144
asosida qishloq xoʻjaligi boʻlmagan yangi ish joylarini yaratish yoʻli
bilan ishchi kuchiga talabni oshirish; mehnatga layoqatli oʻsmirlar, koʻp
bolali ayollar, pensionerlar va nogironlar uchun kvotalangan ish
joylarini tashkil qilish va ularning iqtisodiy rag‘batlantirilishi darajasini
oshirish; band boʻlmagan shaxslarga yangi ish joylarini yaratish bilan
shug‘ullanuvchi ish beruvchilarga doimiy moliyaviy yordamlarni
koʻrsatish; ishchi kuchi taklifini uning malakasini, raqobatbardoshligini
va eksportini oshirish yoʻli
bilan kamaytirish; mulkchilikning turli
shakllarini shakllantirish va milliy iqtisodiyotda chuqur islohot-larni
oʻtkazish asosida aholining ish bilan
bandligi sohasida tarkibiy
oʻzgarishlarni amalga oshirish; ish haqi va boshqa mehnat
daromadlarining manbalari darajasidan
soliq stavkasini keskin
kamaytirish; bandlik xizmatining bozor infratuzilmasini tashkil qilish;
mehnat shartnomalarini tuzishni takomillashtirish va boshqalar.
Bularning hammasi bandlikning sezilarli oʻsishi va ishsizlikning
kamayishiga hamda ishchi kuchiga talab va uning taklifi oʻrtasidagi farq
qisqarishiga koʻmaklashadi.
Dostları ilə paylaş: