atvomi o'zgartirish uchun bevosita ta’sir ko'rsatmaydi, ammo bilvosita ta’sir ko'rsatish maqsadi ham bo'ladi. Amerikalik jurnalist G. Lassuel besh unsurdan iborat bo'lgan kommunikativ jarayonning quyidagi modelini taklif etadi: A. Ю т (axborot kim tomonidan uzatilmoqda); B. Nim a (qanday axborot uzatilmoqda); V. Qanday (axborot qanday yo'l bilan uzatilmoqda); G. Kimga (axborot kimga yo'naltirilmoqda); D. Qanchalik samarali (axborot qanchalik samarador uzatildi). Kommunikativ jarayon aksial (bunda axborot ayrim konkret odamlargagina yo'naltiriladi) yoki retial (bunda axborot bir qancha ehtimol qilinayotgan retsipiyentlarga у o'naltiriladi) xarakterda bo'lishi mumkin. Kom m unikator retsipiyent uni qanchalik tushunayotganini «kommunikativ rollar» o'zgargach biladi. Chunki bunda retsipiyent kommunikatorga aylanib awalgi kommunikatorga qabul qilgan axborotning mazmunini qanday tushunganligini bildiradi. Noverbal kommunikatsiyada belgilar tizimi sifatida quyidagi tizimlardan foydalaniladi: 1. Optik-kinetik tizimga imo-ishoralar (qo'l motorikasi), mimika (yuz motorikasi), pantomimika (butun gavda motorikasi) kiradi. Ushbu belgilarning m uloqotdagi ahamiyati shunchalik kattaki, ularni o'rganish uchun alohida soha-kinesika shakllangan. 2. Paralingvistik tizim ovoz vokalizatsiyasidan iborat bo'lib, unga ovoz sifatlari, diapazoni kiradi. Ekstralingvistik tizimga to'xtalishlar, yo'talib qo'yishlar, yig'i, kulgu, nutq tempi kiradi. 3. Proksemik tizimga kommunikativ jarayon ishtirokchilarining fazodagi joylashuvi va kommunikatsiya vaqti kiradi. 4. Vizual kontaktga ko'zlar orqali muloqot qilish kiradi. Dastlab