M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent «turon-iqbol» 2006



Yüklə 2,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/62
tarix05.12.2023
ölçüsü2,75 Mb.
#173864
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   62
Muloqot psixologiyasi (M.Maxsudova)

ekstrovert, introvert
hamda 
sentrovert
kishilar uchraydi. 
Ekstrovertlar — tashqi muhitga tez moslashadigan, quvnoq, harakatchan
qiziquvchan kishilardir. Introvertlar — ichidan pishgan, indamas, pismiq, 
hech kim bilan maslahatlashmaydigan kishilar. Sentrovertlar esa o'rtada 
yuradigan, hech kimga qo'shilmaydigan, tarafdorlari yo'q, «men senga 
tegmay, sen menga tegma» qabilida ish tutadiganlar.
D. Karnegi odamlarga muloqot orqali ta’sir qilishning quyidagi 
usullarini ishlab chiqqan:
1. Xodimlar ismini to'liq aytib murojaat qiling. Odamning ismi 
uning uchun eng qadrlidir. Masalan, «оу, jon, bek, xon» qo'shim- 
chalarini qo'shib aytish.
2. Xodimlarga samimiy qiziqish bilan munosabatda bo'lish. Masalan, 
xodimning oilaviy sharoitini o'rganish, kayfiyatini bilish, uning xobbisi 
(qiziqishi) nimaligini o'rganish.
3. Xodimlarni qiziqish bilan tinglash. Biz 55% so'zlab, 45% 
tinglaymiz. Demak, tinglash qobiliyatini o'zimizda shakllantirishimiz 
zarur ekan.
4. Xodimlarga o'zlari haqida so'zlashga imkon bering. Chunki har 
bir kishining o'z dardi, muammolari bor, sizga ko'nglidagini aytsa 
ancha yengil tortadi.
5. Suhbatni savol berishdan boshlang. Chunki xodimingizni 
muloqotga chorlagan bo'lasiz.
6. O 'z m uam m oingizni aytayotganingizda his qilingki, 
suhbatdoshingizning ham o'ziga yarasha muammolari bor. Atrofdagilar 
sizdan bezib qolmasin. Suhbat cho'zilib ketmasin.
7. Xodimlar bilan do'stona murojaat qiling, noverbal muloqot 
(imo-ishora, kulgu, yuz mimikasi, ko'z ishorasi, tanaffus qilish, 
ovoz ohangi kabi) usullaridan o'z o'rnida foydalaning.
www.ziyouz.com kutubxonasi


8. Xodimga tanbeh berishdan awal uni maqtang.
Biz atrofdagilar bilan verbal va noverbal muloqot usullaridan 
foydalangan holda munosabatda bo'lamiz. Verbal muloqot bu — so'z, 
fikrlar orqali bo'ladigan muloqot bo'lib, unda chiroyli so'zlash, 
fikrlaming mantiqiyligi, izchilligiga e’tibor berish.
Noverbal muloqot — imo-ishoralar, qovoqni solib, ochiq chehralik 
bilan, peshonani tirishtirib, g'azabnok, ovozni ko'tarib, indamasdan 
va boshqa shu kabi harakatlar orqali bo'ladigan muloqot. Noverbal 
muloqot verbal muloqotni to'ldirib turadi.
Rahbarlarda quyidagi qobiliyatlar shakllangan bo'lishi uning obro'si 
oshishiga yordam beradi:
• Nutq, notiqlik (ritorika) qobiliyati — ovozning chiroyliligi, 
so'zlami o'z o'mida qo'llash, shevaga yo'l qo'ymaslik, bitta tilda so'zlash.
• Kommunikativ qobiliyat — atrofdagilar bilan tez til topa olish
aralashib keta olish qobiliyati.
• Didaktik qobiliyatlar — so'zlayotganda diqqatni to'plab, bir 
nuqtaga qarata olish, gapni chalg'itmaslik, uzoqdan gap boshlamaslik.
• Avtoritar qobiliyatlar — xodimlar bilan muloqotda bo'layotganda 
o'z obro'sini saqlab tura olish, chegaradan chiqib ketmaslik qobiliyati.
• Xayol qilish qobiliyati (fantastik) — xodimlarning kelajakda 
qanday qobiliyatga, uquvga, malakaga ega bo'lishlarini muloqot orqali 
oldindan seza olish qobiliyati.
• Perseptiv qobiliyatlar — suhbatdoshini tezda, to'liq idrok qila 
olish qobiliyati, suhbatdoshi kim ekanligini his qila olish kabilar.
Rahbarlar har bir suhbatdoshning yoshini, tajribasini, malakasini 
hisobga olgan holda munosabatda bo'lishi maqsadga muvofiq. Masalan, 
o'smirlarga, o'spirinlarga alohida, kattalarga alohida, ishchilarga, oliy 
ma’lumotlilarga alohida muloqotda bo'lish kerak.
Rahbarlar har bir suhbatdosh bilan uning individualligini hisobga 
olgan holda munosabatda bo'lishi lozim. Chunki har bir xodimning 
o'ziga xos temperamenti (mijozi), xarakteri (tabiati), qobiliyati 
(iqtidori, layoqati), odatlaribor. Ulami o'zgartirish juda qiyin, shuning 
uchun rahbarlar xodimlarni doimo kuzatishlari, ularning ruhiy 
xususiyatlarini o'rganishlari lozim. Shunda ular bilan to'g'ri muloqotda 
bo'lishlari oson bo'ladi. Rahbar xodimlariga doimo jonkuyar, g'amxo'r, 
vaqti kelganda talabchan, to'g'ri munosabatda bo'lishi kerak.
Shuningdek, rahbar xodimlarga nisbatan b a ’zan xushomad 
(kompliment) usulini ham qo'llashi zarur. Masalan, «bugun juda 
boshqachasiz, mana shu kiyimingiz juda yarashibdi, men sizga 
ishonam an, azizim» kabi «oltin so'zlar»ni ishlatish m uloqot 
muvaffiqiyatini ta’minlaydi, kelishmovchiliklaming oldi olinadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


4.8. Og'zaki ko'rsatmalar berishni shakllantirishning 
psixologik qoidalari
A walgi bobda biz attraksiyani (o ‘ziga jalb qila olish) 
shakllantirishning psixologik usullari haqida fikr yuritdik. Ayrim 
rahbarlar «Men istayman», «Menga kerak» kabi iboralarni ko‘p 
ishlatadilar. Lekin xodim buni rahbar umumiy jamoaning ishi uchun 
gapirayotganini to‘g‘ri tushunishi kerak.
Shaxs sifatida tan olmaslik yo'nalishi bo'yicha quyida o'ng va chap 
jadvalda rahbaming xodimlarga beradigan og'zaki ko'rsatmalari aks etgan:

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin