“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


-matn  Morfin olish texnologiyasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

3-matn 
Morfin olish texnologiyasi 
O‘simlik nomi. Ko‘knori-Papaver (ko‘knoridoshlar oilasiga kiradi.) Ko‘p yillik: bo‘yi 60-150 sm 
ga etadigan o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, yashilroq yoki qizg‘ish binafsha rangli, sertuk, ayrisimon 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
158 
shoxlangan. Bargi oddiy, bandli kulrang yashil, tuxumsimon yoki cho‘ziq tuxumsimon, o‘tkir uchli, 
tekis qirrali yoki cheti bir oz o‘yilgan va poyada ketma-ket joylashgan bo‘lib, boshni aylantiruvchi 
yoqimsiz xidi bor. Gullari yirik oq, faqat bir kecha gullaydi. Mevasi-ko‘p urug‘li, sharsimon, kulrang-
yashil yoki qo‘ng‘ir rangli va ko‘sakcha.
Morfin (texnik)-qo‘ng‘ir sarg‘ish yoki qo‘ng‘ir kulrang mayda kristall kukun. Ishqor va 
kislotalarning suyultirilgan eritmalarida eriydi. Asosiy modda miqdori suvsiz morfin xisoblanadi, 91% 
dan kam emas. Solishtirma og‘irligi 0,58 kg (l. Suyultirilgan spirtda kristallanganda bir molekula suvi 
bor. Sulfat, xlorid va boshqa kislotalar bilan yaxshi kristallanuvchi tuzlar xosil qiladi. Kuchli ishqorlar 
bilan suvda yaxshi eruvchi morfilyatlar xosil qiladi. Ishqor eritmalarida morfin xavo kislorodi bilan 
oksidlanib oksidomorfin xosil qiladi. Texnik morfin kodein, kodein fosfat, dionin, apomorfin 
gidroxlorid va morfin gidroxlorid ishlab chiqarishda oraliq maxsulot xisoblanadi. Xavoda quritilgan va 
urug‘laridan tozalangan ko‘knori mevalari maydalanadi. Xom-ashyo o‘lchamlari 5-3 mm bo‘lmog‘I 
lozim.
Alkaloidlarnining suvli ekstraktsiyasi.
Ekstraktsiyadan oldin xom-ashyo reaktorda bo‘ktiriladi, 
aralashtirilib 5 daqiqa davomida bug‘ bilan ishlanadi. Morfin xom-ashyoda organik kislotalar tuzlari 
ko‘rinishida bo‘lib, ekstraktsiya suv bilan 80-90

S xaroratda olib boriladi. Ajratmadagi morfin 
miqdori 0,05-0,04% ni tashkil etadi. 
 Ekstraktni filtrlash
. Ekstraktsiya tugagandan so‘ng filtrlanadi. Filtrat adsorberga beriladi. 
Adsorber sifatida KU-1 kationit smola bilan to‘ldirilgan. Kationitlardan morfin 1,5-2,0 % li 
ammiakning spirtli eritmasidan ekstraktsiya (yuvish) qilib olinadi.
Elyuatdan morfin ajratib olish
. Elyuatdan morfin ajratib olish uchun eritma bug‘latiladi. Kub 
qoldiq sulfat kislota bilan ishlanadi. Bunda morfinning sulfat tuzi xosil bo‘ladi. Kub qoldiqdagi spirt 
miqdori 35%, xajm qolguncha bug‘latiladi. Spirtli eritmadan morfin 25% li ammiak yordamida 
cho‘ktiriladi. Cho‘kmaga tushgan morfin-asos ajratib olinadi va tozalanadi.
Morfinni tozalash.
Morfinni tozalash uchun uni sirka kislotaning 2% li eritmasida 50
0
S da 
eritiladi. Barcha morfin erigandan so‘ng eritmaga faollashtirilgan ko‘mir qo‘shiladi. So‘ng 
sentrifugada filtrlanadi. Filtrat yana 90
0
S gacha isitilib, unga izopropil spirt qo‘shiladi. Eritma natriy 
gidrosulfat yordamida tiniqlashtirilgandan so‘ng morfin 12% li ammiak yordamida cho‘ktiriladi. 
Morfinning umumiy chiqish unumi- 45,39 %

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin