bo'lgani uchun birinchi o'rinni ularga berilmoqchi. Boshqarma
rahbarlaridan biri esa bu
qarorga qarshi fikr bildirib, bu oshxonada
tayyorlanadigan ovqatning kaloriyasi (quvvati) pastligini bildirdi.
Shunda oshxona boshlig'i o'midan turib, qarshi fikr bildirgan rahbar
uning oshxonasiga tez-tez kirib ovqatlanib yurishini, har doim
o'zining ichkari xonasida
unga sifatli ovqat berishini, ammo bir
marta kirganda vaqti yo'qligi uchun umumiy ovqatlanish xonasida
ovqat berilgani uchun u hozir qarshi bo'layotganini aytib o'tdi. Mana
ziddiyat. Bu nizoning ildizi shaxsiy adovatga borib taqaladi. Ziddiyat
negizi ilgari oshxonaning o'zida paydo bo'lgan, degan xulosaga kelish
mumkin. Bu nizoli vaziyat bo'lishi mumkin. Ziddiyatda opponent —
bahsda shaxsga nisbatan qarshi
fikrlar bildiradigan kishi, ham oshxona
boshlig'i, ham unga qarshi fikr bildirgan rahbar bo'lib hisoblanadi.
Lekin ular shaxs sifatida emas, biri oshxona boshlig'i, biri boshqarma
rahbari sifatida opponentlik rolini o'ynaydi. Ziddiyatli vaziyatlarda
kamida ikkita opponent qatnashishi kerak. Ziddiyatni hal qilish uchun
opponentlardan biri «kuchli» bo'lishi lozim. Aniqrog'i, opponent
fikri kuchli, asosli, boshqalarni ishontiradigan bo'lishi kerak. Ziddiyat
kuchi maqsadning darajasini taqqoslashda aks etadi.
Yuqoridagi
vaziyatda boshqarma rahbari oshxona haqida fikrlarini yozma ravishda
qoldirib ketsa ham bo'lardi. Shunda yuqoridagi ziddiyat kelib
chiqmagan bo'lar edi. Chukni oshxona boshlig'i ham boshqarma a’zosi
ham ish yuzasidan bo'ladigan munosabatlar doirasidan chiqib
ketganlar. Ular shaxsiy munosabatlar asosida nizoga duch keldilar.
Ziddiyatli vaziyatni to 'rt qismga bo'lish mumkin: obyektiv
maqsadga yo'naltirilgan, obyektiv maqsadga yo'naltirilm agan,
subyektiv maqsadga yo'naltirilgan va subyektiv maqsadga
yo'naltirilmagan. Yuqoridagi vaziyatda (oshxona boshlig'i
bilan
boshqarm a xodimi o'rtasidagi m ojaro) obyektiv maqsadga
yo'naltirilgan vaziyat turi amalga oshirilgan. Obyektiv ziddiyat hech
qachon subyektiv ziddiyatga aylanmasligi kerak.
2-vaziyat: korxonaning barcha bo'limlaridagi boshliqlar sex
boshlig'idan shikoyat qildilar. U barcha bo'limlardan keladigan
mahsulotni qutilarga joylab jo'natishi kerak.
Ular ozgina adashsa
hammaning ishi bekor bo'ladi. Natijada hech kim mukofot ololmaydi.
Lekin texnik nazorat bo'limi boshlig'i mukofotga aloqasi bo'lmagani
uchun nazoratni kuchaytirmaydi. Keraksiz bo'lib qolgan mahsulot uchun
mas’uliyatni sex boshlig'i o'z zimmasiga olmaydi. Obyektiv holat bo'yicha
bu ziddiyat doimo bo'lib keladi. Yuqoridagi bo'limlardagi boshliqlar
sexlarda bo'layotgan nizolarni yaxshi tushunmaydilar. Bu ziddiyatni
bartaraf qilish uchun tashkiliy jadvalni qaytadan ko'rib chiqish kerak.
Nazorat bo'limi markazlashgan tizim bo'lishi lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kichik-kichik ziddiyatlarga e’tibor berilmasa, bartaraf qilinmasa u
katta ziddiyatga aylanib, rivojlanib ketishi mumkin.
Tashkiliy-texnologik, iqtisodiy, mikro-ijtimoiy tizimlar bo'yicha
ziddiyatli vaziyatlar kishilar irodasiga bog'liq bo'lmagan
holda yuzaga
chiqadi. Tasavvur qiling, sizni boshqa joyga ishga o'tkazishdi. Agar
yangi ish joyingiz uyingizga uzoq bo'lmasa, eski ishingizga o'xshasa
bu sizni qoniqtiradi. Lekin yangi ishingiz yaxshi bo'lgani bilan awalgi
tanishlaringiz bu yerda yo'q, yangi joyda yangi tanishlar bilan
muloqotda bo'lishingiz kerak. Kishilar yangi ishga kirganda u yerdagi
holatni o'rganib chiqadilar.
Ish o'rnining tarkibi
Dostları ilə paylaş: