142
XIII BOB
YAQIN KELAJAKDA MEHNAT BOZORINING
RIVOJLANISHI
13.1. Mehnat bozori rivojlanishi konsepsiyasining strategik
maqsadlari
Mehnat resurslari bilan koʻp ta’minlangan respublikamiz mehnat
bozori rivojlanish
konsepsiyasining
asosiy maqsadi
– mehnatga
layoqatli aholi ish bilan bandligining kamayishi, ishsizlikning oʻsishi,
yangi ish joylarining kam yaratilishi,
mehnat unumdorligining
pasayishi, inflatsiyaning mavjudligi, mulkchilikning turli shakllari
sekinlik bilan rivojlanishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlarning
sustligi, haqiqiy mehnat daromadlarining
kamayishi kabi sharoitlarda
ishchi kuchiga talabni oshirish va uning taklifini kamaytirish boʻyicha
kompleks tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Ular oʻtish davri
O‘zbekiston milliy iqtisodiyotini chuqur tarkibiy isloh qilish va
erkinlashtirishning strategik maqsadlariga asoslanib ishlab chiqiladi.
Buni hisobga algan holda mazkur konsepsiyaning strategik
maqsadlari qilib quyidagilarni belgilash mumkin:
– ijtimoiy yoʻnaltirilgan mehnat
bozorini bosqichma bosqich
shakllantirish;
– mehnatga layoqatli ish bilan band boʻlmagan aholini ish joylari
balan ta’minlovchi hamda ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga
soluvchi mustahkam rivojlangan mahalliy va xorijiy bandlik xizmati
tashkilotlari tizimini takomillashtrish;
– iqtisodiyotda oqilona bandlikni shakllantiruvchi chuqur tarkibiy
islohotlarni amalga oshirish va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali
foydalanish;
– sanoat, xizmat koʻrsatish va shaxsiy mehnat tarmoqlarida yangi
ish joylari va oʻsmirlar, koʻp
bolali ayollar, pensinorlar va nogironlar
uchun mehnatning kafolatlantirilgan mintaqalarini tashkil qilish;
– ishchi kuchiga talabning oshishi va ishsizlikning kamayishini
ta’minlovchi kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish;
– mulkchilikning shirkat, ijara, hissadorlik va xususiy shakllari va
shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni rivojlantirish;
143
– qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidan ortiqcha ishchi kuchini
ozod qilish va uning talab va taklifini kamaytirishga koʻmaklashuvchi
ijtimoiy infratuzilma obyektlarining miqdorini oshirish;
– mahalliy xodimlarning
raqobatbardoshligi, safarbarligi va
eksport qobiliyatini oshirish, yuqori malakali mutaxassislar sinfi va
aholida yangi iqtisodiy
fikrlashni shakllantirish, erkin va mustaqil ish
joylarini tanlash imkoniyatlarini yaratish;
– mehnat bozori va aholi bandligini tartibga solishning tashkiliy-
iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish.
Ushbu strategik maqsadlarga izchillik bilan erishish uchun mehnat
bozori rivojlanishining asosiy bosqichlari va vazifalarini aniq belgilash
zarur.
Dostları ilə paylaş: