun ogohlantirish bermasa bo'lmasligini tushuntirishi lozim. Keyin
10—15 sekund tin olib turishi, so'ngra unda iltimosi borligini aytib,
yana
biroz tin olishi, so'ngra xodimdan keyingi safar bunday gaplashish
bo'lmasligini undan iltimos qilishi zarur.
www.ziyouz.com kutubxonasi
3-maqsad — xodim albatta o'zining xatosini tan olib, rahbardan
xafa bo'lmasdan chiqib ketishi, buning uchun rahbar yuqoridagi
treningni o'tkazishi kerak.
«Ishdan bo'shatish formulasi». Bu formulaning 6 ta qoidasi bor:
1. Rahbar xodimga ishga bo'lgan mas’uliyatini oshirsa u bilan birga
ishlashdan xursand bo'lishi.
2. Yaqin ikki hafta ichida rahbar aytgan ishlarni xodimlari unutishi.
3. Xodim rahbar oldiga doimo yordam so'rab murojaat qilishi.
4. Rahbaming xodim endigina ishga kirgandek unga nisbatan barcha
metodik yordam berishga tayyor ekanligi.
5. Ikki hafta ichida xodim yelkasidagi yukni (ishni) ko'tarib turolsa,
demak ish yaxshi ketadi.
6. Ikki hafta ichida xodim ishni yurgiza
olmasa rahbar uni ishdan
bo'shatishga majbur ekanligini rasman aytishi. Bu formulalar yordamida
rahbaming ishlashi oson bo'ladi.
Xulosa qilib aytganda, xushomad odamda albatta yoqimli hisni
keltirib chiqaradi. Hatto yoqmaydigan kishi xushomad qilsa ham.
Majlisda jazo choralarini qo'llashda ham xushomad qilish zarar qilmas
ekan. «Bo'shatish formulasi» bo'yicha kasbiy boshqaruvni yo'lga qo'yish
mumkin. Har bir rahbar qo'l ostidagi xodimlariga albatta xushomad
qilib turishi kerak.
«FAOL TINGLOVCHI BO'LISH MEXANIZMLARI»
Dostları ilə paylaş: