Stereotipizatsiya — (grekcha «o‘zgarishsiz, takrorlanish») stereotipga
mos ma’lum yoki taxminan ma’lum bo‘lgan voqealarni tiklash, nisbat
berish yo'li bilan xulq normalarini tasniflash va ularning sabablarini
izohlash. Ba’zan muomala jarayonida noto‘g‘ri stereotip vujudga keladi.
Masalan, A.A. Bodalyev tomonidan o'tkazilgan suhbatga ko'ra,
kishining tashqi qiyofasi va uning xarakteri haqidagi stereotip tasawurlar
ommaviylashib ketganligi tasdiqlandi. So'ralgan 72 kishining 9 tasi yuzi
kvadrat ko'rinishga ega bo'lganlar kuchli, irodali; 17 kishi peshonasi
katta kishi aqlli; 3 kishi sochi tikka kishilar yengilmas, bo'ysunmas
xarakterga ega; 5 kishi bo'yi o'rtachadan past kishilar boshqalar
ustidan
hukmronlik qilishga, buyruq berishga intiluvchi kishilar; 5 kishi chiroyli
kishilar yo ahmoq yoki o'zini sevuvchi kishilar bo'ladi, deb
ta’kidlangan. Begona kishini idrok qilishda birinchi axborot, dastlabki
tasavvur katta ahamiyatga ega. Kishilar tashqi qiyofasi ham muhim
o'rin tutadi. Amerikalik psixologlar tomonidan o'tkazilgan tadqiqot
bunga misol bo'la oladi. 400 o'qituvchiga baholash uchun tarqatilgan
rasmlar ularga 200 nafari ijobiy,
chiroyli, 200 nafari esa salbiy, xunuk,
yoqimsiz deb ta’rif bergan. Ekspertlardan tashqi qiyofasini emas, balki
xarakterini ta’riflash so'ralgan edi. Afsuski, baholaming subyektivligi
kishining tashqi qiyofasini baholash bilan bog'liq.
3.7. Muloqotda teskari aloqa va muloqot treningi
Muloqot muvaffaqiyatli bo'lishi uchun u albatta qayta aloqaga ega
bo'lishi — subyekt o'zaro ta’sir natijalari haqida axborot olishi kerak.
Kommunikator o'zi uzatgan axborotni retsipiyent qanday qabul
qilishini va qanday munosabatda bo'layotganligini
qayta axborot
ma’lumotlariga asoslanib bilib oladi. Muloqotda suhbatdoshni yoki
tinglovchini idrok etish bir-birini tushunishning asosiy shartidir. Agar
o'qituvchi o'quvchilar uni qanday idrok etayotganligini, tushunayot-
ganligini anglay olmasa pedagogik muloqot yaxshi bo'lmaydi. Ayniqsa,
ma’ruza o'tayotganda bu juda muhimdir. Radio-televideniyeda
so'zlayotgan kishi teskari aloqani ololmay qiynaladi, ba’zan
fikrlari
chalkashib ketishi, odatdagi ohang yo'qolishi mumkin. Agar
hamsuhbatni ko'rish orqali idrok etish imkoniyati bo'lmasa, qo'l
barm oqlari va yuz harakati orqali bo'ladigan im o-ishoralar
kam bag'allashib,
harakatlar erkinligini yo'qotib qo'yadi.
Hamsuhbatning fe’I-atvorini idrok etish chog'ida olinadigan signallar
shaxsning keyingi harakatlari va fikrlarini to'g'rilab borish uchun asos
bo'ladi. Umuman hamsuhbatni yoki tinglovchini idrok etish muloqot
vaqtida o'zaro hamjihatlikka erishishning muhim sharti bo'lib
hisoblanadi. O'qituvchining ma’ruza vaqtida teskari aloqaga ega bo'lishi
www.ziyouz.com kutubxonasi
laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlardagiga qaraganda qiyin. Demak,
shaxslararo idrok etish jarayonida teskari aloqa xabar beruvchi vazifani
va o ‘zini o'zi boshqarish vazifasini bajaradi. Kishining jismiy
qiyofasidagi ayrim belgilar (yuzlari, qo‘llari, yelkalari), o ‘zini tutishi,
qo‘llari va gavdasini
qimirlatib imo-ishora qilishi, so‘zlash ohangi
axborot tashuvchilar sifatida xizmat qiladi.
Trening — inglizcha «maxsus rejim, mashq» degan m a’noni
bildiradi. Kishilarda muloqot malakalari tasodifan yoki ta’lim mahsuli
sifatida shakllanib boradi. Masalan, o'quvchilarni to'liq mufassal va
aniq javob berishga, o'zidan kattaga muomala qilganda o'midan turishga
o'rgatib boriladi.
Ijtimoiy-psixologik trening ikki xil vazifani:
1-muloqot va pedagogik muomala qonuniyatlarini o'rganish.
2-pedagogik kommunikatsiya jtexnologiyasini egallash, kasbiy
pedagogik muomala, ko'nikma va malakalarini
shakllantirishni
ta’minlaydi.
Psixologik-pedagogik treningning bir shakli ish o'yinlaridir.
Kishilarda samarali muloqot o'rnatish malakalari tasodifiy ravishda
tarkib topadi yoki ta’limning yordamchi mahsuli sifatida yuz beradi
(1-sinf o'quvchisi to'laqonli javob qaytarishga, kattalar unga murojaat
qilayotganda o'midan turishga va boshqalarga o'rgatiladi).
Ijtimoiy-psixologik trening muammosining nazariy va amaliy tomonlari
ajratiladi. Amaliy tomoni o'quvchilar bilan bo'ladigan muloqot
ko'nikmalari, malakalarini egallashga va ularni chiniqtirishga qaratilgan
mashqlar: darsning barcha bosqichlarida izchillik bilan harakat qilish
malakalarini, pedagogik ish davomida mushaklarning zo'riqishini
so'ndirish malakalarini, ixtiyoriy diqqatni taqsimlash malakasini
shakllantirishga, kuzatuvchanlikni namoyon qilishga qaratilgan mashqlami
taqozo etadi. Magnitofon yozuvi yordamida teskari aloqadan foydalangan
holda o'tkaziladigan nutq texnikasi va madaniyatiga doir mashqlar, tobora
rasm bo'lib borayotgan videomagnitofon texnikasi bor joylarda
o'quvchilar bilan muloqotga kirishilgan sharoitlarda adekvat (aynan
o'xshash) mimika va pantomimikaning rivojlantirilishini ta’minlaydigan
mashqlar alohida ahamiyatga egadir. O'zining magnitofon lentasiga yozilgan
ovozini tinglayotgan va buning ustiga yana o'zini videomagnitofon ekranida
ko'rayotgan kishining nutqini, mimikasini va pantomimikasini to'g'rilash
uchun qulay imkoniyatlarga ega bo'lishi, o'zini «tashqaridan turib» xuddi
boshqa kishini idrok qilganday idrok etishi ma’lum.
Psixologik-pedagogik trening shakllaridan yana biri tipik vaziyat-
larni, masalan, imtihonlarni modellashtiruvchi amaliy o'yinlardir.
Muloqot treningi, ya’ni muloqotni mashq qilish pedagogik ta’lim
uchun juda muhim omil bo'lib hisoblanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi