139
avtomatlashgan texnika va texnologiya bilan ta’min etilgan hollarda yuz
bermoqda. Asbob-uskunalarni sozlash, joriy ta’mirlash uchun malakali
ishchilar, dasturiy xodimlar, ishchi kuchining maxsus bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘lgan boshqa toifalari kerak bo‘ladi. Muammoni
hal etishning yagona yo‘li kadrlarni firma ichida tayyorlash va qayta
tayyorlashdan iborat bo‘lib, u ma’lum darajada chiqimlar qilinishini
talab etadi. Muammoni hal etishning ko‘pgina korxonalar uchun ancha
qulay ikkinchi yo‘li – malakali xodimlarni vositachilar orqali vaqtincha
yollashdir.
O‘zbekistonda
tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
oldida
mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirishda tashqi mehnat
migratsiyasi va ish kuchi eksporti mehnat bozorining rivojlanishida
muhim ahamiyatga ega. Ishchi kuchi eksporti – bu ishchi kuchining
biror mamlakatga ma’lum muddatga shartnoma asosida foydalanish
sharti bilan sotilishidir. U boshqa eksport tovarlaridan ma’lum
muddatga foydalanishi bilan farq qiladi. Ishchi kuchi eksporti talaygina
foydalilik jihatlarga ega:
ya’ni, mamlakatimizda ishchi kuchi taklifiga talab yetarli darajada
emas.
Ishchi kuchi eksporti esa, bu muammoni hal etishga yordam
beradi. Eksport natijasida ishsizlar ma’lum muddatga ish bilan
ta’minlanadilar;
ishchi kuchi jahon bozoriga chiqarilgach, raqobatchilik muhiti
unga sifatlilik, mukammallik, ishonchlilik
kabi bir qancha talablarni
qo‘yadi. Bozordagi mavjud shiddatli raqobatga bardosh bergan har
qanday tovar, tabiiyki, ichki bozorda ham yuqori sifatga va yuqori
qiymatga ega bo‘ladi. Shu bilan birga jahon mehnat bozoriga chiqqan
tovar – ishchi kuchi ilg‘or mamlakatlar tajribasini,
zamonaviy,
mukammal texnologiyalar sirini o‘zlashtirib yanada yuqori sifatga
erishadi, o‘z kasbi bo‘yicha zarur axborotlar hajmini kengaytirib,
malakaviy samaradorlik darajasini mustahkamlaydi;
– xorijiy mamlakatda malaka oshirayotgan ishchi kuchi egasida til
o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ladi;
– ishchi kuchi eksportidan kelgan tushum YaMMning tarkibiy
qismi bo‘lmish milliy daromadning o‘sishiga
olib keladi;
140
– ishchi kuchi eksporti, o‘z navbatida, malakali ishchi kuchi
importining kamayishiga olib keladi. Buning natijasida respublikamiz-
ning malakali ishchi kuchiga bo‘lgan talabi o‘z ishchi kuchi hisobiga
qondiriladi va ortiqcha
xarajatga hojat qolmaydi;
– eksport qilingan ishchi kuchi mamlakatga chet el valutasi
tushumini ko‘paytiradi.
Dostları ilə paylaş: