M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent «turon-iqbol» 2006



Yüklə 2,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/62
tarix05.12.2023
ölçüsü2,75 Mb.
#173864
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   62
Muloqot psixologiyasi (M.Maxsudova)

9-jadval
majburiyat 
----------------------------------------- ► huquq
,
1
-
k
mas uliyat ^
-■

 ^покш ш к
Har bir majburiyat va huquq bir-biri bilan muvozanatda bo'lishi 
kerak, ya’ni har bir majburiyat huquq asosida ta’minlangan bo'lishi 
lozim. Ishlab chiqarish da mahsulotlar yetarli bo'lmasa ziddiyatlar kelib 
chiqishi mumkin. Ish to'xtab qolganda ham nizolar kelib chiqadi. 
Rahbar buning oldini olish uchun harakat qilishi kerak. Guruh bo'lib 
ishlanadigan joylarda bir ishchining ishga kelmasligi butun jamoaga 
salbiy ta’sir etishi mumkin. Kelmagan ishchining o'miga boshqa ishchi 
ishlagisi kelmaydi, «nimaga men uning o'miga ishlashim kerak?», 
«bu mening majburiyatimga kirmaydi», kabi e’tirozlar bo'lishi mumkin. 
Bunday holatda rahbar bilan ishchi o'rtasida ziddiyat kelib chiqishi 
mumkin. Har bir rahbar xodimlarning bajargan ishini sifatiga qarab 
mukofotga tavsiya qilishi kerak. Rag'batlantirish masalasini o'rinbosarlari 
bilan kelishgan holda belgilashi lozim. Aks holda ziddiyat, nizolar 
kelib chiqishi mumkin. Korxonada tashkiliy mas’uliyat eng muhim 
stimul (rag'bat) bo'lib xizmat qiladi.
Ish o'rinlari o'rtasidagi bog'liqlik aloqalari uchga bo'linadi: 
texnologik, axborot, iyerarxik. Tashkiliy-texnologik tizimda texnologik 
aloqalar ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq. Texnologik aloqa 
kishilam ing necha yildan buyon ishlayotganiga, xulq -atv o r 
psixologiyasiga, malakasiga bog'liq. Ziddiyatning kelib chiqishiga sabab
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo‘luvchi omillardan biri — bu bitta xodimga bir necha boshliqlarning 
ko'rsatma berishlaridir. Oqibatda xodim kimning ko'rsatmasini bajarishni 
bilmay qoladi. Opponentlar bu yerda rahbarlardir. Jamoada xodimlar 
qanchalik kam bo'lsa rahbar ular bilan nizoga bormay ishlay oladi. 
Jamoa a’zolari ko'p bo'lsa, rahbar faqat sharoitni yaratish bilan bog'liq 
vazifalamigina bajaradi. Chunki xodimlar bilan bevosita muloqotda 
bo'lish imkoniyati bo'lmaydi.
Rahbar qo'l ostidagi o'rinbosarlar qanchalik ko'p bo'lsa, ularning 
har biri boshliqning ko'ziga kamroq ko'rinishga harakat qiladilar. 
Chunki rahbar ularni xaotik (tartibsiz) boshqaradi. Ayrim rahbarlar 
barcha ishni, hatto boshqaruvni ham o'rinbosarlariga topshirib qo'yadi. 
O'zi mas’uliyatdan qochib yuradi. Lekin bunday usulda ish olib borilsa 
ziddiyatlar kelib chiqishi mumkin.
Ziddiyatning kelib chiqishiga sabab bo'luvchi manbalardan biri — 
boshqaruvda vazifalaming to'g'ri, aniq taqsimlanmaganligidir.
Quyidagi chizmadan boshqaruvdagi sansalorchilikni 
kuzatish mumkin:

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin