5
– mehnat bozori rivojlanishining asosiy bosqichlari va ularning
ijtimoiy-iqisodiy tadbirlarini belgilash;
– mehnat bozoridagi ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solib,
usullarini o‘ganish;
– mehnat bozorini
tahlil qilishning aniq, sotsiologik tadqiqot
usulini o‘rganib, uni qo‘llash metodikasi bilan tanitish;
– ishchi kuchiga talab va taklifning
yaqin kelajakdagi holatini
istiqbollashtirish asoslarini o‘rganish;
– mehnat bozori rivojlanishining maqsadli kompleks dasturini
tuzishni o‘rgatish.
«Mehnat bozori iqtisodiyoti» fani «Mehnat iqtisodiyoti»,
«Xodimlarni boshqarish», «Iqtisodiy nazariya», «Makroiqtisodiyot»,
«Mikroiqtisodiyot, «Marketing» va «Menejment» kabi iqtisodiy
fanlar bilan uzviy bog‘langan.