“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

 
 
“?” – mazkur ma‟lumotni tushunmadim, izoh 
kerak. 
 
 
“+” bu ma‟lumot men uchun yangilik. 
 
 
 
“– ” bu fikr yoki mazkur ma‟lumotga 
qarshiman? 
Belgilangan vaqt yakunlangach, ta‘lim oluvchilar uchun notanish va tushunarsiz bo‗lgan 
ma‘lumotlar o‗qituvchi tomonidan tahlil qilinib, izohlanadi, ularning mohiyati to‗liq yoritiladi.
Savollarga javob beriladi va mashg‗ulot yakunlanadi. 
 
 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
156 
1-matn 
Anabazin gidroxlorid olish texnologiyasi 
Anabazin gidroxlorid – oq kristall kukun. Erish xarorati 216-220
0
S., xidsiz, nordon ta‘mli, suvda 
yaxshi eriydi. Anabazin gidroxlorid kichik miqdorda tamaki chekishni tashlash uchun – metilanabazin 
nafas olish markazini qo‘zg‘atuvchi stimulyator vosita sifatida ishlatishga tavsiya etiladi. Anabazindan 
yana nikotin kislota (vitamin rr) olinadi. Anabazin gidroxlorid 0,003g li tabletka xolida chiqariladi. 
Anabazin gidroxlorid ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida sho‘radoshlar- Chenopodiaceae 
oilasiga mansub itsigak – Anabasis aphylla L. o‘simligidan foydalaniladi. 
Xom ashyoni ekstraktsiyaga tayyorlash va alkaloidlarni ekstratsiyalash
. Xom ashyo diffuzorga 
solinadi va o‘tkir bug‘da 12-15 min. bug‘latiladi. Bug‘latishdan sabab oqsil moddalarni o‘simlik xom 
ashyosida ivib qolishning va qisman bo‘ktirilishi uchun alkaloidlarning suv bilan ekstraktsiyalash 
jarayoni 850-95
0
S xaroratda qarama-qarshi oqim bo‘yicha diffuzor batereyalarda olib boriladi. 
Ekstraktlarni diffuzordan diffuzorga siqilgan xavo ostida olib o‘tganda ular kalorizatordan o‘tadi, u 
erda ular 850-95
0
S gacha qizdiriladi, 10 karrali ekstraktsiyadan so‘ng chiqindi ajratib olinadi. 0,8-0,9% 
rN 4,5-5 bo‘lgan anabazin saqlagan ekstrakt yig‘gichga yuboriladi. 
Alkaloidlarni kerosin bilan ekstraktsiyalash
. Yig‘gichdan ekstrakt ishqorlantirichga ―druk‖ filtri 
orqali yuboriladi. Ekstrakt 42% li rN I 12-11 bo‘lgan NaON ning suvli eritmasi bilan ishqorlantiriladi. 
Ishqorlantirilgan ekstraktlarni kerosin bilan ishlov berish uchun likopchali nasadkali kolonkalardan 
foydalaniladi. Kolonka ekstraktlar bilan to‘ldirilgandan so‘ng pastdan markazdan qochma kuch 
ta‘sirida ishlovchi nasos orqali oldindan 75-95
0
S gacha qizdirilgan xolda kerosin yuboriladi. Kerosin 
kolonka bo‘ylab o‘tganda ustiga yig‘iladi va quyilish trubasi orqali kerosin bilan to‘yingan ekstrakt 
yig‘gichga solinadi. Ekstrakt tarkibidagi alkaloidlar miqdori 0,01% ga etguncha kolonnaga kerosin 
yuboriladi. 
Sul’fatlash jarayoni
. Sul‘fatlash 2 ta o‘zaro qo‘shilgan sulfatorda olib boriladi, bularning biriga 
42% N
2
SO
4
eritmasi solinadi. Xar bir sul‘fator bir safar asosiy bir safar oxiri bo‘ladi. Asosiy 
sulfatorda 0,5% N
2
SO
4
, oxirgi qismda 10% N
2
SO
4
bo‘ladi. Kerosinli ekstrakt yig‘gichdan asosiy 
sul‘fatorning injektorga yuboriladi. Oxirgi sul‘fatorga sul‘fatorlash jarayoni xuddi asosiy 
sul‘fatornikiga o‘xshash bo‘ladi. Alkaloiddan ozod bo‘lgan kerosin oxirgi sulfatordan aloxida idishga 
solinadi. Keyingi ajralishda oxirgi sul‘fator asosiy, tayyor anabazin sul‘fat olingandan so‘ng asosiy 
oxirgi sul‘fator sifatida ishlatiladi. 
Anabazin sul’fatni neytrallash.
Texnik anabazin sul‘fat suv bilan (1:1) suyultiriladi va rN – 4,5-5 
muxitda xloroform bilan ekstraktsiyalanadi. Sul‘fat aralashtirgichli, qobiqli va teskari muzlatgichli 
apparatga quyiladi. Buni ustiga o‘lchangan, xisoblangan miqdorda konts N
2
SO
4
solinadi. Aralashma 
yaxshilab aralashtirilib 5
0
C gacha sovutiladi. Keyin reaktsion massaga aralashtirib turgan xolda asta 
sekinlik bilan natriy nitrat quyiladi bunda reaktsion massaning temperaturasi 5
0
C dan oshmasligi 
kerak. Xisoblangan miqdorda natriy nitrit solingandan so‘ng reaktsion aralashma 4 soat 5
0
C da 
aralashtiriladi, keyin 12 soatga tindiriladi. Keyin aralashma 40% li NaOH bilan pH – 6,8-7 ga etguncha 
neytrallanadi, bundan nitrozoanabazin ajralib chiqadi. Neytrallangan aralashma likobchali ekstraktorga 
quyiladi va unga xloroform qo‘shiladi. Nitrozoanabazin ekstraktsiyasi 1soat davomida olib boriladi 
jami 7-8 marta ekstraktsiyalanadi, bunda pH – 6,5 bo‘lishi kerak. 
Ekstraktsiya oxirida xloroformli ekstrakt bir soatga tindiriladi. Birinchi beshta ta ekstrakt 
qo‘shilib, suvsiz natriy gidrosulfatda quritiladi. Nutch filtrda filtrlanadi. Xloroform vakuum-
tsirkulyatsion apparatda xaydaladi. 
Nitrozoanabazinni gidrolizlash
. Nitrozoanabazin aralashtirgichli, qobiqli va teskari muzlatgichli 
qurilmaga solinadi. Bunga xisoblangan miqdorda 18% li HCL solinadi. Aralashma aralashtiriladi va 
98-100
0
da qizdirib 8 soat tindiriladi. Reaksion massa sovigandan so‘ng uni 40% NaOH bilan rN – 9,0-
9,5 muxit xosil bo‘lguncha qo‘shiladi. Keyin likobchali ekstraktorda anabazin xloroform ekstraktsiyasi 
olib boriladi. Xloroform ekstraktni suvsiz natriy sulfat bilan quritiladi va nutch filtrida filtrlanadi. 
Xloroform vakuum-tsirkulyatsion apparatda xaydaladi. Anabazin qoldiq xloroformdan quritiladi va 
120-140
0
C xaroratda 4-5 mm sim ust. qoldiq bosim ostida vakuumda xaydaladi. 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin