tomonlaming mavjudligi, ular o'rtasidagi to‘qnashuvning yuzaga kelishi.
Nizolar quyidagi qismlardan tarkib topadi: nizoning tomonlari, nizoning
shart-sharoitlari, nizoning predmeti, nizo qatnashchilarining xatti-
harakatlari, nizoning natijalari. Nizoning dinamik xususiyatlari uning
turli bosqichlarida yuzaga keluvchi nizo va jarayonlaridir: obyektiv nizoli
vaziyatning yuzaga kelishi, vaziyatning nizoli ekanligi anglanishi, nizoviy
o‘zaro ta’sir (yoki nizoning o'zi), nizoning hal etilishi.
Olimlar nizoning rivojlanish bosqichlarini ikkiga ajratadilar:
tomonlarning yashirin to'qnashuvi, tomonlaming ochiq to‘qnashuvi.
Nizolarning shaxsiy, shaxslararo, guruhlararo,
guruhlar ichidagi
kabi turlari farqlanadi. Turli xildagi psixologik nizolar o'zining
asosiga binoan subyektlararo bo'ladi, chunki nizolar har doim
subyektlar o'rtasida — guruh vakillari bilan munosabatda bo'luvchi
turli shaxslararo yoki subyektning o'zi bilan o'zi nizo ko'rinishda
kechadi. N izolarni hal qilish uchun biz m a’lum bir x a tti-
harakatlarni amalga oshiramiz, lekin ular samarali yoki samarasiz
bo'lishi mumkin. Bizning nizolarni hal qilishdagi harakatlarimiz
quyidagi hollarda sam ara berishi kuzatiladi:
qaram a-qarshi
tomonlarning to'qnashuvi to'xtatiladi yoki batamom tugatiladi,
tomonlar qarama-qarshiligi barham topadi.
Jamoadagi, guruhlardagi nizolar xavfli ko'ngilsiz oqibatlarga olib
kelishi mumkin. Ko'pincha ular goh o'chib, goh avj olib, guruh
a’zolarini ishdan chalg'itib, holdan toydirib,
kishining ruhiy holatiga
salbiy ta ’sir etib, surunkali ko'rinishda namoyon bo'ladi. Shuning
uchun nizoni boshqarish va bartaraf etish alohida ahamiyat kasb etadi.
Awalo nizoni oldindan ko'ra bilish, uning ziddiyatli vaziyatga aylanib
ketmasligining oldini olish zarur. Nizoli vaziyatlarda nizoni hal
qilishning ikkita asosiy tuzilishi mavjud: nizoviy omil bilan ishlash,
guruhlar yetakchilari bilan ishlash.
Nizoli vaziyatlami hal qilish xatti-harakatlari belgilanmagan yoki
bu xatti-harakat samara bermagan holatlarda ziddiyatli vaziyat yuzaga
keladi. Ziddiyatli vaziyatni hal qilishning yagona usuli va imkoniyati
— uni to'xtatishdir.
Demak, shaxslararo mojarolar o'z-o'zidan kelib chiqmay, balki
shaxslarning o'zaro kelishmovchiliklari, ma’naviy anglashilmov-
chiliklar, nizolar,
ishga doir, shaxsiy nizolar natijasida yuzaga keladi.
Birinchi toifadagi muloqot (faoliyatdan ko'zlangan maqsadga
erishish uchun axborot ayirboshlash, kommunikatsiya o'rnatish) bilan
5. Shaxslararo birgalikdagi harakat va
do 'stona munosabatlar
www.ziyouz.com kutubxonasi
bir qatorda ikkinchi toifadagi muloqotning (o'zligingni boshqa
kishilarda davom ettirish) mavjudligi har bir kishining ikkinchisiga
ko‘rsatadigan ta’siriga e’tiborni jalb qiladi. Ta’lim — awalo,
axborot
jarayonidir. 0 ‘qituvchi o'quvchiga bilimlarni ma’lum qiladi va o'z
navbatida teskari aloqa tarzida undan ma’lum qilingan bilimlar qanday
o'zlashtirilganligi haqida tasawur hosil qiladigan axborot oladi. O'zaro
birgalikdagi harakat mohiyatlar darajasida amalga oshiriladi.
Pedagogning tarbiya vazifalarini amalga oshirishi jarayoni,
o'quvchilarga ko'rsatadigan ta’siri tarbiyalanuvchilar ko'rib, eshitib
va bajarib borayotgan mazmunlarning muayyan darajada o'zgarishini
taqozo qiladi. Pedagog ko'rsatadigan ta ’sirning turlicha samara kasb
etishi zamirida uning shaxsiyatiga oid xususiyatlar, uning o'zini davom
ettirish, o'zining shaxsiyatiga oid mazmunlami yoshlarga o'tkaza bilish
qobiliyati, uning pedagogik munosabati xarakteri va samaradorligi
mujassamlashgandir.
Muloqot jarayonida kommunikatsiya
ishtirokchilari axborot
almashish davomida bir-biriga ta ’sir etib boradi. O 'zaro ta ’sir
xususiyatlarini aniqlash uchun muloqotning interaktiv tomonini
o'rganish zarur bo'ladi. Muloqotning interaktiv tomoni — birgalikdagi
faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda muloqot ishtirokchilarining
bir-biriga ta ’sir o'tkazishidir. Kommunikatsiya orqali kishilar
birgalikdagi umumiy faoliyatni tashkil etadilar. Bunda kishilar albatta,
bir-birlariga ta ’sir ko'rsatadilar. Shuning uchun o 'zaro ta ’sir
birgalikdagi faoiiyatning tashkil etilishi sifatida tushuniladi. Birgalikdagi
faoiiyatning uch xil modeli mavjud:
1. Har bir ishtirokchi boshqalardan mustaqil ravishda o'ziga tegishli
qismini bajarishi (masalan, shanbalikdagi ish, uy ishlari).
2. Umumiy vazifaning bosqichma-bosqich
har bir ishtirokchi
tomonidan bajarilishi (konveyerdagi ish).
3. Har bir ishtirokchi boshqalar bilan birgalikda bir vaqtning o'zida
umumiy faoliyat bilan mashg'ul bo'lishi (futbol jamoasidagi ish).
Muloqot jarayonidagi o'zaro ta ’sirning ikki xil turi ajratiladi:
1. Kooperatsiyaga asoslangan o'zaro ta’sir — kommunikativ jarayon
ishtirokchilarining umumiy maqsad yo'lida o'z kuchlarini bir-
lashtirishidan iborat. Kooperatsiyaning bir necha turi farqlanadi:
Dostları ilə paylaş: