4.4.
Kasbiy-pedagogik muloqot uslubi va uning turlari
Biz ko'z oldimizga birinchi darsni keltira olsak, o'sha paytdagi
hayajonni, quvonchni, ijodiylik hissini tuyamiz. Bolalar bilan bo'lgan
damlarimiz esda qolishi, xotiramizda undan iz qolishi, muloqot uslubiga
www.ziyouz.com kutubxonasi
bogiiq. Pedagog kommunikativ muloqotining mahsuldor bo'lishi
uchun pedagogik ta ’sir kuchining tizimlarini, uning har bir qismini
bilishi zarur. Dars jarayonida o'qituvchi qaysi usulni qo'llayotganini
doimo eslab turishi kerak. Buning uchun pedagog ikkita muhim
muammoni hisobga olishi:
— o'zining xatti-harakatini to'g'ri tashkillashtirishi;
— kommunikativ ta’sir samaradorligini ta’minlashi zarur.
Pedagogik faoliyat jarayonidagi muloqotni quyidagicha tavsiflash
mumkin:
1) o'quvchi va pedagog muloqoti tizimining umumiy tuzilishi
(muloqotning aniq usuli);
2) pedagogik faoiiyatning aniq bosqichi uchun xos bo'lgan muloqot
tizimi;
3) aniq pedagogik va kommunikativ masalalarni yechishda
namoyon bo'ladigan muloqotning vaziyatli tizimi.
Pedagog va ta’lim oluvchilaming ijtimoiy-psixologik ta’sir xusu
siyatlarini muloqot uslublari orqali quyidagicha tushunish mumkin:
a) pedagogning kommunikativ imkoniyatlari;
b) pedagog va tarbiyalanuvchilar o'rtasidagi munosabatlar tabiati;
d) pedagogning ijodiy individualligi;
e) o'quvchilar jamoasining xususiyatlari (Kan — Kalik. Учителю
о педагогическом общении. 97-bet).
Muloqot uslublariga quyidagilar kiradi:
1. Hamkorlikdagi ijodiy faoliyatga qiziqish asosidagi muloqot.
2. Do'stona munosabatlar asosidagi muloqot.
3. Masofadan turib muloqotga kirishish.
4. Qo'rqitish (qo'rquv) asosidagi muloqot.
5. Soxta obro'-e’tibor qozonish uchun tashkil qilinadigan muloqot.
Birinchi uslub asosini pedagogning yuqori kasb etikasi (axloqi)
tashkil etadi. Bu uslub haqida M.O. Knebel, I.P. Volkov, V.F. Shatalovlar
o'z fikrlarini bildirganlar. Ulaming fikricha, bolalar bilan bo'ladigan
munosabat va pedagogik hissiyotlar mana shu uslub asosida shakllanadi.
Ikkinchi uslub asosan do'stona munosabatlar, o'quv-tarbiyaviy
faoliyatda shakllanadi. Do'stona munosabatlar muloqotning boshqarilishini
ta’minlaydi. Maroqlilik bilan do'stona munosabat birgalikda rivojlanadi.
Pedagog bir tomondan bolalar uchun yaqin o'rtoq, ikkinchi tomondan
birgalikdagi faoliyat qatnashchisi bo'lishi lozim.
Uchinchi uslub, ya’ni masofadan turib muloqotga kirishish muhim
ahamiyatga ega. Pedagog bilan o'quvchi o'rtasida muayyan masofa
bo'lishi kerak. Masofa juda uzoq bo'lmasligi lozim. Aks holda
rasmiyatchilik kuchayib, ijodiylik muhiti shakllanmaydi. Pedagog
masofani saqlasa obro'-e’tibori ortadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
To‘rtinchi uslub — qo'rqitish asosidagi muloqot bo'lib, bu uslub
muloqotning negativ shaklidir. Ba’zi pedagoglar o'quvchilarni
qo'rqitish orqali muloqotda bo'ladilar. Chunki ularda pedagogik mahorat
yaxshi shakllanmagan bo'ladi. Ayniqsa, katta auditoriyada ma’ruza
o'qiydigan ma’ruzachilar auditoriyani shu uslub asosida boshqaradilar.
Juda qattiq turib, tinglovchilarni qo'rqitib pedagogik muloqotni
muvaffaqiyatli amalga oshiraman, deb hisoblovchilar yanglishadi. Bu
o'zaro tushunishga to'sqinlik qiladi.
Beshinchi uslub — soxta obro'-e’tibor qozonish uchun tashkil
qilinadigan muloqot bo'lib,
yosh o'qituvchilar malakasi yetarli
bo'lmagani uchun yolg'on ishlatadilar. Bu bilan o'qituvchi o'quvchi
bilan tezroq muloqotda bo'lib olishga harakat qiladi. Bunday usulni
qo'llaydigan pedagogda umumiy pedagogik va kommunikativ madaniyat
yetishmaydi. Demak, pedagoglaming fikricha, birinchi va ikkinchi
uslub asosida muloqotga kirishishigina yaxshi natijalarga olib keladi.
4.5. Kasbiy-pedagogik muloqot texnikasi va treningi
"
Kasbiy-pedagogik muloqotning 5 ta bosqichi bor. Bular:
1.
Muloqot jarayonida mo'ljal olish. Bu bosqichda pedagog
muloqotining anglanganligi yuzaga chiqadi. Shuningdek, muloqot
uslubini yangi kommunikativ faoliyat sharoitida aniqlash ham yuzaga
chiqadi. Psixolog Sh.A. Amonashvili bolalar maktabga kelmasidan awal
ularga xat yozgan. M asalan, «Salom, qadrli.... Men sening
o'qituvchingman. Mening ismim Shalva Aleksandrovich. Maktabga
kirayotganing bilan tabriklayman. Umid qilamanki, sen bilan do'st
bo'lib ketamiz. Sening 35 ta o'rtog'ing bo'ladi. Seni sinfda kutaman».
Demak, bu yerda o'quvchiga mo'ljalga olish ko'rsatmasi berilyapti.
O'z ustida ishlashda pedagogik muloqotning quyidagi bosqichlariga
e’tiborni qaratish lozim:
— bolada yaxshi taassurot qoldirish uchun tashqi ko'rinishingizga
ahamiyat;
— bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda muloqotning bu
bosqichini e’tibordan chetda qoldirmang;
— boshqalar bilan muloqotda keskin burilishga yo'l qo'ymang;
— bugungi muloqot ko'ngildagidek bo'lmasa, uni tuzatishga harakat
qiling;
— darsda qaror qabul qilishda improvizatsiya ( vaziyatni yaratish,
real hayotda bor narsani ko'rsatib vaziyatdan chiqish) ga harakat qiling;
— auditoriya bilan ish boshlashdan aw al faqat o'zingizning
pedagogik materiallaringiz haqida emas, balki bolaning holati, faoliyatga
tayyorligi haqida o'ylang.
www.ziyouz.com kutubxonasi
2. Pedagogik faoiiyatning muhim jihati — e’tiborni o‘ziga tortish
bo‘lib, bola bilan samarali muloqotni amalga oshirish uchun dars
jarayonida bolaning diqqati barqaror bo'lishi kerak. O'ziga jalb
qilishning quyidagi usullari mavjud:
— verbal muloqotda bo'lish (nutqiy);
— tanaffus qilish;
— harakatli (doskaga yozish, ko'rgazmani osish);
— aralash usul (yuqoridagilami birgalikda qo'llash).
Darsda ko'pincha aralash variant usulidan foydalaniladi. Olimlaming
fikricha, yuz ifodasi va imo-ishoralar orqali ma’ruzada 40% axborot
beriladi.
3. Obyektning (kishi) qalbini zabt etish bosqichi pedagogik
muloqotni tashkillashtirishda katta ahamiyatga ega. Mohiyati jihatidan
bu bosqich kommunikatsiyani o'ziga xos izlash bosqichidir. Masalan,
yangi materialni bayon etishda pedagog bolalarni muloqotga tayyorlab
oladi. O'qituvchining o'quvchini tushunishi kasbiy-pedagogik
muloqotning kaliti hisoblanadi.
4. Pedagogik muloqotning yana bir bosqichi bu verbal muloqot,
ya’ni o'qituvchining yangi materialni o'quvchilarga og'zaki bayon qilib
berishidir. Pedagog uchun nutq muloqoti juda muhim. Pedagogik muloqot
tizimida pedagogning so'zi obrazlar qo'zg'atuvchisi bo'lib hisoblanadi.
5. Pedagog bilan tinglovchi o'rtasidagi o'zaro harakatda hayajonni
uzatishning kommunikativ vositalari muhim rol o'ynaydi. Jumladan,
pedagogning nutqi jonli, ohanglarga boy, tushunarli, aniq, sodda tilda
bo'lishi kerak. Shunda tinglovchilaming idroki to'liq, obrazli bo'ladi.
Kasbiy-muloqot treningi mashqlari tizimi ikki bosqichni o'z ichiga
oladi:
a) pedagogik kommunikatsiya elementlarini amaliy egallashga
qaratilgan mashqlar;
b) berilgan pedagogik vaziyat asosida muloqotning barcha tizimini
egallashga qaratilgan mashqlar. Trening samarali bo'lishi uchun bir
nechta nafar pedagog birlashgan holda ish olib borishi lozim. Yosh
pedagoglar uchun birlashgan seminar-treninglar tashkil qilish yaxshi
natija beradi. Tajribali pedagog rahbarligida treninglar o'tkazilishi
maqsadga muvofiqdir.
1-bosqich — hamma uchun yaratilgan sharoitda harakat qilishni
o'rganish. Masalan, xayolan auditoriyaga kiring, doskaga sanani yozing,
yuring, materiallami tayyorlang, stolga o'tiring, kitobni yoki jurnalni
oching, eshikni yoping, tashqariga chiqing. Bu harakatlarni yana bir
marta qaytaring, tezda kirish, tezda chiqishni o'rganing.
2-bosqich — pedagogik faoliyat jarayonida muskullar erkinligini
shakllantirish. Qo'llaringizni qimirlating, his qiling, qayerga sizning
www.ziyouz.com kutubxonasi
quwatingiz boryapti (bo'yningizgami, boshqa barmog'ingizgami,
qo‘lingizgami); ortiqcha og‘irlikni (zo'riqish) yo'qotishga harakat qiling,
barmog'ingizni qattiq ushlang bo'yningizni, keyin yelkangizni bo'sh
qo'ying, qo‘lingiz erkin harakat qilsin, ko'rsatgich barmog‘ingiz esa
qattiq tursin. 10 gacha sanab barcha muskullaringizni bo'shatishga harakat
qiling, boshingizdan boshlab to oyoq barmoqlaringizgacha. Keyin 5
gacha sanab barcha muskullaringizni yana bo‘shatishga harakat qiling.
Bosimni
(zo'riqish)
ushlab turish va olib tashlash.
Bir deb, ushlab
turing, ikki deb bo'shating. Barcha a’zolaringizni (qo‘l, oyoq, barmoq,
bo'yin kabi) navbatma-navbat bo‘shating. Bu mashqlami yurib bajarish
mumkin.
Elementar
(oddiy)
pedagogik harakatlarni bajarish davomida
muskullardagi bosimni olib tashlash.
Xayolingizda auditoriyaga kiring,
stolga yaqinlashing (ortiqcha zo'riqish olib tashlanadi), stolda o'tirib
yozing, doskaga yozing, ko'rgazmalarni mustahkamlang (ortiqcha
zo'riqishni olib tashlang).
Auditoriyada hissiy qulaylikka erishish.
Auditoriyaga kiring, eshik
orqasida tanangizning tetikligini his qiling, kiring, qulay joyni tanlang,
qulay yurishni toping, yuring, qo'lingizni orqangizga qilib yuring,
o'zingizni yaxshi his etishga harakat qiling.
Kuzatuvchanlik,
diqqatni to'play olish, ixtiyoriy diqqat ko'nik
malarini rivojlantirish. Hamkasblaringizning biri bilan pedagog rolida
turib so'zlashing. Tasavvur qiling, siz tinglovchisiz: buyruqni eshiting,
tik holatda turing, alfavit bo'yicha familiyada turing, keyin ism bo'yicha.
Endi bir-biringizning sochingizning rangiga qarang. Auditoriyaga
kirganda diqqatingizni to 'p lash uchun aw al bir tinglovchiga
e’tiboringizni qarating, keyin barchaga diqqatingizni qarating. Bu
mashq diqqatning barqaror bo'lishiga yordam beradi.
Muloqotning oddiy ko'nikmasini rivojlantirish.
Xayolingizda
auditoriyaga kiring, salomlashing, mimika, pantomimika, qarash bilan
tinglovchilar diqqatini o'zingizga qarating. Tinglovchiga turli ta’sirlar
orqali (iltimos, talab, ogohlantirish, rag'batlantirish, yumor, savol,
buyruq kabilar) murojaat qiling.
Tashabbusni boshqarish
(A.A. Leontev bo'yicha). Siz bir kishi
bilan gaplashyapsiz. Siz tinglayapsiz, u gapiryapti,
tashabbusni
qo'lingizga olib endi siz gapiring. Darsda oxirgi stolda o'tiradiganlardan
ko'zingizni uzmang.
Pedagogik muloqotni boshqarish.
Tasawur qiling, siz guruh
rahbarisiz, darsdan so'ng guruhdagilar bilan metall chiqindilari yig'ish
haqida gaplashing. Guruhdagilar bir-birini xafa qilib qo'yishdi, siz
ular bilan dildan suhbatlashing.
Imo-ishoralarni tanlash
Har bir vaziyatda ham imo-ishoralar
kerakmi? Guruh a’zolarini bir juftdan qilib bir-biriga qarama-qarshi
www.ziyouz.com kutubxonasi
qilib o‘tirgizib qo‘ying. Bu usul «ko‘zgu» deyiladi. Bittasi ko'zguga
(ko‘ziga) qaraydi. Ikkinchisi «ko‘zgu» rolini o'ynaydi. «Ko'zgu» rolidagi
kishi barcha harakatlami takrorlab tu ra d i.
Treningning ikkinchi bosqichi — pedagogik muloqot jarayonida
yaxlit o'qitish.
Bu guruhdagi mashqlar ikki qismga bo'linadi:
1. Tipik vaziyatda harakat qilish: kuzatuvchanlik ko'nikmasini
rivojlantirish, vaziyatga o'ylab baho berish, har qanday pedagogik faktni
tahlil qilish, pedagogik faoliyat sharoitida tipik pedagogik vaziyatlar
bo'yicha harakat qilish. O'qituvchi ishini kuzatishda hamkasbining
tinglovchilar bilan qanday usul orqali ish olib borishi ya’ni uning
qanday muloqot turlaridan foydalanishi kuzatiladi. Jumladan, kayfiyati,
o'z hissiyotlarini boshqara olishi, darsda pedagogik hayajonlanishi kabilar.
2. Pedagogik kuzatuvchanlikni mashq qilish. Bolaning rasmiga qarab
uning turli hissiy holatlarini aniqlang (qoniqishi, qiynalayotgani,
muvaffaqiyatsizligi, ayyorligi kabilar). Kuzatishlaringizni guruh rahbari
axboroti bilan taqqoslang.
4.6. Oilada pedagogik muloqot
Oiladagi tarbiyaviy jarayon o'ziga xos xususiyatga ega. Uning oxiri va
awali yo'q. Biz bolani tug'ilgandan boshlab tarbiyalaymiz. Bola ota-
onasining xatti-harakatlarini taqlid qilish orqali o'rganadi, ular aytgan
so'zlami takrorlaydi. Demak, ota-ona bola shaxsi shakllanishi uchun
ideal tarbiyachi bo'lishi kerak. Oiladagi tarbiyaviy jarayon awalo bola
bilan ota-ona o'rtasidagi doimiy muloqotdir. Bolaning tarbiyasi yaxshi
bo'lishi uchun uni sevish kerak. Biz bola bilan muloqotga necha minut
vaqt ajratamiz? Shuni o'ylab ko'rish kerak. 1 soat vaqt ajratsak, bu
yaxshi. Tadqiqotlaming ko'rsatishicha, ota-ona va bola o'rtasidagi muloqot
bir sutkada 1,8 soatni tashkil qilar ekan. Ona 35 minut muloqotda bo'lar
ekan: «qoming ochmi? nima yeysan?» kabilar tarzida. Bola savol bersa
ayrim ota-onalar javob bergisi kelmaydi. Ona ovqat tayyorlash bilan
ovora, ota gazeta o'qish bilan. Turli yoshdagi farzandlarda u yoki bu
muammo bo'lishini biz . kattalar bilishimiz, unga vaqt ajrata olishimiz
kerak. Moddiy g'amxo'rlik bolaga, uning tarbiyasi uchun, muloqoti
shakllanishi uchun yetarli emas. Bolaning qalbiga quloq sola bilish muhim.
Ota-ona o'rtasidagi nizolar kelib chiqishining sabablaridan biri bolaga
e’tibor bermasligidadir. Nima uchun biz hamkasblarimiz bilan,
do'stlarimiz bilan qancha muloqotda bo'lsak ham qoniqmaymiz, lekin
farzandimiz bilan kam muloqotda bo'lamiz?
Ota-onaning e’tibori oilada hissiyot madaniyatini tarbiyalashga
yordam beradi. Shunday savol tug'iladi: Nima uchun o'sm irlar
www.ziyouz.com kutubxonasi
jinoyatchilik ko‘chasiga kirib qolayapti? Masalan, o'smirlar keksa
kishini kaltaklashayapti. Demak, biz kattalar farzandimizga e’tiborliroq
bo‘la olmayapmiz. Ularning ko'ngliga quloq solmayapmiz. Ularda
boshqalar g'amiga hamdard bo‘lish tuyg'usini shakllantira olmayapmiz.
Yoshlar bilan moda haqida gaplashsangiz ular siz bilan ko'ngildan
muloqotda bo'ladilar. Shu tariqa ulaming ko'ngliga qo‘l solish mumkin.
Bolalar bilan ota-ona o'rtasidagi
o'zaro m unosabatlam i
tashkillashtirish uchun turli to'siqlar xalaqit beradi. Jumladan, band
bo'lish «to'sig'i»— ota-onalar doimo band bo'lishadi, bolaga e’tibor
berolmaydilar, chunki ulaming uy yumushlari ko'p. Bu bolada hissiy
rivojlanishning to'xtashiga olib keladi. Ikkinchi to'siq — yoshga bog'liq
bo'lib, bunda kattalam ing yoshi ulug' bo'lgani uchun bolani
tushunmaydilar. Bolaning ichki dunyosini hisobga ololmaydilar. Kattalar
uchun arzimaydigan narsalar bola uchun muhim bo'lishi mumkin. Eski
qolip «to'sig'i»— ota-onalar o'z bolasining yoshi ulg'ayib borayotganini
sezishmaydi. Farzand ulg'ayib borgan sari ota-onasining u bilan
hisoblashishlarini istaydi.
Shuning
uchun ular o'rtasida
tushunmovchiliklar, nizolar tug'iladi. Biz kattalar farzandlarimiz bizni
doimo tinglashlarini xohlaymiz, bizga bo'ysunishlarini istaymiz. Ulaming
mustaqil fikrlarini eshitishga erinamiz. Demak, kattalar bolaga nisbatan
eski qarashlarini yo'qotishlari lozim. Shunda o'rtadagi to'siq yo'qoladi.
Tarbiyaviy an’analardagi «to'siq» — ota-onalar oiladagi ilgarigi
tarbiyaviy ta’sir usullarini qo'llaydilar, bolaning ruhiy rivojlanishi
darajasini hisobga olmaydilar. Ular o'z malakalarini oshirish ustida
ishlamaydilar. Natijada bola bilan o'rtalarida to'siq paydo bo'ladi, ular
bir-birlarini tushuna olmaydilar.
Didaktizm — bunda ota-onalar bolaga doimo aql o'rgatadilar.
«Unday qilma,» «bu to'g'ri, bu noto'g'ri» va h.k. Bolaning har bir
qadami o'lchanadi, baholanadi. Bu esa bolada zo'riqishni yuzaga
keltiradi, asabiy bo'lib qoladi. Demak, yuqoridagi «to'siqlar»ni
yo'qotish uchun ota-ona farzandi bilan to'g'ri muloqotda bo'lish
yo'llarini izlab topishi kerak. Shundagina bola bilan til topisha olishlari
mumkin bo'ladi.
4.7. Rahbarning ko'rsatmalari vijdonan bajarilishiga
erishishning asosiy qoidalari
Ayrim rahbarlarga «xodimlaringiz sizga doimo bo'ysunadilarmi»,
deb savol bersangiz, ular «yo'q, doim emas, xodimlarim bilan til
topisha olmayman», deb javob qaytaradilar. Nima uchun? Balki rahbar
xodimlarini to'g'ri tushuna olmayotgandir. Demak, ba’zi rahbarlar
to'g'ri ko'rsatma bera olmaydilar. Kasbiy muloqotni to'g'ri yo'lga qo'ya
www.ziyouz.com kutubxonasi
olish lozim. Bir-birini tushunish xodimlarning umumiy aqliy
rivojlanishiga, madaniyatiga bog'liq. Ayrim xodimlarga bitta gap kam,
ikkita gap ortiqcha bo'ladi, ularga 1,5 ta gapni topib ko'rsatma berish
lozim. Har bir xodimning intellekt (aqliy) darajasini hisobga olib
ko'rsatma berilsa, ular vijdonan bajaradilar. Rahbar xodimga mantiqiy
fikr berishi kerak, jumladan, ertaga birorta materialni tayyorlab olib
kiring deyishi mumkin. Xodimda jon dili bilan rahbami eshitish emas,
balki tinglash, chuqur idrok qilish ko'nikm asi bo'lishi lozim.
Xodimning diqqatini to'plab olishiga imkon berishi kerak. Bir-birini
tushunish uchun quyidagi 5 ta shartni aytib o'tish joiz:
— birgalikdagi kasbiy tilga ega bo'lish;
— intellekt (aqliy) darajasini hisobga olish;
— axborotning to'liq bo'lishi;
— mantiqan bayon etish;
— diqqatni bir joyga to'play olish. (Panasyuk A.Yu. Управленческое
общение: практические советы. М. 1990. 21-bet).
Boshqaruv m uloqotining Birinchi «qonuni»ga b in o an ,
xodimlaringiz ishga vaqtida kelish, ishlash, ishni muddatida tugatishni
bilishi kerak. Tushunish — ishni qabul qilish degani emas. Ishni siz
kutganchalik bajarmayotgan xodim tushunmayotganidan emas, balki
qabul qila olmayotganidan shunday bajaradi. Muammoni hal qilishda
xodimning bajargan ishiga qarshi bormasdan masalaga to 'g 'ri
yondashish kerak. Amaliy tavsiyalar berish lozim. Chunki nima qilib
bo'lsa ham xodimni bu ishni bajarishga rozi qilish kerak. Bu — ikkinchi
qoida. Biz kimningdir ehtiyojini, talabini qondirish uchun ishlashimiz
mumkin. Bu ishga qiziqish bo'lmasligi ham mumkin. Chunki bu ish
rahbam i qoniqtiradi. Rahbar ishni topshirayotganida xodimni
qiziqtirishi kerak. Shaxsiy qiziqish bilan ishga doir qiziqish bir-biriga
mos kelishi kerak. Rahbar xodimlarining psixologik xususiyatlarini
yaxshi bilishi jamoa ishining rivojlanishiga olib keladi. Xodimga ish
berishdan awal uning shu ishga qobiliyatini hisobga olib, uni shu
ishni bajarishga ishontirib keyin topshirish kerak.
O'tkazilgan ijtimoiy-psixologik tadqiqotda: psixolog qo'liga toza
oq qog'ozni olib xodimlarga ko'rsatib: «shu oq qog'ozmi», deb
so'ragan, ular: «ha», deb javob berganlar. 15—20 kishidan 2—3tasi
esa har safar shu savol berilganda, ular: «yo'q, qarang, qog'oz
sarg'ish, yoki ko'kish rangda», deb javob berganlar. Demak, har
qanday vaziyatda ham tortishish ahamiyatga ega emas ekan. Agar
ularning yaqin do'sti bu savolni berganida balki bunday tortishib
o'tirmas edi. Demak, biz bir kishi uchun ko'ngildagidek ishlasak,
boshqa kishi uchun shunchaki ishlashimiz mumkin. Rahbar umumiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
topshiriq (barcha uchun) bergandan ko‘ra, shaxsiy (bir kishiga)
topshiriq bersa, yaxshi natijaga erishishi mumkin.
Boshqaruv muloqotining ikkinchi «qonuni» — boshqalar bilan
teng sharoitda kishilar ishni tez qabul qiladilar, (ayniqsa o‘zi yoqtiradigan
kishidan) va aksincha, yoqtirmaydigan kishining topshirig'ini qiyinchilik
bilan qabul qiladilar. Demak, kishilar uchun ish sharoitiga nisbatan
ruhiy muhit yaxshi bo'lishi kerak. Shunday qilib, jamoada shaxslar
bir-biriga nisbatan simpatiyaga ega bo‘lsa ish yaxshi bo‘ladi.
MUNOSABATLAR SHKALASI
— xodimlarga nisbatan ijobiy va
salbiy hissiy munosabatlar bo'yicha tuziladi.
Dostları ilə paylaş: |