Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc


partiyalarda sotish va shu bilan bog‘liq, holda katta mikdordagi mahsulotlarni



Yüklə 4,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/93
tarix05.12.2023
ölçüsü4,82 Kb.
#174040
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   93
4-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-1-qism-Darslik.-B.Abdukarimov.T-2007


partiyalarda sotish va shu bilan bog‘liq, holda katta mikdordagi mahsulotlarni 
saqlash harajatlarini tejash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, chakana savdo 
korxonalariga juda kam miqdordagi tovar zahiralari bilan ishlash va joriy talabni 
to‘liq qondirish imkonini beradi. 
Ulgurji savdoning tovarlarni tashish funksiyasini bajarish ham ishlab 
chiqaruvchi, ham iste’molchi korxonalar uchun iqtisodiy jihatdan qulaylik 
tug‘diradi. Bunda ishlab chiqaruvchilar ko‘p sonli mijozlarga tovarlarni kichik 
partiyalarda yuklab jo‘natish zaruratidan xolos bo‘ladilar. 
O‘z navbatida chakana savdo bilan shug‘ulanuvchilar ham alohida 
ishlab chiqaruvchilarning barchasi bilan alohida bo‘lib turish zaruratidan kutiladi. 
www.sies.uz
Page 313 of 356 


314
314
Ulgurji savdo ishlab chiqaruvchilar va istemolchilar o‘rtasida hisob-kitobni 
amalga oshirish funksiyasini ham bajaradi. Bu asosan kichik biznes va chakana 
savdo bilan shug‘ullanuvchilar uchun qo‘l keladi. Ulgurji savdo korxonalari 
tovarlarni qabul qilib olar ekan, hali tovarlar so‘nggi iste’molchilargacha 
sotilmagan bo‘lsada, to‘lovni amalga oshiradi. Ya’ni, tovarlar oxirgi 
iste’molchilarga yetib borguncha bulgan davrda ular avanslanadi. Bu ishlab 
chiqaruvchilar faoliyatining uzluksizligini ta’minlaydi va ular mablag‘lari 
aylanuvchanligini tezlashtiradi. Ulgurji savdo uzining hisob-kitob funksiyasi 
orqali chakana savdo korxonalari ham tovar operatsiyalari bo‘yicha avanslanadi, 
ya’ni (bank o‘rnida) ularning kreditlanishi ta’minlanadi. 
Ulgurji savdo korxonalari bozor konyukturasini o‘rganish, shu bilan 
birga ishlab chiqaruvchilar, tovarlar harakatini ta’minlovchi alohida bo‘g‘inlar va 
oxirgi iste’molchilarni talab va taklifning xajmi haqidagi axborotlar bilan ta’minlash 
sohasida ham faol o‘rin egallaydi (axborot funksiyasi, reklama bilan birgalikda). 
Bozor iqtisodiyoti amal qiladigan xorijiy mamlakatlarda hozirgi kunda 
ulgurji savdo bilan ishlab chiqaruvchilarning ulgurji firmalari, ti j o ra t u l g u rj i
t a s h ki l o t la r i , a g e n t l a r v a b r o ke rl a r shug‘ullanmokdalar. Ishlab chikarilgan 
tovarlarni 
o‘zining 
ulgurji 
savdo 
firmalari 
orkali 
sotish 
elektronika, 
avtomobilsozlik, mashinasozlik kabi soha korxonalarida keng tarqalgan. Tijorat 
ulgurji tashkilotlari tovarlarga egalik huquqini qulga kiritadi, shuningdek, har xil 
iste’mol tovarlari bilan shug‘ullanadi. Agentlar va brokerlar - bular vositachilar 
sanalib, ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchilar hisoblanadi. Birok, bular 
tovarlarga egalik huquqini qo‘lga kiritmaydilar. Agentlar bilan brokerlarning
farqi shundaki, birinchisining faoliyati doimiylik asosida bo‘lsa, ikkinchisiniki 
vaqtinchalik (bir martalik) dir. 
Respublikamizda xozirgi kunda xalq, iste’mol tovarlari ulgurji savdosi 
bilan «o‘zbeksavdo» konserni va «o‘zbekbirlashuv» korporatsiyasining ulgurji 
bazalari, ayrim Vazirliklar, davlat muassasalari, shuningdek xususiy 
korxonalar, qo‘shma korxonalar, xorijiy ta’minotchilar va boshqalar 
shug‘ullanmokdalar. Shular bilan bir qatorda bozor iqtisodiyotiga o‘tish 
www.sies.uz
Page 314 of 356 


315
315
sharoitida muomala sohasida ulgurji savdoning shakli sifatida birjalar ham 
muhim o‘rin egallaydi. 
Respublikada ko‘chmas mulk savdosi bilan shug‘ullanuvchi brokerlar 
kontoralari va agentlar, shuningdek, aksiyalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi 
brokerlar kontoralari faoliyat yuritmoqda. 
O‘zbekiston respublikasida 1992 yil iyulda «Birjalar va birja faoliyati 
to‘g‘risida» qonun qabul qilindi. Mazkur qonunning qabul qilinishi respublikada 
bozor iqtisodiyotiga o‘tishning yangi bosqichini belgilab berdi. Ushbu qonunda 
birja faoliyatini tashkil etish va boshqarishning huquqiy jihatlari o‘z aksini topgan. 
qonunda birja tushunchasiga aniqlik kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra, birja deganda 
oldindan belgilangan joyda va muayyan vaqtda birja tovarlarning erkin _ulgurji 
savdosiga sharoit yaratuvchi yuridik shaxc sifatida faoliyat tushuniladi.
 
Birja tovarlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
-
mol-mulk, shu jumladan ko‘chmas mulk; 
-
xizmatlar; 
-
mahsulotlarni yetkazib berish tug‘risida bitimlar; 
-
intellektual mulk; 
-
qimmatli qog‘ozlar; 
-
valyuta mablag‘lari; 
- tovarlar. 
Yer osti boyliklari, suv, boshqa tabiat resurslari, milliy, madaniy va tarixiy 
boyliklar hamda shu kabi hukumat tomonidan belgilangan tovarlar birja 
savdosining predmeti bo‘la olmaydi. 
Ixtisoslashuv harakteriga ko‘ra birjalar quyidagicha turlarga bo‘linadi: 
-
tovar birjalari (ixtisoslashgan yoki universal); 
-
valyuta birjalari; 
-
fond birjalari; 
-
tovar-fond birjalari; 
-
intellektual mulk savdosi bilan shug‘ullanuvchi birjalar; 
-
aralash birja. 
www.sies.uz
Page 315 of 356 


316
316
Birja faoliyatlari quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi: 
-
o‘tkazish usullari va vaqtlari aniq belgilash yo‘li bilan birja 
savdosi samaradorligini ta’minlash; 
-
birja tovarlari bozorini shakllantirish;
-
erkin tashkil topuvchi bozor narxlari shakllanishi; 
-
savdoning erkin va oshkora tarzda o‘tkazilishi; 
- tasdiqlangan qoidalar asosida erkin kelishuvlarni ro‘yxatga olish; 
- tovarlar narxining kotirovkasini o‘tkazish va bu haqdagi 
axborotlarni chop etish; 

monopoliyaga qarshi qonunchilikka rioya qilish. 
hozirgi kunda o‘zbekistonda quyidagi birjalar faoliyat yuritmokda:
o
respublika tovarlar va xom-ashyolar birjasi, shuningdek 
ularning viloyatlardagi filiallari; 
o
respublika fond birjasi va uning viloyatlardagi
brokerlik kontoralari; 
o
respublika ko‘chmas mulk birjasi va uning viloyatlardagi 
filiallari; 
o
respublika valyuta birjasi. 
O‘zbekiston Respublikasi tovarlar va xom-ashyolar birjasi yirik birja 
bo‘lib hisoblanadi. U respublikada yuqori likvidlik tovarlar va xom-ashyolarni 
sotish jarayonini bozor mexanizmlari orqali tartibga solishda asosiy rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston Respublikasi tovarlar va xom-ashyolar birjasining respublika 
birjalar tovar aktivlari bo‘yicha tovar aylanishidagi hissasi (2006 yil) 90% ni 
tashkil qiladi.
Ushbu birja tarkibida 250 ga yaqin savdo maydonlari mavjud bo‘lib, ular 
o‘zbekiston hamda yaqin va uzoq chet ellari hududlarida joylashgan. Uning 
tovar aktiviga paxta tolasi va ipi, neft mahsulotlari, shakar, mineral o‘g‘itlar, 
qora va rangli metallar, polietilen, bug‘doy uni va boshqalar kiradi.
Birjada savdo elektron, valyuta savdo maydonlari, internet seti hamda 
maxsus savdo maydonlari orqali amalga oshiriladi.
www.sies.uz
Page 316 of 356 


317
317
Birja keng brokerlik va analitik – axborotlar xizmatlarini bajaradi. Undan 
brokerlik joylarini sotib olish uchun respublika va chet el kompaniyalariga keng 
imkoniyat yaratilgan (bitta brokerlik joyi 50 A
Є
SH dollari turadi).
O‘zbekiston Respublikasi tovarlar va xom-ashyolar birjasini savdo 
madonlari o‘zbekistonning barcha viloyatlari va qoraqolpog‘istonda, Rossiya, 
qozog‘iston, qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston, Pokiston va Latviya davlatlari 
hududlarida joylashgan.
Matlubot kooperatsiyasi ulgurji savdosi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 
Bu matlubot kooperatsiyasi xo‘jalik faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kooperativ ulgurji savdosida tub o‘zgarishlar yuz 
bermokda. 
Kooperativ ulgurji savdoni matlubot kooperatsiyasining ajralmas tarkibiy 
qismi sifatida o‘rganish zarur. Uning maqsadi va vazifalari ham matlubot 
kooperatsiyasining umumiy maqsadi vazifalaridan kelib chiqib belgilanadi. 
Shuning uchun uning barcha xo‘jalik faoliyati matlubot kooperatsiyasi 
ustavida keltirilgan bo‘lishi va ustavdan kelib chiqqan holda shakllantirilishi 
lozim. 
Kooperativ ulgurji savdosining boshqa ulgurji savdo korxonalaridan 
farqlantiruvchi xususiyatlaridan biri, matlubot kooperatsiyasi faoliyatining ko‘p 
tarmoqli harakterga ega ekanligi hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida matlubot kooperatsiyasiga qarashli chakana 
savdo korxonalariga, ommaviy ovqatlanish va boshqa soha korxonalariga 
tovarlarni ulgurji sotish bilan shug‘ullanishi kerak. 
Matlubot 
kooperatsiyasi 
tizimiga 
qarashli 
chakana 
savdo 
shaxobchalari ko‘p sonli va tarqoq joylashgan. Shuningdek, ular keng 
assortimetli iste’mol tovarlari savdosi bilan shug‘ullanadi. Bu esa kooperatsiyaga 
xizmat ko‘rsatuvchi universal ulgurji zvenolarning mavjud bo‘lishini talab qiladi. 
Matlubot kooperatsiya ulgurji savdosiga quyiladigan asosiy talab shundan 
iboratki, ular qishloq, aholisi ehtiyojidan kelib chiqqan holda markazlashtirilgan 
www.sies.uz
Page 317 of 356 


318
318
tartibda, uzluksiz ravishda kichik partiyalarda chakana savdo korxonalarini 
tovarlar bilan ta’minlash imkoniga ega bo‘lishi kerak. 
Matlubot kooperatsiyasi ulgurji savdosi uning tizimi ichida amal qiladi. 
Ya’ni, u qishlok, joylarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda 
o‘z tizimidagi chakana savdo va boshqa tarmoqlarni tovarlar bilan ta’minlaydi. 
O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 21 fevraldagi 
«O‘zbekistan Respublikasida meva-sabzavot mahsulotlarini ulgurji harid qilish va 
realizatsiya qilish tizimini rivojlantirish to‘g‘risida»gi 98-sonli qaroriga muvofik, 
«O‘zbekbirlashuv» 
tarkibida 
meva-sabzavotlar 
ulgurji 
savdosi 
bilan 
shug‘ullanuvchi «O‘zulgurmevasabzavot» respublika aksionerlik kompaniyasi 
tashkil etildi. «O‘zulgurmeva-sabzavot» AK ning asosiy vazifasi 
quyidagilar hisoblanadi: meva-sabzavotlarni g‘amlash, saralash, qadoqlash va 
ularni qayta ishlash korxonalariga hamda aholiga ulgurji sotish, meva-sabzavot 
mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish, ushbu mahsulotlar savdosi 
bo‘yicha xorij firmalari bilan tashqi savdo aloqalarini amalga oshirish. 
«O‘zulgurjisabzavot» AKining meva-sabzavot mahsulotlarini g‘amlash 
va sotish bo‘yicha asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, tumanlarda joylashgan ulgurji 
tayyorlov-sotish korxonalari hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga erishishi va bozor iqtisodiyoti 
munosabatlarini shakllantirishi munosabati bilan ichki savdoni tashkil qilish, uni 
rivojlantirish jarayonida ijobiy va salbiy tendensiyalar, tarkibiy siljishlar, 
shakllarining o‘zgarishi kabi xodisalar ro‘y berdi. Ularni asosiylariga to‘xtalib 
o‘tamiz. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayoni 
savdoda monopol faoliyat uchun shart sharoit tug‘dirib turgan tashkiliy tarkibiy 
tuzulmalarni bartaraf qilishdan boshlandi. Davlat va kooperativ savdoda Davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish kabi ishlar jadallik bilan amalga 
oshirildi.
Respublikada o‘tkazilgan islohalar natijasida savdo sohasidagi davlat va 
kooperativ tizimi barham topdi. Ularning o‘rniga turli mulk shaklidagi kichik 
www.sies.uz
Page 318 of 356 


319
319
biznes va xususiy tadbirkorlikka taaluqli savdo korxonalari va shaxobchalardan 
iborat xizmat sohasi vujudga keldi. Ularning umumiy soni oxirgi 15 yilda 10 
baravarga ortdi. Ular uchun yaratilgan erkinlik, savdo jarayonini soddalashtirish, 
nozoratni kamaytirish ular faoliyatini kengaytirishga keng yo‘l ochib berdi.
Mustaqillik yillarida ichki savdoda o‘tkazilgan tarkibiy o‘zgarishlar 
natijasida Respublika chakana savdo aylanishi ko‘rsatkichida 1991 yili davlat 
savdosining hissasi 47,5 % tashkil qilgan bo‘lsa, 2005 yilga kelib, uning hissasi 
1,1 % tashkil qildi, chakana tovar aylanishini 98,8% nodavlat sektorga, jumladan, 
fuqarolarning shaxsiy mulkiga asoslangan savdoning hissasiga 85,3% to‘g‘ri 
keladi. Savdo sohasiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik shakllanadi va ular 
Respublika savdosida asosiy o‘rinni egallaydi. Savdoning yangi shakli, ya’ni 
xususiy savdo shakllanadi. Eski markazlashgan holda tovar taqsimoti o‘rniga 
yangi bozor mexanizmi vujudga keldi, tovar oldi sotdi jarayonida raqobat muhiti 
shakllandi.
Savdoda vertikal boshqaruv tizimi barham topdi. Baholar erkinlashtirildi. 
Xo‘jalik aloqalari bozor iqtisodiyotiga moslashtirildi. Tashkiliy tuzilmalar 
butunlay yangi tartibda tuzildi. Vazirlik va boshqarmalar yo‘q qilindi. Xususiy 
firmalar, yakka tartibdagi savdo shaxobchalari vujudga keldi. «O‘zbeksavdo» 
aksioner 
kompaniyasi, 
«O‘zbekbirlashuv» 
aksionerlik 
kompaniyasi, 
«O‘zulgurjisavdoinvest» uyushmasi, viloyatlarda «Matlubotta’minotsavdo» 
aksionerlik kompaniyasi, tumanlarda, tuman «Matlubotsavdo» savdo ishlab 
chiqarish kooperativlari tashkil qilindi.
Ushbu ijobiy tendensiyalar bilan bir qatorda savdo sohasida salbiy 
o‘zgarishlar ham kuzatilmoqda. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin. 
Birinchidan, mahsulot yetkazib berishning markazlashgan tizimining 
bekor qilinishi munosabati bilan savdo shaxobchalariga aksariyat hollarida 
tovarlar mayda ulgurji vositachilar orqali bazalardan keltirilmoqda. Natijada 
tovarlarni siljitish bo‘g‘inlari ko‘payishi, bahoni nazorat qilib bo‘lmaydigan 
darajada ortib borishi, tovarlarning sifatini nozorat qilib bo‘lmaydigan holatlar 
vujudga keldi. har xil yo‘llar bilan chet ellarning (Xitoy, Turkiya, Eron va bosh.) 
www.sies.uz
Page 319 of 356 


320
320
sifatsiz tovarlari ichki bizorni to‘ldirish hollari kuzatilmoqda.
Bugungi kunda ulgurji va chakana savdoda tovarlarni qabul qilishda 
sifatini tekshirib olish, ularni saqlash, sotish jarayonlarida sotishga ta’luqli 
qoidalarga rioya qilmaslik holatlarini ko‘plab uchratish mumkin. 
Ikkinchidan, 
Respublikada 
mulkni 
xususiylashtirish 
va 
Davlat 
tasarrufidan chiqarish jarayonida matlubot kooperatsiyasining ulgurji savdo 
bazalari va chakana savdo shaxobchalari ko‘p hollarda asossiz sotilib yuborildi. 
Natijada qishloq joylarining olis va borish qiyin bo‘lgan tog‘li xududlarda 
yashovchi aholiga zarur tovarlar yetkazish muammosi vujudga keldi. 
Uchunchidan, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning ahvoli 
yomonlashuvi aholini tovarlar bilan ta’minlash jarayonini buzilishini asosiy 
sababi savdo jarayonidan ulgurji savdoni barham topganligida. Iste’mol tovarlari 
ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan savdoning shartnomaviy aloqalari uzilib 
qoldi. Bejiz emas Respublikamiz Prezidentini «Ulgurji va chakana savdoni 
liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish 
chora-tidbirlari to‘g‘risida»gi 2006 yil 23 fevral Farmoni va shu yil 6 martdagi 
«Ulgurji savdo uyushmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» gi qarorini qabul 
qilinishi.
Ushbu Farmon va qaror asosida respublikamiz viloyatida xududiy ulgurji 
savdo bazalari, Respublikada esa «O‘zbekulgurjisavdoinvest» uyushmasi tashkil 
qilindi.
2006 yil davomida uyushma tizimida yettita ixtisoslashgan respublika
baza – kontorasi, 17 ta oziq-ovqat va 13 ta nooviq-ovqat tovarlari bilan savdo 
qiluvchi hududiy universal ulgurji savdo bazalari tashkil etildi.
І
ozirgi kunda «O‘zulgurjisavdo invest» tomonidan tuzilayotgan 
shartnoalar tovar ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo korxonalari doirasini 
kengaytirish oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining muhim turlari, birinchi 
navbatda, qishloq aholisiga uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash, 2010 
yilgacha ulgurji bazalar sonini 78 taga yetkazish, ikkinchi bosqichda 
mintaqalarda ixtisoslashtirilgan, tumanlarda esa universal bazalarni tashkil etish 
www.sies.uz
Page 320 of 356 


321
321
vazifasini bajarishni maqsad qilib qo‘ygan.
Butun jahon amaliyotida xususiy savdo ham uyushtirilgan holda
tashkillashtirilgan. Bizning fikrimizcha, Prezidentning yuqorida keltirilgan 
Farmoishi 
va 
qarori 
Respublikamizda 
savdoni 
uyushtirilgan 
holda 
tashkillashtirishga asos soladi. 
Respublikada savdoni takomillashtirsh masalasi hukumatning dolzarb 
vazifasi darajasiga ko‘tarildi.
2006 yil 4 avgust kuni Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan yig‘ilishda 
«Respulikaga chetdan tovarlar olib kelish va sotishni tartibga solish, ichki 
iste’mol bozorini mamlakat sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar 
bilan to‘ldirish va mahalliy tovar ishlab chiqaruvilar faoliyatini rag‘batlantirish, 
ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirsh uchun qulay 
shart-sharoishlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora tadbirlar 
to‘g‘risida»gi masala muhokama qilindi. Bu yig‘ilishda qishloq xududlarida 
uyushgan savdo korxonalarining faoliyati yetarli darajada tashkil etilmaganligi, 
oqibatda, ayniqsa olis cho‘l zonalari, borish qiyin bo‘lgan tog‘li xududlarga 
asosiy turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini yetkazib berishda 
buzilishlar ro‘y berayotganligi, ishlab chiqarishdan tovarlarni ulgurji harid qilish 
va ularni chakana savdo shaxobchalariga yetkazib berish bo‘yicha shartnomaviy 
munosabatlar yo‘lga qo‘yilmaganligi qayd etilgan.
«O‘zulgurjisavdo invest» baza - idoralari, ulgurji savdo korxonalari 
ushmasini tashkil etishdan maqsad – ishlab chiqaruvchilar, ulgurji baza va 
chakana 
savdo 
tarmoqlari 
o‘rtasida 
o‘zviy 
shartnomaviy 
aloqalarni 
mustahkamlab, xalqimizni ehtiyojidan va talabidan kelib chiqqan holda 
Respublika aholisiga, hususan, qishloq, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlar 
kundalik zarur bo‘lgan, Respublikamizda ishlab chiqarilgan hamda chetdan 
keltiligan tovarlarni eng qulay sharoitda va arzon narxlarda yetkazib berishni 
tashkil etishdan iborat.
Uyushmaga ichki iste’mol bozorida marketing tadqiqotlari olib borish, 
mamlakatimiz korxonalari bilan barqaror savdo aloqalari o‘rnatish, sanoat va 
www.sies.uz
Page 321 of 356 


322
322
oziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish uchun buyurtmalarni joylashtirish 
masalalari bilan shug‘ullanish vazifasi qo‘yilgan. 
Uyushma faoliyatining pirovard maqsadi – iste’molchilarga chakana 
savdo tarmog‘i orqali barcha zarur mahsulotlarni yetkazib berish.
To‘rtinchidan, savdo korxonalari va shaxobchalari iste’mol tovarlarani 
ishlab chiqarish holati, aholining holati to‘g‘risida axborotlarga ega emas, ularni 
o‘rganish masalasi bilan shug‘ullanmaydi. Bizning fikrimizcha talab va 
taklifning 
hajmini, 
tarkibini, 
joylashishini, 
o‘zgarish 
tendensiyalarni 
o‘rganadigan maxsus (chet ellardagi kabi) tashkilotlar yoki ilmiy-tadqiqot 
muassasalari tashkil qilish vaqti keldi. Xozirgi kunda bunday dolzarb masalani 
hal qilish «o‘zulgurjisavdo invest» uyushmasi zimmasiga yuklatilgan.
10.2. Ulgurji tovar aylanishining mazmuni va turlari. 
Ulgurji tovar aylanishi ulgurji savdo korxonalarining asosiy ko‘rsatkichi 
hisoblanadi. Uning hajmi, tarkibi va tovar harakatining shakllariga bog‘lik, holda 
ulgurji savdo korxonasi xo‘jalik faoliyatining boshqa ko‘rsatkichlari aniqlanadi 
(harajatlar, daromadlar, foyda va h,.k.). Ulgurji tovar aylanishi tovarlarning 
iqtisodiy aylanmasini yakunlamaydi, balki ularning iste’molchilar tomon 
davomli harakatini aks ettiradi. Ulgurji tovar aylanish deganda, korxona va 
tashkilotlar tomonidan muayyan vaqt oralig‘ida boshqa korxona va tashkilotlarga 
keyinchalik qayta sotishi yoki qayta ishlashi uchun sotilgan tovarlar hajmi 
tushuniladi. Ya’ni, ulgurji tovar aylanishi deganda, korxonalarda sotilgan barcha 
tovarlar hajmi emas, balki qayta sotish hajmi nazarda tutiladi. 
Ulgurji tovar aylanishi quyidagi belgilari bo‘yicha farqlanadi:
o
tovar resurslarining belgilangan yo‘nalishlari bo‘yicha; 
o
ishlab chiqarish sohasidan muomala sohasiga tovar 
harakatining shakllariga qarab; 
o
 
yetkazib berilgan tovarlar uchun sanoat korxonalari, ulgurji 
va chakana savdo korxonalari hamda boshqa iste’molchilar 
www.sies.uz
Page 322 of 356 


323
323
o‘rtasidagi hisob-kitoblar harakteriga ko‘ra. 
Tovar resurslari yo‘nalishiga qarab ulgurji tovar aylanishi quyidagilarga 
bo‘linadi: haridorlarga tovarlar sotish bo‘yicha ulgurji tovar aylanishi; viloyatlar 
o‘rtasidagi ulgurji tovarlar aylanishi; turli savdo bilan shug‘ullanuvchi tizimlar 
o‘rtasidagi ulgurji tovar aylanishi; tizim ichidagi ulgurji tovar aylanishi. 
Haridorlarga tovarlarni sotish bo‘yicha ulgurji tovar aylanishi mazkur 
ulgurji korxona tomonidan bevosita chakana savdo va boshqa (ommaviy 
ovqatlanish korxonalariga, sanoatga qayta ishlash uchun, sanoat iste’moli va 
boshqa 
maqsadlar 
uchun) 
haridorlarga 
ulgurji 
tovar 
so tishni(harakterlayd i)tavsiflayd i. 
Viloyatlar o‘rtasidagi ulgurji tovar aylanishi bir viloyatdan boshqasiga 
shartnomalar va bir martalik bitimlar asosida tovarlar sotishni ifodalaydi. 
Tizimlar o‘rtasidagi ulgurji tovar aylanishiga turli savdo tizimlariga 
qarashli ulgurji bazalar o‘rtasidagi (masalan, «o‘zbeksavdo» va «o‘zbekbirlashuv» 
konsernlari ulgurji bazalari o‘rtasida) ulgurji tovar aylanishi kiradi. Tizim 
ichidagi ulgurji tovar aylanishi bir tizimga qarashli ulgurji bazalarning ulgurji 
operatsiyalar xajmini ifodalaydi (masalan, «O‘zbekbirlashuv» tizimidagi ulgurji 
bazalar o‘rtasidagi). 
Ulgurji tovar aylanishiga ulgurji savdo korxonalari bilan boshqa 
mamlakatlar korxona va tashkilotlari orasidagi ulgurji operatsiyalar hajmi ham 
kiradi. Amaliyotda bunday operatsiyalar, mazmun jihatidan davlatlararo ulgurji 
tovar aylanish tushunchasiga yaqin bo‘lsada, tashqi iqtisodiy operatsiyalar 
(eksport, import) sifatida qaraladi.
www.sies.uz
Page 323 of 356 


324
324
10.3 Ulgurji tovar aylanishini ko‘rsatkichlari. 
Ulgurji 
tovar 
aylanishining 
asosiy 
ko‘rsatkichlari 
kuyidagilardan 
iborat bo‘ladi: 
Ø
ulgurji tovar aylanishining umumiy hajmi; 
Ø
ombor ulgurji tovar aylanishi; 
Ø
tranzit ulgurji tovar aylanishi; (to‘langan tranzit va 
to‘lanmagan tranzit). 
Ø
tovar zahirasi (davr boshiga va oxiriga); 
Ø
tovarlarni kelishi; 
Ushbu ko‘rsatkichlar barchasi tovar assortimenti bo‘yicha ham hisob kitob 
va tahlil qilinadi, rejalashtiriladi, prognozlashtiriladi. 
Tovar zahiralari tushunchasi, turlari ko‘rsatkichlari chakana savdodagi
bilan o‘xshash bo‘lib, ularni savdoda chakana tovar aylanishi 
o‘rniga 
ulgurji 
ombor tovar aylanishi, hamda mayda ulgurji tovar aylanishi ko‘rsatkichlari
(agarda amalda bo‘lsa) ishlatiladi. (Chakana tovar aylanishi mavzusiga qaralsin). 
Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar bir - biri bilan o‘zaro bog‘liqlikda, 
chunki ularni bir qismi resurs, ya’ni taklif ko‘rsatkichlarini ifoda qiladi, ikkinchi
kismi esa talab mikdorini belgilaydi. Shu sababli ularni o‘zaro bog‘liqligi tovar 
www.sies.uz
Page 324 of 356 


325
325
aylanish balansida o‘z ifodasini topadi. Tovar aylanish balansi formulasi quyidagi 
shaklda yoziladi: 

Yüklə 4,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin