“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
157 
Texnik anabazin gidroxloridni olish.
Tozalangan asos-anabazin aralashtirgichli, qobiqli va pastki 
quyilishidan iborat apparatga solinadi. Bunda 1:2 nisbatda absolyut izopropanol solib 10-15 minut 
davomida aralashtiriladi. Keyin qurilmaga vodorod xlorid ning 25-30% li izopropanol eritmasini oz-oz 
qismdan solinadi. Xisoblangan miqdorda solingan vodorod xloridning spirtli eritmasi reaktsion massa 
bilan 1,5-2 soat davomida aralashtiriladi va u muzlatilgan suv bilan sovitiladi. Cho‘kmaga tushgan 
anabazin gidroxlorid nutch-filtrda siqiladi va quritilgan aseton bilan yuviladi. Yuvilgan va yaxshilab 
siqlgan anabazin gidroxlorid xona xaroratida 10-12 soat davomida quritiladi. 
Farmokopik anabazin gidroxloridni olish.
Texnik anabazin gidroxlorid shishali dumaloq tubli 
kolbaga solinadi, unga absolyut izopropanol spirtni (1:4) nisbatda qo‘shiladi va qaynab turgan suv 
xammomida to‘liq erib ketguncha qizdiriladi. Keyin eritma emallangan idishga ikki qavatli qog‘oz 
filtridan vakuum ostida filtrlanadi va doimiy aralashtirilib turgan xolda quyuq bo‘tqa xosil qilgan 
aralashma xona xaroratida sovutiladi, cho‘kmaga tushgan kristallar nutch-filtrda siqiladi va bir marta 
uch karalli atseton bilan yuviladi. 10-12 soat davomida davriy aralashtirilib turgan xolda xona 
xaroratida quritiladi, keyin vakuum ostida 0,6-0,7 atm va 40-50
0
xaroratda 2-3 soat davomida olib 
boriladi.
2-matn 
Tebain olish texnologiyasi 
Tebain mayda kristall kukun bo‘lib, sarg‘ish ranglidir. Tebain xloroformda oson, spirtda qiyin 
eriydi. Suyuqlanish harorati 191-193

C. Tebainni preparatdagi tarkibi 99 % dan kam emas. Tebain 
opiy alkaloidlari qatorida fiziologik ta‘siri bo‘yicha narkotik emas zahar hisoblanadi. Tebain asos 
tekodin olishda yarim mahsulot sifatida ishlatiladi. Tebain olishda boshlang‘ich mahsulot sifatida 
tebainli ―mum‖ ishlatiladi. Bu mahsulot papaverin ajratib olingandan so‘nggi mahsulotdir. Tebain 
mumida alkaloidlar miqdori oliy navining sifatiga bog‘liq bo‘lib, 6 dan 15 % gachadir. Tebainni tebain 
mumidan ajratib olish uchun uning salitsil kislota bilan izopropil spirtda yomon eriydigan tebain 
salitsilat tuzini hosil qilish xususiyatidan foydalaniladi.
Texnik salitsilat tebainni olish
. Cho‘yan emallangan qurilmaga tebain mumi joylashtiriladi. 
Aralashmani 35-40
0
C gacha qizdirib turib aralashtiriladi. So‘ngra 20-25
0
C gacha mahsulot sovutiladi. 
Yuvindi suvni dekontatsiyalab, kodeinni ajratish uchun yuboriladi.
Yuvilgan mumga izopropil spirti quyib, 60
0
C gacha qizdiriladi. Mum to‘liq spirtda erishi kerak. 
Spirtli eritmani nordonlashtiriladi. Aralashtirib turilgan holda salitsil kislotani oz miqdordan qo‘shib 
turiladi. Nordonlashtirilgan maxsulotni tebain salitsilatni kristallash uchun 1.5-2 kunga sovuqda 
qoldiriladi. Salitsilat tebainni 50-60
0
C da 20-30 soat davomida quritgich shkafida quritiladi.
Salitsilat tebainni qayta kristallash
. Apparatga salitsilat tebain va suv solinadi. Tarkibni 
qaynatguncha qizdiriladi, so‘ngra nutch-filtrda filtrlanadi. Qaynoq filtrga gidrosulfit natriy qo‘shilib, 
eritmani 12 soatga kristallash uchun qoldiriladi. So‘ngra sentrifugada fugatlanadi. Fugatlangan tebain 
salitsilatni ikki kun davomida 60
0
C da quritiladi.
Tebain asosni olish
. Apparatga suv va tebain salitsilat solinadi. So‘ng eritmaga faollashtirilgan 
ko‘mir qo‘shiladi va nutch-filtrda filtrlanadi. Filtratni cho‘yan emallangan idishga yuboriladi va 
gidrosulfit natriy qo‘shiladi. 50-60
0
C haroratda tebainni 25% ammiak eritmasi bilan ishqoriy 
muhitgacha cho‘ktiriladi. Reaktsion massani 20
0
C gacha sovutiladi va cho‘kkan tebainni sentrifugada 
fugatlanadi. Tebain asosni bir kun davomida quritgich shkafida quritiladi.
Tebain asosni qayta kristallash
. Cho‘yanli emallangan idishga tebain va izopropil spirt 
joylashtiriladi. Tarkibni qaynaguncha qizdiriladi, so‘ng 70
0
C gacha sovutiladi, faollashtirilgan ko‘mir 
qo‘shib aralashtiriladi va eritmani nutch-filtrda filtrlanadi. Tarkib filtratni 15
0
C gacha sovutiladi, 
cho‘kkan tebainni sentrifugada fugatlanadi va ikki marta izopropil spirt bilan yuviladi.Tebain asosni 
quritgich shkafida quritiladi. Qoldiq eritmalar va ko‘mirlar alohida tozalanadi. Tebain fabrikatni 
umumiy chiqish 35,3 % ni tashkil etadi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin